ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI FIZIOLOGIYASI
Endokrin bezlar nerv tizimi bilan bir qatorda organizm faoliyatini
boshqarishda juda katta ahamiyatga ega. Endokrin tizimga o'zaro mustaqil
bo'lgan uchta bo'lakdan iborat gipofiz, jinsiy bezlar, buyrak usti bezining
po'stloq va mag'iz qismlari, me'da osti bezining Langergans orolchalaridagi
hujayralar, qalqonsimon bez va qalqonsimon bez oldi bezlari, epifiz, hazm
a'zolari shilliq pardasidagi inkretor hujayralar kiradi. Endokrin tizim maxsus
moddalar – gormonlar yordamida ta'sir qiladi. Gormon ishlab chiqaruvchi
endokrin bezlarning chiqaruv yo'llari yo'q. Sintezlangan moddalar to'g'ridan-
to'g'ri qonga o'tadi.
Gormonlarning o'ziga xos bir nechta xususiyatlari bor.
1. Har bir gormon muayyan ixtisoslashgan bezda ishlab chiqariladi.
2. Har bir gormon muayyan a'zo va faoliyatlarga ta'sir etib, ularda o'ziga xos
o'zgarishlar paydo qiladi.
3. Gormonlar yuqori biologik faollikka ega (1 g adrenalin 10 mln ajratib
olingan baqa yuragining ishini tezlashtira oladi).
4. Gormon ishlab chiqaradigan bez bilan u ta'sir qiladigan nishon a'zo orasida
odatda ma'lum masofa bo'ladi (distant ta'sir).
5. Gormonlar hujayra membranalaridan o'tish qobiliyatiga ega.
6. Gormonlar nisbatan tez parchalanadi. Yarim parchalanish davri bir necha
sekunddan (peptid goormonlar) bir necha kunni (yodtironinlar) tashkil qiladi.
7. Ko'pchilik gormonlarning turga oid spetsifik xossalari yo'q.
8. Gormonlar faqat hujayralarda yoki ularning faol tuzilmalarida ro'y beruvchi
jarayonlarga ta'sir etadi.
Kimyoviy tuzilishiga ko'ra gormonlarni bir necha guruhga bo'lish mumkin.
Bular: aminlar, yodtironinlar, kichik peptidlar, oqsillar, glikoproteinlar va
steroidlar. Amin gormonlar guruhini dofamin, noradrenalin, adrenalin va
melatonin tashkil qiladi. Yodtironinlar tiroksin (T
4
) va triyodtironindan (T
3
)
iborat. Peptid gormonnlar guruhiga antidiuretik gormon (ADG), oksitotsin,
melanotsitlarni rag'batlantiruvchi gormon (MSG), tireotropin-rilizing gormon
(TRG),
gonadotropin-rilizing
gormon
(GnRG),
somatostatin
(SRIF),
kortikotropin-rilizing gormon (KRG), somatokrinin (STG-RF), angiotenzin
kiradi.
Gormonlar guruhlari orasida oqsil gormonlar eng kattasidir. Uni quyidagi
gormonlar tashkil qiladi: insulin, glyukagon, o'sish gormoni, platsentar laktogen,
prolaktin, paratgormon, enkefalin, kalsitonin, adrenokortikotrop gormon,
sekretin, xoletsistokinin, gastrin, me'daning ingibirlovchi peptidi. Glyukoproteid
gormonlarga follikullarni rag'batlantiruvchi, lyuteinlovchi, qalqonsimon bezni
rag'batlantiruvchi
gormonlar
va
xorionik
gonadotropin
kiradi.
Glyukokortikoidlar, estrogenlar, testosteron, progesteron, aldosteron steroid
goormonlardir.
Vazifasiga ko'ra gormonlarni uch turga bo'lish mumkin:
I.
Nishon-a'zolarga bevosita ta'sir qiluvchi gormonlar (effektor-gormonlar).
II.
Effektor gormonlarning sintezi va ajralishini boshqaradigan gormonlar
(glandotrop gormonlar).
III.
Gipotalamusning nerv hujayralarida sintezlanuvchi
va glandotrop
gormonlarning ajralishini boshqaruvchi rilizing-gormonlar va ingibitor-
gormonlar. Shu gormonlar tufayli endokrin tizim markaziy nerv tizimi
bilan bog'lanadi.
GORMONLARNING TA'SIR KO'RSATISH MEXANIZMLARI
Gormonlarning ta'siri nishon-a'zo hujayralaridagi ba'zi fermentlarning
katalitik faolligini kuchaytirish yoki susaytirish bilan ro'yobga chiqadi. Bu,
bbirinchodan, hujayralardagi fermentlarni faollash (yoki ingibirlash) natijasi
bo'lishi mumkin. Ushbu jarayonda siklik adenozinmonofosfat (sAMF), kalsiy
ionlari va fosfatidilinozitol (FI) metabolitlari ishtirok etadi. Ikkinchidan,
gormonlar hujayralarda fermentlar sintezini tezlashtirib, ularda fermentlar
miqdorini oshirish yo'li bilan ta'sir o'tkazadi.
Umuman, gormonlar uchta juda muhim vazifani bajaradi:
I.
