Ushbu «O`qituvchi nutqi madaniyati» fanidan ma`ruzalar matni
boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish, maktabgacha ta`lim va bolalar sporti
hamda pedagogika-psixologiya yo`nalishi talabalari uchun tayyorlangan.
Tuzuvchi:
dotsent, f.f.n. M.Hamidova
T U Sh U N T I R I III X A T I
Insondagi barcha qobiliyatlar ichida eng muhimi bo`lgan nutq qobiliyatiga
e`tibor berish keyingi yillarda bir qator tilshunoslarning e`tiborini jalb qila
boshladi. Bu e`tiborning asosiy natijalaridan biri shu bo`ldiki, jahon
tilshunosligida, ayniqsa rus tilshunosligida nutq madannyati bo`yicha yaratilgan
darslik, ish qo`llanmalarga tayanib, o`zbek tiligunosligida bir qator qo`llanma va
darsliklar yaratildi. Shuning oqibati o`laroq, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
talablaridan kelib chiqib, hozirda pedagogika-psixologiya bakalavr yo`nalishi
bo`yicha ta`lim olayotgan 4-kurs talabalari uchun yaratilgan o`quv rejasiga
«O`qituvchi nutqi madaniyati» bo`yicha ma`ruza va amaliy mashg`ulot darslari
o`tish kiritildi.
Kirish.
Ma`lumki, uzoq o`tmishga ega bvlgan o`zbek xalqi ta`lim-tarbiyaga oid boy merosga ega
bo`lib, avlodlarda insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, do`stlik, mehr-oqibat, birodarlik,
odoblilik kabi umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalab kelgan. Sharq mutao’akkirlarining
ta`lim-tarbiyaga oid asarlari ham ana shu boy merosning tub negizini tashkil etadi. Lekin
mustabid tuzum davrida bu durdona asarlardan, undagi odob-axloqqa oid injuga barobar
fikrlardan yetarlicha o’oydalana olmadik.
Shukurki, milliy istiqlol tuo’ayli o`zbek xalqining ham ko`kragiga shabada tegdi.
Tariximizga, madaniyatimizga yangicha nazar bilan qaray boshladik. Shuiingdek, o`z
yechimini kutayotgan muammolarni ijobiy hal qilishga bel bog`ladik.
Barcha sohalar singari ona tilimiz va u bilan bog`liq muammolar ham asta -sekin yechimini
topmoqda. Xususan, nutq madaniyatiga doir masalalarni hal qilishda tilshunos olimlarimizning
mehnatlari, izlanishlari
tahsinga
loyiqdir.
Taniqli
tilshunos
olim
Nizomiddin
Mahmudovning «Til», «Ma`rio’at manzillari» nomli, Nusratilla Jumaxo`janing «Istiqlol va ona
tilimiz» kabi risolalari ana shu sohadagi izlanishlarning yorqin misolidir.
Nutq madaniyati jamiyat madaniy taraqqiyoti, millat ma`naviy kamolotining muhim
belgisidir. Mamlakatimizda ma`naviy-ma`rio’iy islohatlar davlat siyosatining ustuvor
yo’nalishi deb e`lon qilingan bugungi kunda nutq madaniyati masalalari har qachongidan ham
dolzarblik kasb etadi.
Respublikamizning «Davlat tili» haqidagi Qonuni, «Ta`lim to`grisida»gi Qonuni, «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi» va boshqa hujjatlarida ma`naviy-ma`rio’iy tarbiya, til masalalariga
alohida e`tibor berilgan. Har qanday kadr, eng avvalo, o`z ona tilining chnnakam sohibi
bo`lmogi lozim. Prezidentimiz I.A. Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1997-
yil 29-avgustdagi IX sessiyasida so`zlagan nutqida: «O`z o’ikrini mutlaqo mustaqil, ona tilida
ravon, go`zal va lo`nda io’oda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbar kursisida
o`tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin»-deb ta`kidlaydi. (Barkamol avlod-
O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.- Toshkent, 1997.- 9 bet).
Nutq madaniyati hozirgi davr tilshunoslik o’anining dolzarb muammolaridan biridir. Bu
muammoni hal etish umummadaniyatimiz taraqqiyoti, shuningdek, oliy maktablarda, o`rta
maxsus o`quv yurtlarida, o`rta maktablar va umuman dars o`tish jarayonini yaxshilash
bilan ham bog`liq, Shuni qayd qilish kerakki, bugungi kunda o`qituvchi nutqi madaniyati
kursini barcha o`quv yurtlarida o`rgatish quvonarlidir. Chunki notiqlik san`ati sirlarini
o`rganish, o`z o’ikrini bayon qilayotgan, har bir til vositasini kerakli va lozim bo`lgan o`rinda
qo`llash, mantiqan barcha sohada xizmat qiluvchi har bir mutaxassis uchun, umuman, har
qanday madaniyatli kishi uchun hayotiy zarurat deb hisoblanishi kerak. O`zbek adabiy tili va
uning normalarini ilmiy o`rganish ham o`zbek nutqi madaniyati sohasi uchun nihoyatda
muhimdir. Adabiy tilning rivojlanish qonuniyatlarining adabiy til me`yorlarining umumiy
holatini, undagi turg`un va noturg`un hodisalarni chuqurroq tekshirmay turib adabiy tilning
nutq madaniyati haqida gapirish aslo mumkin emas.
Til ham, fe`l-atvor ham odamga qon bilan kirib uning butun jismu joniga taralib ketuvchi
an`analar ekan, bularga e`tibor bermaslik, hamisha katta-kichik fojialarni keltirib chiqaradi.