Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

Serotonin
. Serotonin yoki 5-oksitriptamin - metasimpatik nerv tizimining
mediatori. Organizmda triptofan aminokislotasidan hosil bo'ladi. Sut emizuvchi
hayvonlarning organizmidagi triptofanning 90% ichakning enteroxromaffin
hujayralariga to'g'ri keladi. Gipotalamus va o'rta miyada ham ko'p. Serotonin
asosan miyaning visseral faoliyatini boshqarishga dahldor tuzilmalarida
yig'ilgan.
Serotonin qon aylanishi, nafas va hazm tizimi a'zolari faoliyatiga ta'sir qiladi.
A'zolarga ta'siri bevosita va reflektor yo'l bilan yuzaga chiqadi. Bu ta'sirlar
natijasi qarama-qarshi bo'lishi ham mumkin. Masalan, serotonin yurakka
bevosita ta'sir qilib, urishini tezlashtiradi. Ayni vaqtda tomirlardagi
baroretseptorlarni qo'zg'atib, reflektor yo'l bilan yurak urishini siyraklashtiradi.
Serotoninning nafas olishga ta'siri ham ikki xil. Bronxlarga bevosita ta'sir
qilib, ularni toraytirsa, reflektor yo'l bilan ta'sir qilib, nafas olishni tezlashtiradi.
Odam hazm tizimining silliq muskullari serotoninga juda sezgir. Serotonin
kiritilganda avval hazm tizimining silliq muskullari spastik ravishda qisqaradi.
Keyin bu muskullar tonusi oshib, ritmik qisqarishlar kuzatiladi.
Serotonin MNT tuzilmalarida ham vositachi (mediatro) rolini bajaradi.
Serotonin vositachiligida faollik ko'rsatadigan sinapslarda ucch turdagi
serotoninergik retseptorlar borligi aniqlangan.
Adenozintrifosfat (ATF) va boshqa moddalar.
ATF ham asosaan
metasimpatik nerv tizimi mediatori vazifasini bajaradi. U boshqa mediatorlar
kabi nerv tolalarining sinapsoldi kichik shoxlarida yig'ilgan bo'lib, qo'zg'alish
o'tayotganda ajraladi. ATF ning parchalanishi natijasida turli asoslar – adenozin
va inozit hosil bo'ladi. Shuning uchun ATF vositasida yuzaga chiqadigan
o'tkazilish purinergik o'tkazish nomini olgan.
Silliq muskullar ATF ta'sirida bo'shashadi, ba'zan qo'zg'alishi ham mumkin.
Purinergik tolalar ta'sirlanganda postsinaptik membranada tormozlovchi
postsinaptik potensial (TPSP) namoyon bo'ladi.
Purinergik 
neyronlar 
ichak 
harakatlarini 
tormozlab, 
jarayonni
kuchaytiradigan xolinergik neyronlarning raqibi sifatida ichak motorikasini
boshqarishda ishtirok etadi. Bu neyronlar hazm yo'lidagi qizilo'ngach, pilorik va
anal sfinkterlar bo'shashishini ta'minlovchi mexanizmlarning bir qismi.
Glitsin, gamma-aminomoy kislota (GAMK), P-moddani, gistaminni va
boshqa moddalarni ham ba'zi tadqiqotchilar mediator yoki mediatorlikka
nimzod, deb hisoblaydilar. Bunga asos bor. Masalan, glitsinning orqa miya
tarqalgan joyi tormozlovchi oraliq neyronlar egallagan joylarga tog'ri keladi. Bu
aminokislotani dumg'aza parasimpatik markazga elektroforez yordamida
kiritilganda, markaz kuchli tormozlanadi. Glitsin ta'sirini yo'qotuvchi modda –
strixnin ham bor.
GAMK 
tormozlovchi 
neyronlarning 
oxirlarida 
ajralib, 
presinaptik
tormozlanishga sabab bo'ladi.
Gistamin ham avtonom nerv tizimining ta'sirini silliq muskul va bezlarga
o'tkazishda ishtirok etishi mumkin. Uning ta'sirida silliq muskul tolalari


qisqaradi, me'da bezlaridan xlorid kislota ajralishi keskin ortadi. Bundan
tashqari, kapillyarlar devorining o'tkazuvchanligini oshiradi, yurak urishini
sustlashtiradi, 
arterial 
qon 
bosimini 
pasaytiradi. 
Gistaminga 
sezgir
rerseptorlarning ikki turi tafovut qilinadi.
AVTONNOM NERV TIZIMINING REFLEKTOR FAOLIYATI
Yuqorida aytilganlardan ko'rinib turibdiki, avtonom nerv tizimida reflektor
faoliyat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan hamma tuzilmalar mavjud. Avtonom
markazlarga aloqador retseptorlarning ta'sirlanishi vissero-visseral, vissero-
somatik, vissero-sensor va aksonreflekslar yuzaga chiqarishi mumkin,

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish