JINSIY BEZLAR
Jinsiy bezlarning gormonal faolligi ham adenogipofizga bog’liq. Bu bezlarda
gormonlardan tashqari, jinsiy hujayralar – spermatozoidlar va tuhum hujayralar
hosil bo’ladi. Jinsiy gormonlarni uch guruhga bo’lish mumkin: 1) estrogenlar; 2)
gestogenlar; 3) androgenlar. Birinchi va ikkinchi guruh gormonlari ayollar jinsiy
gormonlari, deb ataladi. Bular ichida eng muhimi estradiol, estron va
progesteron. Uchinchi guruh gormonlar erkaklar jinsiy gormonlari bo’lib,
ulardan eng muhimi testosteron.
Jinsiy gormonlar homila jinsini aniqlaydi, jinsiy a’zolar va ikkilamchi jinsiy
belgilar rivojlanishini ta’minlaydi. Bu gormonlar ta’sirida organizm va jinsiy
a’zolar rivojlanib, jinsiy aloqa qilish va bola ko’rish darajasiga yetadi.
Bundan tashqari, jinsiy gormonlarning ekstragenital samarasi (jinsiy
a’zolardan tashqari boshqa faoliyatlarga ta’sir qilish qobiliyati) ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |