Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan


BUYRAK USTI BEZINING PO'STLOQ QISMI



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

BUYRAK USTI BEZINING PO'STLOQ QISMI
Odamlarda buyrak usti bezining po'stloq qismi uch qavatdan tuzilgan: tashqi
qavat – koptokchali soha; o'rta qavat – tutamli soha va ichki qavat – to'rli soha.
Bezning po'stloq qismi uchta gormonal faollikka ega bo'lgan steroidlarni
sintezlaydi: kortizon (gidrokortizon), aldosteron va kortikosteron. Odam
balog'atga yetguncha va qarigan vaqtida to'rli sohada sintezlanuvchi jinsiy
gormonlar ma'lum rol o'ynaydi.
Kortikoidlar juda ko'p jarayonlarga ta'sir qiladi. Ammo bu ta'sirlarning
asosiylari: 1) mineralokortikoid samara – elektrolitlar almashinuviga ta'sir etish;
2) glyukokortikoid samara – uglevodlar almashinuviga ta'sir qilishdir.
Glyukokortikoidlar glyukoneogenezni tezlashtiradi. Bu jarayonda ishtirok
etuvchi ba'zi fermentlarning faolligi oshishi tufayli, aminokislotalarning azotsiz
qoldiqlaridan glyukozaning sintezlanishi tezlashadi, uning qondagi miqdori
ko'payadi. Glyukoza glikogen shaklida jigar va muskullarda zahiraga o'tadi.
Oqsillarning parchalanishi tezlashib, manfiy azot balansi kuzatilishi mumkin.
Demak, glyukokortikoidlar katabolik samaraga ega. Bu gormonlar yog'larning
zahiradan qonga o'tishini tezlashtirib, energiya manbai sifatida sarflanishini
ko'paytiradi.
Glyukokortikoidlar yallig'lanish va allergik reaksiyalarni susaytiradi,
antitelolar ishlab chiqarilishini kamaytiradi.
Glyukokortikoidlar sezgi a'zolari faoliyatiga ham ma'lum darajada ta'sir
ko'rsatadi. Bu gormonlar yetishmaganda ta'm va hid sezish, eshitish buziladi.
Glyukokortikoidlar miya markazlaridagi tahliliga ta'sir ettsa kerak.
Glyukokortikoidlarning qondagi miqdori mahsus mexanizmlar tufayli
nisbatan barqaror saqlanadi. Bu murakkab mexanizm faoliyatini quyidagicha
tasavvur qilish mumkin. Gipotalamusniing gipofizotrop sohasidan rilizing-
gormon ajralib, qon orqali adenogipofizga yetib keladi. Uning ta'sirida AKTG


qonga o'tib, buyrak usti bezining po'stloq qismiga ta'sir qiladi. Natijada
glyukokortikoidlarning qondagi miqdori oshadi.
Agar glyukokortikoidlarning miqdori sezilarli darajada ko'paysa, qaytar aloqa
tamoyili bo'yicha AKTG-rilizing-gormonning ajralishi, AKTGning qonga o'tishi
kamayadi. Bu o'z navbatida glyukokortikoidlarning qondagi miqdorini
kamaytiradi. Glyukokortikoidlarning qonga o'tishi organizm haddan tashqari
ta'sirotlar ostida qolganda, ya'ni stress holatlarda keskin o'zgaradi. G.Sel'ye bu
holatning uch bosqichini ajratgan: havotirlanish, chidash va madorsizlanish.
Birinchi va ikkinchi bosqichlarda buyrak usti bezlari glyukokortikoidlarni ko'p
miqdorda sintezlab, ehtiyojni qondirib turadi. Stress ta'siri davom etaversa,
madorsizlanish bosqichi rivojlanishi mumkin. Bu vaqtda buyrak usti bezlarida
kortikoidlar zahirasi tugaydi, bezning po'stloq qismi yemiriladi. Organizmga
tashqaridan glyukokortikoidlar kiritilishigina ahvolni yengillastiradi.
Glyukokortikoidlar sekretsiyasining ortishi ham, kamayishi ham, organizmda
jiddiy 
o'zgarishlar 
paydo 
qiladi. 
Qonda 
kortizon 
ko'payib 
ketishi
giperglikemiyaga, semirib ketishga, qon bosimining oshishiga, shish paydo
bo'lishiga va boshqa o'zgarishlaga olib keladi.
Bu gormonlarning yetishmovchiligi Addiso kasalligi rivojlanishiga sabab
bo'ladi. Teri qorayib, jez rangiga kiradi, skelet va yurak muskullari quvvatdan
ketadi, odam salga charchab qoladi, yuqumli kasalliklarga chalinadigan bo'lib
qoladi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish