Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

MARKAZIY NERV TIZIMINING XUSUSIY
FIZIOLOGIYASI


Oddiy bir pay refleksi sodir bo'lganda ham shu refleks markazidan tashqari,
MNT dagi boshqa qismlar jarayonda ishtirok etadi. Umuman har qanday
ta'sirotga MNT bir butunligicha javob beradi. Shuning uchun ham faoliyat
nuqtai nazaridann MNT ni qismlarga bo'lish shartlidir. Ammo ma'lumotlar
bayoni oson bo'lsin uchun va eski an'anaga ko'ra, MNT faoliyati shartli ravishda
orqa miya, uzunchoq miya, o'rta miya, oraliq miya, miyacha, po'stloq osti
tuzilmalar, miya yarim sharlari po'stlog'i, vegetativ nerv tizimi faoliyatlariga
bo'linadi (20-rasm).
ORQA MIYA
Orqa miya MNT ning filogenetik eng qadimiy qismi. U organizmning barcha
murakkab harakatlarini boshqarishda ishtirok etadi. Bundan tashqari, tana, qo'l-
oyoq terisidagi eksteroretseptorlardan, proprioretseptorlardan va deyarli barcha
visseroretseptorlardan keladigan impulslarni qabul qiladi. Orqa miya bosh
muskullaridan tashqari barcha skelet muskullarini nervlaydi.
Organizmdagi behisob harakat reaksiyalari orqa miyaning reflektor faoliyati
natijasidir. Bu reflekslarning markazlari orqa miyada joylashgan. Ba'zi reflektor
harakatlarning markazlari miyaning yuqori qismida joylashgan.
Ana shu reflekslarning yuzaga chiqishida orqa miya afferent impulslarni
retseptorlardan yuqoridagi markazga, efferent impulslarni esa shu markazdan
muskullarga o'tkazadi. Demak, orqa miya ikkita asosiy faoliyatni – reflektor va
o'tkazuvchi yo'l vazifasini bajaradi. Shuningdek orqa miyada simpatik va
parasimpatik nerv markazlari joylashgan. Bu markazlar ichki a'zolar faoliyatini
bboshqarishda, ichki muhit turg'unligini saqlashda katta ahamiyatga ega.
Odamning orqa miyasi 8 ta bo'yin, 12 ta ko'krak, 5 ta bel, 5 ta dumg'aza va 1-3
ta dum segmentlaridan iborat. Uning 31 juft oldingi va 31 juft orqa ildizlari bor.
Oldingi ildizlarda markazdan qochuvchi efferent tolalar, orqa ildizlarda esa
markazga intiluvchi afferent tolalar o'tgan. Ch.Bell va F.Majandi orqa miyaning
orqa va oldingi ildizlarida afferent va efferent tolalarning qonuniy ravishda
taqsimlanishini kashf etishgan.
Orqa ildizlardagi tolalar soni oldingi ildizlardagidan deyerli ikki marta ko'p.
Orqa miyadagi 13 millionga yaqin neyronlarning faqat 3% efferent
neyronlar, qolgan 97% oraliq yoki interneyronlardir. Afferent neyronlarning
tanalari MNT dan tashqarida joylashgan. Afferent tolalarni skelet muskullariga
beradigan neyronlarning tanalari spinal tugunlarda, ichki a'zolarning sezgilarini
ta'minlaydigan neyronlarning tanalari esa vegetativ nerv tizimining ekstra- va
intramural tugunlarida joylashgan.
Afferent neyronning bitta o'simtasi bo'lib, somadan sal uzoqlashgach ikkita
shohga bo'linadi. Biri retseptordan qo'zg'alishni somaga, ikkinchisi esa
impulslarni hujayra tanasidan orqa yoki bosh miyadagi neyronlarga yetkazadi.
Qo'zg'alishni o'tkazish tezligiga, yo'g'onligiga ko'ra bu tolalarni A, B va C
guruhlariga kiritish mumkin.