Organizmning jismoniy, jinsiy va ruhiy rivojlanishini va ko'payishini
ta'minlaydi.
II.
Organizm va uning faoliy tizimlarini doim o'zgarib turuvchi shroitlarga
moslashishini ta'minlaydi.
III.
Ba'zi fiziologik ko'rsatkichlarning (qonda glyukoza, kalsiy, fosfor va
boshqa moddalar miqdorinin) barqarorligini saqlaydi (gomeostatik
faoliyat).
GIPOFIZNING ICHKI SEKRETSIYASI
Gipofiz oldingi, oraliq va orqa bo'laklardan tuzilgan murakkab ichki
sekretsiya bezidir. Uning oldingi bo'lagi (adenogipofiz) asosiy yoki xromofob
hujayralardan (hamma hujayralarning 55-60%) va xromofil (40-45%)
hujayralardan iborat. Xromofil hujayralarning aksariyati atsidofil, oz qismi esa
bazofil bo'ladi. Gormonlar xromofil hujayralarda sintezlanadi. Bazofil hujayralar
adrenokortikotrop, tireotrop, gonadotrop (follikullarni stimullovchi va
lyuteinlovchi) gormonlar ishlab chiqaradi. Atsidofil hujayralar o'sish gormoni
(somatotropin) va prolaktin ishlab chiqaradi. Gipofizning oldingi bo'lagi ishlb
chiqaradigan gormonlar oqsil va glikoproteinlardir. Bu gormonlar ikki guruhga
bo'linadi:
1. Glandotrop gormonlar: follikullarni stimullovchi, lyuteinlovchi, tireotrop ,
adrenokortikotrop gormon.
2. Effektor gormonlar: o'sish gormoni, prolaktin, melanotsitlarni stimullovchi
gormon (MSG). Melanotsitlarni stimullovchi gormon ko'pchilik hayvonlarda
gipofizning yaxshi rivpjlangan oraliq bo'lagidan ajraladi. Odam gipofizida bu
bbo'lak geyarli yo'qolib ketgan. Shuning uchun MSG oldingi bo'lak
gormonlari bilan qo'shib ko'riladi.
O'SISH GORMONI
Bu gormon adenogipofizning effektor gormonlariga kiradi. O'sish
gormonining boshqa gormonlardan farqi uning turga oid spetsifikligida.
Masalann, qoramol gipofizidan ajratib olingan gormonni o'sishdan qolgan odam
bolasini davolashda qo'llab bo'lmaydi. Odamning o'sish gormoni 191
aminokislota qoldig'idan iborat bo'lib, organizmda tez parchalanadi.
O'sish gormonining asosiy ta'siri suyaklarning bo'yiga o'sishini ta'minlashdir.
Bu gormon ta'sirida a'zo va to'qimalarda oqsil sintezi tezlashadi, ammo buning
uchun yetarli miqdorda insulin, oqsil va uglevodlar kerak. Iste'mol qilinadigan
ovqatda oqsil va energiya miqdori oz bo'lsa, bolaning qonida o'sish gormoni
ko'p bo'lganiga qaramasdan, uning o'sishi, sekinlashadi. Chunki oqsil
yetishmovchiligi natijasida jigarda somatomedin nomli peptidning sintezlanishi
kamayib ketadi. Bu peptid sulfat kislota angidridining tog'ay to'qimasiga
o'tishini, DNK, RNK va oqsil sintezlanishini tezlashtirish yo'li bilan yosh
organizmning o'sishini ta'minlaydi.
O'sish gormonining modda almashinuviga bevosita ta'siri hujayralar
membranasidan
aminokislotalar
tashilishini
tezlashtirish
va
lipolizni
kuchaytirishdan iborat. O'sish gormoni qonda glyukoza miqdorini oshiradi,
glyukozaning boshqa moddalardan sintezlanishini tezlashtiradi (kontinsulyar
ta'sir).
BO'YDORLIK (GIGANTIZM), AKROMEGALIYA
Bola organizmida o'sish gormoni ko'p ishlab chiqarilsa, bo'ydorlik
(gigantizm) kuzatiladi. Bunda erkaklarning bo'yi 200 sm, ayollarniki 190 sm dan
oshadi. Hozir olamda yashovchi ayollarning eng bo'yi balandi indoneziyalik
Muliya bo'lsa kerak. Uning bo'yi 233 sm. Eng novcha erkak esa Pokistinlik
Muhammad A'lam Channadir. Uning bo'yi 247 sm. Gigantlar bbundan ham
baland bo'lishi mumkin. 1968-yilda AQSh ning Buffalo shahrida vafot etgan Jon
Kerrolning bo'yi 263,5 sm bo'lgan.
Gipofizar gigantizmda odamning boshi, tanasi va oyoq-qo'llari nisbati
buzilmagan holda kattalashadi. Skelet muskullari, ichki a'zolar ham ko'pincha
yaxshi rivojlangan bo'ladi. Organizmning o'sish davri 30 yoshgacha boradi.
Kattalarda gipofiz ko'p miqdorda o'sish gormoni ishlab chiqarsa,
Do'stlaringiz bilan baham: |