Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

akromegaliya
hodisasi ro'y beradi. Bunda suyaklar va yumshoq to'qimalar qalinlashadi,
odamning burni, lablari, jag'i, oyoq-qo'llari kattalashadi. Ikki-uch oy oldin
olingan poyafzal, qo'lqop kichkina kelib qoladi. Kasalning ko'krak qafasi, ichki
a'zolari ham kattalashadi.
Gipofizar novchalarda va akromegaliya bilan og'rigan odamlarda boshqa
ichki sekretsiya bezlari faoliyati ham shikastlanadi: jinsiy bezlar ishi sustlashadi,
insulin kam miqdorda ishlanganidan, qandli diabet alomatlari paydo bo'ladi.


GIPOFIZAR NANIZM (MITTILIK)
Organizmning o'sishi ko'pgina omillarga bog'liq jarayon. Bu jarayonga
irsiyat, iqlim va ovqatlanishga bog'liq omillar va bir qancha gormonlar ta'sir
etadi. O'sish gormonidan tashqari, o'sishga qalqonsimon bezning, buyrak usti
bezining gormonlari va jinsiy gormonlar jiddiy ta'sir ko'rsatadi. O'sish
gormonining yetishmovchiligi va gipofizning boshqa glandotrop gormonlari
kam ishlanishi natijasida gipofizar pakanalik ro'y beradi. Bu holat homilada yoki
bolaning juda yoshligida boshlanib, o'sishning keskin ravishda to'xtab qolishiga
olib keladi.
Bu kasallikda odamning bo'yi past bo;lsa ham, gavda qismlarining nisbati
saqlanib qoladi, qo'l-oyoq panjalari kichkina, barmoqlari ingichka bo'ldi. Jinsiy
a'zolari rivojlanmaydi, gipofizar pakana erkaklar jinsiy zaif bo'ladilar, ayollar
esa, odatda, homilador bo'lmaydilar. Ba'zi pakanalar qonida o'sish gormoninin
miqdori odatdagidan ko'p bo'ladi. Ularning yaxshi o'smasligining sababi
somatomedinlar yetishmovchiligiga bog'liq. Batafsil o'rganilgan somatomedin-C
– 63 aminokislota qoldig'idan tuzilgan peptid. U asosan jigarda sintezlanadi.
Somatomedin faqat tog'ay va suyak to'qimalari o'sishini emas, balki boshqa
to'qimalarda ham hujayralarning mitotik bo'linishini tezlashtiradi.
Bo'y erkaklarda 130 sm dan, ayollarda 120 sm dan past bo'lsa, mittilik
to'g'risida gap yuritish mumkin. Dunyodagi eng pakana odamning bo'yi 48 sm
bo'lgan. Hozirda eng pakana odam – Nelson de La Rosaning bo'yi 71 sm. Eng
novcha odam Muhammad A'lam va eng pakana de La Rosa Ginnesning
rekordlar kitobidan joy olganlar (28-rasm).
Gipofizar pakanalikni faqat odamning o'sish gormoni bilan davolash
mumkin. Boshqa hayvonlardan olingan gormonni qo'llash yaxshi natija
bermaydi. Davolash qancha erta boshlansa,natijasi shunchalik yaxshi bo'ladi.
O'sish gormonining qondagi miqdori fiziologik sharoitda ham 10-20 baravar
o'zgarishi mumkin. O'sish gormonining qonga o;tishida sirkad (kecha-kunduzgi)
ritm kuzatiladi. Uning konsetratsiyasi qonda kechasi, odam qattiq uxlaganda eng
yuqori darajaga ko'tariladi. O'sish gormonining sekretsiyasini gipotalamusniing
rilizing-gormoni – somatoliberin tezlashtiradi. Somatostatin degan ingibitor
gormon bu jarayonni susaytiradi. O'sish gormonining sekretsiyasiga qonning
kimyoviy tarkibi,xususan, aminokislotalar, yog' kislotasi va glyukozaning
qondagi miqdori ta'sir qiladi. Masalan, qonda glyukoza miqdori kamaysa, o'sish
gormonining sekretsiyasi kuchayadi. Gormonning qonga o'tishi stress holatlarda
ham tezlashadi.
PROLAKTIN
Prolaktin ham oqsil gormon, u 198 aminokislota qoldiqlaridan iborat.
Erkaklar va ayollar qonida gormon miqdori 2-15 mkg/l atrofida bo’lib,
homilador ayollarda 300 mkg/l ga yetadi. Prolaktin odamda sut bezlari o’sishini


va sut ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Uning ta’sirida sut oqsillari va boshqa
tarkibiy qismlarining sintezlanishi tezlashadi. Kalamushlarda u lyuteotrop (sariq
tana faolligini saqlash) ta’sir ham ko’rsatadi. Balog’atga yetmagan , yosh
urg’ocha hayvonlarga prolaktin yuborilsa, ularda onalik instinkti paydo bo’ladi.
Prolaktin sekretsiyasini gipotalamik markazlar reflektor yo’l bilan
kuchaytiradi. Refleks bola sut emgan vaqtda sut bezi so’rg’ichlaridagi
retseptorlar qo’zg’alishi natijasida ro’yobga chiqadi. Sut sog’ish ham qonda
gormon miqdorini oshiradi. Prolaktin suv-tuz va yog’ almashinuviga ham ta’sir
qiladi, terining yangilanishi va undagi yog’ bezlari faoliyatini tezlashtiradi.
Gormonning qonga o’tishi reflektor yo’l bilan jadallashsa, gipotalamusning
ingibitorlovchi omili (dofamin bo’lsa kerak) bu jarayonni sustlashtiradi.
Melanotsitlarni stimullovchi gormon. MSG ham gipofizning effektor
gormonlariga kiradi. U ikki shaklda alfa-MSG va beta-MSG
uchraydi.Birinchisi 13 aminokislota, ikkinchisi 22 aminokislota qoldig’idan
iborat polipeptid. Kimyoviy va funksional xossalariga ko’ra, MSG AKTG ga
yaqin. AKTG parchalanishi natijasida MSG hosil bo’lsa kerak degan taxmin
bor. MSG pigment effektini vujudga keltiradi: uning ta’sirida odam terisi va
hayvonlar terisi hamda juni qorayadi. Jun rangining fasliy o’zgarishi hayvonlar
ucchun himoya ahamiyatiga ega. MSG ta’sirida melanotsitlarda melanin
miqdori oshadi, uning zarrachalari hujayra protoplazmasida keng tarqaladi.
MSG teridagi yog’ bezlarini stimullaydi. U homilada bachadon o’sishini
tezlashtiradi. MSG ajralishi reflektor yo’l bilan boshqariladi. Bu ko’z to’r
pardasiga yorug’lik tushishiga bog’liq. Bundan tashqari, gipotalamusning
ingibitor va rilizing omillari ham MSG ajralishini boshqarishda ishtirok etadi.
GIPOFIZNING GLANDOTROP GORMONLARI
Bu 
guruh 
gormonlarini 
gonadotrop 
gormonlar 
(GG) 
follikulni
rag’batlantiruvchi (FSG) va lyuteinlovchi gormonlar (LG), tireotrop gormon
(TTG) va adrenokortikotrop gormon (AKTG) tashkil qiladi.
GONADOTROP GORMONLAR
Gonadotrop gormonlar ayollar va urg’ochi hayvonlarda follikulning
rivojlanishi va yetilishini, ovulyatsiyani (Graaf pufakchasi yorilib, undan tuxum
hujayra chiqishini), sariq tana rivojlanishini va faoliyatini ta’minlaydi.
Erkaklarda urug’don naychalari rivojlanishi va spermatotsitlar yetilishi,
spermatozoidlar paydo bo’lishi uchun gonadotrop gormonlar zarur. Bu
gormonlar jinsiy bezlarda ayollar jinsiy gormonlari estradiol’ estron va
progesteron va erkaklar jinsiy gormoni testosteron ishlab chiqarilishini
boshqarib turadi.
Voyaga etmagan hayvonlarning gipofizi olib tashlansa, jinsiy bbezlar
rivojlanishdan to’xtaydi. Yosh hayvonlarga gonadotrop gormonlar yuborilsa,


voyaga yetish tezlashadi. Axtalangan (jinsiy bezlari olib tashlangan)
hayvonlarda gonadotrop gormonlar samara bermaydi.
Voyaga yetgan hayvonlarning gipofizi olib tashlansa, jinsiy bezlar atrofiyaga
uchraydi. Follikullarni rag’batlantiruvchi va lyuteinlovchi gormonlarning jinsiy
farqi yo’q.
TIREOTROP GORMON
TTG gonadotrop gormonlar bilan bir qatorda glikoproteid gormonlarga
kiradi. Bu gormon qalqonsimon bezning o’sishini tezlashtiradi, bezda tireoid
gormonlarning hosil bo’lishini va qonga o’tishini boshqaradi. TTG plazmada 1-
2 mkg/l miqdorida bo’lib, gamma-globulin bilan bog’langan.
ADRENOKORTIKOTROP GORMON
AKTG buyrak usti bezi po’stloq qismining tutamli va to’rli zo’nasining
o’sishi va bu yerda gormonlar sintezi uchun zarur. AKTG uncha katta
bo’lmagan, 39 aminokislotadan tuzilgan polipeptid. Gormonning turga xosligi
yo’q. AKTG buyrak usti bezidan tashqari, boshqa a’zolarga ham sezilarli ta’sir
ko’rsatadi. Qonda gormonning miqdori oshsa, terining pigmentlanishi
kuchayadi. Bundan tashqari, AKTG yog’ning yog’zahiralaridan qonga o’tishini
tezlashtiradi, 
jigarda 
kortizolning 
parchalanishiga 
ta’sir 
qiladi.
Adenogipofizning 
gormonlari 
to’g’risidagi 
ma’lumotlar 
4-jadvalda
mujassamlangan.
GIPOFIZNING ORQA BO’LAGI
Bezning bu bo’lagini gliya hujayralariga o’xshagan pituitsitlardan iborat
bo’lgani va MNTning gipotalamus qismi bilan funksional va morfologik
bog’liqligi uchun neyrogipofiz deydilar. Neyrogipofizdan ikkita oktapeptid –
antidiuretik gormon (ADG) va oksitotsin olingan.
ADG siydik hosil bo’lishini sustlashtiradi. Gormon yetishmasa, qandsiz
diabet paydo bo’ladi. Bu distal burama kanalchalarda va yig’uvchi naylarda suv
reabsorbsiyasi (qayta so’rilishi)ning natijasidir.
ADG qon tomirlarning silliq muskullarini qisqartirish qobiliyatiga ham ega.
Uning bu xususiyati organizm qon yo’qotib, tomirlarda bosim pasayib ketganda
yaqqol ko’rinadi. Bu sharoitda ADG ta’sirida arterial tomirlar sezilarli darajada
torayadi va bosim keskin pasayib ketmaydi.
ADG jigar hujayralarida glikogenning parchalanishini va boshqa
moddalardan glyukoza hosil bo’lishini tezlashtiradi. Demak, uning kontrinsulyar
ta’siri ham bor.
Oksitotsin odam va hayvonlarda bachadonning ritmik qisqarishini yuzaga
keltiradi. Quyonlarda oksitotsin yetishmovchiligi tug’ruqning buzilishiga olib


keladi. Ayollarda oksitotsinning qondagi miqdori kamayib ketsa ham tug’ruq
jarayoni yaxshi o’tishi mumkin. Tug’ruq vaqtida bachadonning cho’zilishi
oksitotsinni qonga o’tishiga sabab bo’ladi. Bu gormonning asosiy ta’siri sut
bezlari yo’llaridagi mioepitelial hujayralarni qisqartirib, sut chiqishini
ta’minlashdan iborat.
ADG va oksitotsinning o’tmishdoshlari gipotalamusning supraoptik va
paraventrikulyar yadrolarini tashkil qiluvchi nerv hujayralarida sintezlanadi.
Molekulasi ancha katta bo’lgan polipeptid neyrofizin bilan bog’liq bo’lgan
holda ADG va oksitotsinning o’tmishdoshlari neyrosekretor hujayralar aksonlari
orqali 3 mm/24 soat tezlikda gipofizga oqib tushadi. Bu neyrosekretor
donachalarda tashuvchi oqsil neyrofizindan gormonlarni parchalab ajratadigan
fermennt ham bor. Osmoretseptorlar qo’zg’alganda ADGnning qonga o’tishi
tezlashadi. Oksitotsin va ADG inkretsiyasiga ogriq, harorat o’zgarishi va
4-jadval
Adenogipofiz ajratadigan gormonlar
Gormon va uni
ajratadigan gipofiz
bo’lagi
Kimyoviy tuzilishi
Ta’siri o’tadigan
tuzilma
Samarasi
Oldingi bo’lak
1. Adrenokortikotrop
gormon (AKTG)
Polipeptid
Buyrak usti bezining
po’stloq qismi
Kortikosteroid
gormonlar sintezini
kuchaytirish
2. Prolaktin (PRL)
Oddiy oqsil
Sut bezlari va sariq
tana
Sut ajralaishini
kuchaytirish, sariq
tana rivojlanishini
ta’minlash
3. O’sish gormoni
(STG)
Oddiy oqsil
Suyaklar, muskullar,
yog’ to’qimasi
Tananing o’sishini
ta’minlash
4. Tireotrop gormon
(TTG)
Glikoprotein
Qalqonsimon bez
follikullarini
qoplovchi epiteliy
Tireoid gormonlar
sintezini kuchaytirish
5. Follikullarni
rag’batlantiruvchi
gormon (FSG)
Glikoprotein
Tuxumdon
follikullari, urug’
kanalchalari
Jinsiy hujayralar
rivojlanishi va
yetilishini
ta’minlash, jinsiy
gormonlar
ikkretsiyasini
boshqarish
6. Lyuteinlovchi
gormon (LG)
Glikoprotein
Sariq tana, jinsiy
bezlar
Sariq tana
rivojlanishini va
faoliyatini boshqarish
Oraliq bo’lak
1. Melanotsitlarni
rag’batlantiruvchi
gormon (MSG)
Polipeptid
Melanotsitlar
Terini qoraytirish