Orqa miyaning efferent neyronlari alfa- va gamma-motoneyronlardan, hamda
vegetativ 
nerv 
tizimining 
preganglionar 
neyronlaridan 
iborat. 
Alfa-
motoneyronlar orqa miyada shakllangan signallarni skelet muskullariga
yetkazadi. Bu neyronlarning aksonlari muskulga yaqinlashib, bir qancha
shohchalarga bo'linadi va 10 dan 100 tagacha muskul tolalarini nervlab, harakat
birligini hosil qiladi.
Gamma-motoneyronlar skelet muskullarining murakkab retseptorlari –
muskul duklari ichidagi intrafuzal muskul tolalarni nervlaydi. Bu neyronlardan
muskul duklariga tushib turadigan impulslar intrafuzal muskul tolalar
tarangligini ekstrafuzal tolalarning qisqarishiga moslab, retseptor sezgirligini
yuqori darajada bo'lishini ta'minlaydi.
Orqa miya ko'krak va bel segmentlarining yon shoxlarida preganglionar
simpatik neyronlar, dumg'aza qismida esa parasimpatik preganglionar neyronlar
joylashgan.
Orqa miyaning oraliq neyronlarini o'simtalari miyadan tashqariga chiqmaydi.
Bu o'simtalarning yo'nalishiga ko'ra asl srinal va proyeksion interneyronlar
tafovut qilinadi. Asl spinal interneyronlarning dendritlari va aksoni bir necha
yondosh segmentlar sohasida tarqaladi. Proyeksion interneyronlarning aksonlari
esa orqa miyaning ko'tariluvchi yo'llarini tashkil qiladi.
ORQA MIYANING REFLEKTOR FAOLIYATI
Orqa miya bir tarafdan talaygina reflekslar markazi bo'lsa, ikkinchidan
pastdan tepaga va tepadan pastga o'tadigan bir talay yo'llarning yig'indisi
hisoblanadi. Shunga ko'ra, uning faoliyatini shartli ravishda reflektor faoliyatga
va o'tkazuvchi yo'l faoliyatiga bo'ladilar.
Orqa miya bajaradigan faoliyatlar doirasi juda keng. U deyarli barcha harakat
reflekslarini yuzaga chiqarishda ishtirok etadi (bosh muskullari harakatidan
tashqari), siydik ajratish va jinsiy faoliyat, to'g'ri ichak faoliyati, haroratning
barqarorligini saqlab turish va modda almashinuvini boshqarish, ko'pchilik qon
tomirlarning tonusini saqlash bilan bog'liq bo'lgan reflekslarni yuzaga chiqaradi.
Orqa miyaning harakat va tonik reflekslari tananing fazodagi harakatlarini,
tana qismlarini bir-biriga nisbatan harakatlarini, yotish, o'tirish, tik turishni
(vaziyatni) ta'minlaydi. Orqa miyaning reflektor faoliyati to'g'risida ma'lumot
olish uchun 2-jadvalga qarang.
Yuqorida ko'rsatilgan spinal reflekslar sun'iy yo'l bilan hosil qilinadi.
Masalan, paylarga ta'sir qilinmasa, bu reflekslar tabiiy sharoitda kuzatilmaydi.
Ammo tabiiy sharoitda pay (cho'zilish) reflekslari o'ziga xos tarzda sodir bo'ladi.
Odam tik turganda yerning tortish kuchi oyoqlarni tizza bo'gimlarida bukishga
qaratiladi. Natijada sonning to'rt boshli muskuli sal cho'ziladi, taranglashadi.
Muskul cho'zilib, proprioretseptorlarni (muskul duklarini) qo'zg'atadi va ulardan
orqa miyaga borgan impulslar to'rt boshli muskulni qisqartiradi. Bu esa
oyoqlarni gavda og'irligidan bukilishiga yo'l qo'ymaydi.


Tana qismlarining ma'lum holatini ta'minlovchi vaziyat reflekslari orqa miya
reflekslarining katta guruhini tashkil qiladi. Bulardan bo'yin-tonik reflekslari
katta ahamiyatga ega. Ular miya stvolining boshqa qismlari boshqaradigan tonik
reflekslar bilab chambarchas bog'liq. Vaziyat va tonik reflekslarga keyinroq
yana qaytamiz. Orqa miyaning visseral reflekslari ichki a'zolar faoliyati bobida
bayon qilinadi.
ORQA MIYA O'TKAZUVCHI YO'LLARINING FAOLIYATI
Tuzilishiga va bajaradijan ishiga ko'ra uyg'un bo'lgan orqa miyaning turli
qismlarini va orqa miyani bosh miya bilan bog'laydigan tolalar guruhlari
o'tkazuvchi yo'llar deyiladi. Har qaysi yo'lni tashkil qiladigan tolalar bir xil
neyronlardan boshlanib, ma'lum bir faoliyatni bajaradigan neyronlarda tugaydi.
Faoliy xususiyatlariga ko'ra assotsiativ, komissural va proyeksion tolalar
tafovut qilinadi. Assotsiativ tolalar orqa miyaningbir tomonidagi turli
segmentlarni bog'laydi. Komissural tolalar esa turli segmentlarning qarama-
qarshi tomonlari o'rtasida o'tgan. Proyeksion tolalarni haqiqiy o'tkazuvchi yo'llar
deyish mumkin. Ular pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga o'tib, orqa miyani
markaziy nerv tizimining yuqori qismlari bilan bog'laydi. Bular ko'tariluvchi
(markazga intiluvchi, afferent, sezuvchi) va tushuvchilarga (markazdan
qochuvchi, efferent, harakatlantiruvchi) yo'llarga bo'linadi.
Tashqi va ichki muhit o'zgarishlariga javoban qo'zg'aladigan retseptorlarda
vujudga kelgan impulslar ko'tariluvchi o'tkazuvchi yo'llardan o'tadi.
Ko'tariluvchi yo'llarga ekstero-, proprio- va interoretseptiv sezgi yollari kiradi.
Tushuvchi o'tkazuvchi yo'llar impulslarni bosh miya tuzilmalaridan tashqi va
ichki muhit o'zgarishlariga javob reaksiyalarini shakllaydigan orqa miya
markazlariga o'tkazadi. Asosiy o'tkazuvchi yo'llarning ta'rifi 3-jadvalda berilgan.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish