ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI FIZIOLOGIYASI
Endokrin bezlar nerv tizimi bilan bir qatorda organizm faoliyatini boshqarishda juda
katta ahamiyatga ega. Endokrin tizimga o'zaro mustaqil bo'lgan uchta bo'lakdan iborat
gipofiz, jinsiy bezlar, buyrak usti bezining po'stloq va mag'iz qismlari, me'da osti
bezining Langergans orolchalaridagi hujayralar, qalqonsimon bez va qalqonsimon bez
oldi bezlari, epifiz, hazm a'zolari shilliq pardasidagi inkretor hujayralar kiradi. Endokrintizim maxsus moddalar – gormonlar yordamida ta'sir qiladi. Gormon ishlab chiqaruvchi endokrin bezlarning chiqaruv yo'llari yo'q. Sintezlangan moddalar to'g'ridan-to'g'ri qonga o'tadi.
Gormonlarning o'ziga xos bir nechta xususiyatlari bor.
1. Har bir gormon muayyan ixtisoslashgan bezda ishlab chiqariladi.
2. Har bir gormon muayyan a'zo va faoliyatlarga ta'sir etib, ularda o'ziga xos o'zgarishlar
paydo qiladi.
3. Gormonlar yuqori biologik faollikka ega (1 g adrenalin 10 mln ajratib olingan baqa
yuragining ishini tezlashtira oladi).
4. Gormon ishlab chiqaradigan bez bilan u ta'sir qiladigan nishon a'zo orasida odatda
ma'lum masofa bo'ladi (distant ta'sir).
5. Gormonlar hujayra membranalaridan o'tish qobiliyatiga ega.
6. Gormonlar nisbatan tez parchalanadi. Yarim parchalanish davri bir necha sekunddan
(peptid goormonlar) bir necha kunni (yodtironinlar) tashkil qiladi.
7. Ko'pchilik gormonlarning turga oid spetsifik xossalari yo'q.
8. Gormonlar faqat hujayralarda yoki ularning faol tuzilmalarida ro'y beruvchi jarayonlarga ta'sir etadi.
Kimyoviy tuzilishiga ko'ra gormonlarni bir necha guruhga bo'lish mumkin. Bular: aminlar, yodtironinlar, kichik peptidlar, oqsillar, glikoproteinlar va steroidlar. Amin gormonlar guruhini dofamin, noradrenalin, adrenalin va melatonin tashkil qiladi. Yodtironinlar tiroksin (T4) va triyodtironindan (T3) iborat. Peptid gormonnlar guruhiga antidiuretik gormon (ADG), oksitotsin, melanotsitlarni rag'batlantiruvchi gormon (MSG), tireotropin-rilizing gormon (TRG), gonadotropin-rilizing gormon (GnRG), somatostatin (SRIF), kortikotropin-rilizing gormon (KRG), somatokrinin (STG-RF), angiotenzin kiradi.
Gormonlar guruhlari orasida oqsil gormonlar eng kattasidir. Uni quyidagi gormonlar
tashkil qiladi: insulin, glyukagon, o'sish gormoni, platsentar laktogen, prolaktin,
paratgormon, enkefalin, kalsitonin, adrenokortikotrop gormon, sekretin, xoletsistokinin,
gastrin, me'daning ingibirlovchi peptidi. Glyukoproteid gormonlarga follikullarni
rag'batlantiruvchi, lyuteinlovchi, qalqonsimon bezni rag'batlantiruvchi gormonlar va
xorionik gonadotropin kiradi. Glyukokortikoidlar, estrogenlar, testosteron, progesteron,
aldosteron steroid goormonlardir.
Vazifasiga ko'ra gormonlarni uch turga bo'lish mumkin:
I. Nishon-a'zolarga bevosita ta'sir qiluvchi gormonlar (effektor-gormonlar).
II. Effektor gormonlarning sintezi va ajralishini boshqaradigan gormonlar
(glandotrop gormonlar).
III. Gipotalamusning nerv hujayralarida sintezlanuvchi va glandotrop gormonlarning
ajralishini boshqaruvchi rilizing-gormonlar va ingibitor-gormonlar. Shu
gormonlar tufayli endokrin tizim markaziy nerv tizimi bilan bog'lanadi.
GORMONLARNING TA'SIR KO'RSATISH MEXANIZMLARI
Gormonlarning ta'siri nishon-a'zo hujayralaridagi ba'zi fermentlarning katalitik
faolligini kuchaytirish yoki susaytirish bilan ro'yobga chiqadi. Bu, bbirinchodan,
hujayralardagi fermentlarni faollash (yoki ingibirlash) natijasi bo'lishi mumkin. Ushbu
jarayonda siklik adenozinmonofosfat (sAMF), kalsiy ionlari va fosfatidilinozitol (FI)
metabolitlari ishtirok etadi. Ikkinchidan, gormonlar hujayralarda fermentlar sintezini
tezlashtirib, ularda fermentlar miqdorini oshirish yo'li bilan ta'sir o'tkazadi.
Umuman, gormonlar uchta juda muhim vazifani bajaradi:
I. Organizmning jismoniy, jinsiy va ruhiy rivojlanishini va ko'payishini ta'minlaydi.
II. Organizm va uning faoliy tizimlarini doim o'zgarib turuvchi shroitlarga
moslashishini ta'minlaydi.
III. Ba'zi fiziologik ko'rsatkichlarning (qonda glyukoza, kalsiy, fosfor va boshqa
moddalar miqdorinin) barqarorligini saqlaydi (gomeostatik faoliyat).
Do'stlaringiz bilan baham: |