boshqa stressor holatlar ham ta’sir qiladi. Bu sharoitlarda neyrosekretor
hujayralarning faoliyatini sezgi a’zolariga bog’liq bo’lgan miya markazlaridan
kelgan efferent impulslar o’zgartiradi.
Gipotalamusda ADG va oksitotsin ishlab chiqaruvchi yirik neyrosekretor
hujayralardan tashqari, gipofizdan gormonlar chiqishini rag’batlantiruvchi va
ingibirlovchi 
omillarni 
sintezlovchi 
mayda 
nerv 
hujayralari 
bor.
Gipotalamusning shu hujayralardan iborat qismi gipofizotrop soha deb ataladi.
Bu soha nerv va endokrin tizimlarni bog’lab turishi tufayli juda muhim
hisoblanadi.
GIPOTALAMO-GIPOFIZAR TIZIM
Gipofizning glandotrop gormonlarini va o'sish gormonini qonga o'tishini
gipotalamusning gipofizotrop sohasi boshqaradi.
Bu sohadagi kichik neyrosekretor hujayralar gipofizning oldingi bo'lagidan
(adenogipofizdan) 
gormonlarning 
sintezlanishi 
va 
qonga 
o'tishini
tezlashtiradigan 
rilizing-gormonlarni 
(liberinlarni) 
va 
bu 
jarayonlarni
tormozlaydigan ingibitor omillarni (statinlarni) ishlab chiqaradi. Liberin va
statinlarni 
adenogipofizga 
qon 
yetkazadi. 
Yuqori 
gipofizar 
arteriya
gipotalamusning 
gipofizotrop 
sohasida 
mayda 
kapillyarlarga 
bo'linib,
neyrosekretor hujayralar atrofida mayda to'r hosil qiladi (29-rasm). Bu
kapillyarlar to'ridan qon oqib o'tayotganda gipofizotrop gormonlar unga o'tadi.
Kapillyarlar yig'ilib, gipofizning portal tomirlarini hosil qiladi. Portal
tomirlardagi qon adenogipofiz hujayralariga liberin va statinlarni olib keladi.
Adenogipofiz faoliyatini boshqarishda ishtirok etadigan oltita rilizing-
gormon va uchta statin ma'lum (5-jadval). Bu gormonlarning nomi qonga
o'tishni boshqrib turadigan gipofizar gormonga bog'liq. Masalan, gipofizdan
tireotrop gormonning qonga o'tishini tezlashtiradigan gormon tireotropin-
rilizing-gormon yoki tireoliberin deyiladi.
Gipofizotrop gormonlarning qonga o'tib, gipofizga yetib kelishi chetdagi
endokrin bezlar gormonlarining qondagi miqdoriga bog'liq. Masalan, qonda
kortizon miqdori ortsa, gipotalamusdan adrenokortikotrop gormonning rilizing
omili qonga oz miqdorda o'ta boshlaydi. Natijada gipofizdan AKTG ning qonga
o'tishi kamayadi. Bu o'z navbatida, kortizonning buyrak usti bezidan qonga
o'tishini sekinlashtiradi. Natijada kortizonning qondagi miqdori me'yoriga
tushadi. Boshqa gipofizotrop gormonlar inkretsiyasi ham shu xilda boshqariladi.
Periferik bezlar, gipofiz va gipotalamus ishtirokida yuzaga chiqadigan qaytar
aloqa tamoyilida boshqarilish gipotalamus miyaning yuqori qismlaridan
ajratilganidan keyin ham sezilarli buzilmaydi. Ammo tabiiy sharoitda markaziy
nerv tizimi bu boshqarilishni organizmning o'zgarib turuvchi ichki va tashqi
ehtiyojlariga moslashtiradi. Masalan, stress holatlarda buyrak usti bezi qonga
ko'p miqdorda kortizon cchiqara boshlaydi. Bu miya po'slog'i va limbik tizimdan
kelgan impulslar ta'sirida medial gipotalamusdagi neyronlar faolligining oshishi,


AKTG-rilizing-gormonning 
qonga 
ko'proq 
o'tib, 
buyrak 
usti 
bezini
rag'batlantirishi natijasi hisoblanadi.
Umuman gipotalamus ikki turdagi nerv va gumoral boshqarilishlarni
tutashtiradigan soha. Uning oldingi va preoptik qismlaridagi neyronlar bir
tomondan endokrin hujayra sifatida gormonlarni sintezlaydi. Ikkinchi tomondan,
bu neyronlarning aksonlari miyaning ko'p qismlariga borib yetadi. O'z
navbatida, gipotalamusning gipotalamusning neyrosekretor hujayralarida
miyaning boshqa sohalaridagi neyronlarning afferent tolalari tugaydi.
5-jadval

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish