1. Nutq madaniyati adabiy til rivojining o’ziga xos xususiyatlaridan biri. (Praga
lingvistik maktabi).
2.
Nutq madaniyati (til madaniyati) - bu adabyi til normalariniig
shakllanishi
va
silliqlanishiga
yordamlashishdan
iborat
bo’lgan
faoliyat,
ya`ni
til
rivojmga
ongli aralashuvdir. (Praga lingvistik maktabi).
3. Nutq madaniyati tilni, uning qonun qoidalarini ongli idrok qilish, aniq, ravshan,
ifodali nutq tuza olishi mahoratidir. (A Guryevich. va b)
4.
Nutq madaniyati kishilarni o’zaro to’liq va teran
fikrlashishi, tilning barcha imkoniyat va vositalarini puxta egallashdan iboratdir. (B.N.
Golovin va b.).
5.
Nutq madaniyati faqat to’g’ri nutqina emas, balki
o’quvchilik hamda nutqiy chechanlik hamdir. (G.O. Vinokur va b.)
6.
Nutq madaniyati til vositalaridan o’rinli foydalangan
holda
maqsadga
muvofiq
so’zlash
va
yoza
olish
san`atidnr.
(A.N. Yefimov).
7.
Nutq madaniyati bu avvalo fikrlash madaniyatidir. (D.E. Rozental.)
8.. Milliy o’ziga xosligi bilan ham ajralib turuvchi nutq madaniy nutqdir (M.
Agafonova).
Xulosa qilib aytish mumkinki, nutq madaniyati - shu tilni aloqa-aralashuv qurolini
ishlatishga bo’lgan munosabatdir. Til vakillarida bu noyob qurolning imkoniyatlariga munosabat,
uni ishlatishdaga boshqa omillar: tafakkur, ong, borliq, turli vaziyat va holatlar, maqsadga bo’lgan
munosabat qanchalik yuqori saviyada bo’lsa, nutq madaniyati ham yuqori saviyada bo’ladi, va
aks holda, nutq madaniyati ham past saviyada bo’ladi.
2. Nutq madaniyati tog’risida gap borar ekan, tabiiyki, nutqda qo’llangan o’rinli yoki
o’rinsiz so’zlarning qo’llanishi to’g’risida bahs boradi. Qo’llangan til birligini tog’ri, yoki
notog’ri deyilganda, albatta ma`lum bir o’lchov (mezon)ga asoslyanganligi tayin. Mana shu
o’lchov (mezon) tilshunoslikda adash
TIL
normasi deb yuritiladi.
Har
bir
lahjaning,
so’zlashuv
tilining,
adabiy
tilning
o’z
normalari
bo’llganidek,
nutqning
alohida
ko’rinishlari
bo’lgan
argolar,
jargonlar
ham
o’z
normasiga
ega.
Xususiy
normalarni
quyidagicha
ko’rsatilgan:
1.
Dialektal
norma.
2.
So’zlashuv
nutqi
normasi.
3.
Argolar,
jargonlar
normasi.
4.
Adabiy
til
normasi
(adabiy norma).
Adabiy norma. Ma`lum bir hududda tarqalgan uzus imkoniyatlari o’sha hududda
yashovchi aholi uchun istisnrsiv tushunarli bo’ladi, ya`ni aloqani yengil amalga oshuviga
imkon beradi. Bu tilning normadan iboratligini ko’rsatadi. Norma -tilning yashash shaklidir.
Adabiy norma uzusga asoslanadi, undan olinadi. Adabiy norma adabiy til bilan
birga tugiladi, badiiy adabiyning,
Adabiy norma uzusdan olinganligi sababli hammaga
tushunarli
bo’ladi.
Shuning
uchun
jamiyat
taraqqiyotida
ahamiyat kasb etadi. Jamiyat a`zolarini uyushtirishda,
vazifalarga
otlantirshda
adabiy
til,
uning
normalari
uchun nihoyatda zarurdir.
1.
Leksik-semantik normalar.
2.
Talaffuz (orfoepik) normasi.
3.
Yozuv (orfografik) normasi.
4.
Fonetik norma.
5. Aktsentologik
(urg’uni
to’g’ri
qo’llash)
norma.
6.
Grammatik
norma
(morfologik
va
siitaktik)
7. So’z yasash normalari
8.
Imloviy norma
9.
Uslubiy norma
10. Punktuatsyon norma
Adabiy normaning o’zaki va yozma ko’rinishlari mavjud bo’lib, ‘zaki adabiy normaning
rivojlanishiga xalq qiziqchilari, askiyachilari, latifago’y xalq shoir-baxshilari katta hissa
qo’shsalar yozma adabii normaning shakllanishida belgilangan yozuv shakli asosida yozib
qoldiriladigan yozma adabiyotning xizmati cheksizdir. Umuman olganda, adabiy til normasini
o’rganish yangi hodisa emas soha deb tan olingunga qadar ham o’rganib kelingan. Adabiy til
normasi, uning shakllanish, rivojlanish stabillashuv qonuniyatlari-nuqq madaniyati sohasining
tekshirish ob`yekti hisoblanadi.
Nutq madaniyati sohasining adabiy til normasiga yondashuvi-quiidagi xususiyatlari bilan
grammatik munosabatda farq qiladi
a)
nutq
madaniyati
adabiy
normadagi
o’zgarib,
buzilib
turuvchi
nutqiy
nuqsonlarni
yuzaga
keltiruvchi
xususiyatlarni
topishi
va
ularni tuzatishga intilishi lozim.
b) Nutq madaniyati adabiy til normasini doimiy rivojlanib, o’zgarib turuvchi hodisa
sifatida tekshiridai va til normasi sistemasidagi yangi holatlarni o’zgarayotgan, o’zgargan
holatlarni «o’lgan», iste`moldan chiqqan holatlarni hisobga olishi kerak.
v) Nutq madaniyati til normasi sistemasidagi qarama-qarshi holatlarni belgilashi lozim
hamda barcha yaruslari bo’yicha tekshirishi kerak.
Nutq madaniyati adabiy- normani ma`lum maqsad bilan, aniqrog’i madaniy nutqning
chegarasi va vositalarini aniqlash maqsadida o’rganadi. Shu sababli, nutq madaniyati sohasi
adabiy til va uning normativ sistemasini baholaydi va nazorat qiladi. Nutq madaniyati sohasi
adabiy tilga aktiv yondashadi, ya`ni adabiy til rivojiga ongli aralashadi.
4.
Ma`lumki, tilning paydo bo’lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy
bog’liqdir. U jamiyat taraqqiyoti, mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladigan, faqat
jamiyatda, odamlar orasida mavjud bo’ladigan ijtimoiy hodisadir. Jamiyat rivojlangani sari
til ham shakllanib boradi. Demakki, shu tilda so’zlashuvchi millatning ma`naviyati yuksalib,
nutqiy malakasi ortib boradi. Aks holda til tanazzulga yuz tutadi. Bu esa nutqiy malakani
so’nishiga, ma`naviyatini qashshoqlashishiga olib keladi.
Jamiyatda yashayotgan har bir shaxs alohida nutq egasi sanaladi. Lekin ularning hammasi
uchun umumiy bo’lgan nutqiy қurol - yagona shu jamiyatning tili hisoblanadi.
Inson
nutqiy
faoliyatga
adabiy
til
madaniyati
qoidalarini
mukammal
bilgani
holda
mustaqil
shug’ullanishi,
ayniqsa,
badiiy
adabiyotlarni,
gazeta
va
jurnallarni
o’qish,
radio
va
televidenieni
tinglash
orqali
erishadi
va
tinimsiz
shug’ullanishi
natijasida.
nutqiy malakaga ega bo’ladi.
Adabiy til madaniyatini chuqur egallagan insongina nutq madaniyatiga ega bo’ladi. Adabiy
til madaniyatini egallashda tilga bo’lgan e’tibor, unga chinakam muhabbat va hurmat muhim
rol o’ynaydi. Adabiy til va normalarini shunchaki qiziqish va u bilan nomigagina shug’ullanish
bilan egallab bo’lmaydi.
Inson nutqiy faoliyati uch ko’rinishda namoyon bo’ladi.
Bular – so’zlash, mutolaa va eshitish. So’zlash deyilganda so’zlovchining ma`lumot,
maslahat berishi, buyurishi, o’ziga noma’lum bo’lgan narsalar haqida so’rashi tushuniladi.
So’zlaganda so’zlovchining bilimi madaniyati, axloқi, odobi yuzaga chiqadi. So’zlashning
monologik va dialogik ko’rinishlari mavjud.
Mutolaa
qilish
o’quvchining
yozma
nutq
orqali
asar
muallifi,
obrazlari
bilan
muloqotidir.
Mutolaa
tufayli
yozma
nutqda
aks
etgan voqea-hodisadan xabardor bo’ladi.
O’rta
maktabda
ta`lim
olayotgan
yoshlarni
ya`ni,
jamiyatning
yangi
ijtimoiy
kuchlarini
yetishtirishda
o’qituvchi
mas`ul
hisoblanadi.
Jamiyat
o’qituvchining
qo’liga
yosh
avlodni,
ya`ni
o’z
kelajagini
ishonib
topshiradi.
Uning
kamol
topishida,
o’qituvchining
nutqi
o’ta
muhimdir.
Demak,
o’qituvchilik
kasbi
insonparvarlik,
vataiparvarlik,
yuksak
madaniyatlilik
bilan
birga
yuqori
darajadagi
nutqiy
malakaga
ham
ega
bo’lish
kerakligini
talab
qiladi.
Takrorlash-uchun savollar:
1. Nutq madaniyati deganda nimani tushunasiz?
2.
Til madaniyati biladn nutq madaniyati qaysi jihatlari bilan farq qiladi?
3.
Adabiy norma nima? U nimaga asoslanadi?
4.
Nutqiy malakaga qanday erishish mumkin.?
Tayanch tushunchalar:
Morfema - (yunoncha) lingvistikaga oid termin bo’lib, so’zning eig kichik ma`no
anglatuvchi, boshqa ma`noli qismlarga bo’linmaydigan qismi (yoki bo’lagi) (o’zak morfema,
affiksal morfema).
Jargon - (fransuzcha) Biror ijtimoiy guruhning o’ziga xos va o’zigagina tushunarli bo’lgan,
boshqalar tushunmaydigan yasama til.
Uzus - Biror til jamoasida til sistemasida mavjud bo’lgan imkoniyatlarning foydalanib
kelinayotgan qismi uzus deyiladi. Uzus bir tilni boshqasidan ajratib turadigaya shartlarni
ham tilning ichki normalarini ham o’z ichiga oladi.
1. So`zlashuv uslubi.
2. Rasmiy uslub.
3. Ilmiy uslub.
4. Publitsistik uslub.
5. Badiiy uslub.
6. Umumiy norma.
7. Adabiy norma.
8. Xulosa.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. Nurmatov A. Tilni sistemali o`rganish va sintaksisning ayrim munozarali
masalalari. -Toshkent: «O`zbek tili va adabiyoti" jurnali, 1998 yil, 5 —son.
2. A. Sodiqov va boshqalar. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent, 1981-yil.
3. Begmatov E., Boboyeva A., Asomiddinova M. Adabiy norma va nutq
madaniyati. -Toshkent, 1983- yil.
4. Qo`ng`urov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat
asoslari. – Toshkent: O`qituvchi, 1992 yil.
Til boyliklaridan har kim o`zicha o’oydalanib so`zlaydi. Bir tur so`zlar va tilga tegishli
boshqa belgilar bir nutqda ko`proq ishlatiladigan holda boshqa nutqda uchramaydi. Boshqa bir
nutq o`zining so`z boyligi va gaplarining qurilishi, ohangi bilan uchinchi bir nutqdan ajralib
turadi. Til boyliklarini tanlab ishlatishga qarab nutq ko`rinishlari bir necha turga ajraladi. Ana
shu xilma-xillik nutq uslublari deb ataladi. Nutq uslublari aloqaning maqsadga muvofiq amalga
oshuvchi yo`lida so`zlovchining so`z boyliklaridan tanlab foydalanishi tufayli nutqning tarixiy
shakllangan ko`rinishidir.
Quyidagi misollar orqali nutq uslublarini tasavvur qilsa bo`ladi:
2 —modda. Har bir inson, har qanday tofovutlaridan qat`iy nazar, ya`ni irqi, terisining
rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki o`zga e`tiqodlari, moddiy va ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy,
tabaqaviy yoki boshqa mavqeiga qaramasdan, ushbu Dekloratsiyada e`lon qilingan barcha
huquqlar va erkinliklarga ega bo`lishi lozim. Bundan tashqari, inson mansub bo`lgan mamlakat
yoxud hududning siyosiy, huquqiy yoki xalqaro statusga ega ekanligi asosida bu hudud mustaqil,
vosiylikdagi, o`z-o`zini idora qilmaydigan yoxud suvereniteti qaysidir jihatlardan cheklab
qo`yilganidan qat`iy nazar, biron bir darajada odam ajratilishiga yo`l qo`yilmasligi kerak".
"Jonginam, axir sizga ne gunoh qildimki, menga buncha sitamlar qilasiz? Kecha
aytgan joyingizga borib, qosh qorayguncha kutdim, kelmadingiz. Kutgandan yomoni bo`lmas
ekan."
"Sistem tilshunoslikda gapning sintaktik struktura unsurlari gap bo`laklari yoki sintaktik
pozitsiya nuqtai nazaridan, kommunikativ (aktual) struktura tema (ma`lum) va rematik (yangi)
nuqtai nazardan o`rganiladi".
Bu nutq parchalarining har bir grammatik qurilishi, leksikasi, ohangi jihatidan bir- biridan
keskin ajralib turadi. Birida rasmiy nutqqa xos leksika, ikkinchisida kundalik hayotda
ishlatiladigan so`zlashuv leksikasi, uchinchisida tilshunoslik ilmiga xos leksika asosiy o`rinni
egallaydi.
Uslubshunoslikka bag`ishlangan asarlarda nutqning quyidagi uslublari ko`rsatiladi: 1.
So`zlashuv uslubi. 2. Rasmiy uslub. 3. Ilmiy uslub. 4. Publitsistik uslub. 5. Badiiy uslub.
Har bir uslub o`ziga xos sistema bo`lib, boshqa uslublardan ko`pgina belgilari bilan
ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |