Dofamin va dofaminergik vositalar. Serotonin va serotoninergik vositalar



Download 17,47 Mb.
Sana18.07.2022
Hajmi17,47 Mb.
#822696
Bog'liq
DOFAMIN RETSEPTORLAR SEOTONIN


Dofamin va dofaminergik vositalar. Serotonin va serotoninergik vositalar
Dofamin
01
Dofaminergik vositalar.
02
Serotonin
03
Serotoninergik vositalar
04
Reja
Organizmda dofamin katexolaminlar almashinuvida
noradrenalindan< oldin a — tirozindan hosil bo’ladi. Miyada
dofaminoretseptorlar bilan bog'lanib, markaziy nerv sistemasida
neyromediator vazifasini bajaradi. Dofaminoretseptorlar ikki turga D1
va D2 - retseptorlarga bo'linadi. D1 - retseptorlar faoliyati dofamin u
adenilatsiklaza fermenti, siklik AMF ning oshirishi bilan bog'liq.
Dofamin asosan D2 - retseptorlami qo'zg'atadi, bunda simpatik nervlar oxirida katexolaminlaming, ularning preganglionar tolasidan
atsetilxolinning ajralishi chegaralanadi, gipofizdan prolaktin gormoni,
jag' osti bezlaridan so'lak ajralishi kamayadi, trigger sohasining faolligi
oshib boradi.
Yuqori miqdorda dofamin D1 - retseptorlami ham qo'zg'atadi, ular qo'zg'alganda ichak, charvi, buyrak, miya tomirlarining silliq mushaklari bo'shashadi. Dofaminoretseptorlami qo'zg'atuvchi moddalar dofaminomimetik deb ataladi, ularga dofamin, apomorfin, bromokriptin kiradi. Neyroleptiklarda dofaminoretseptorlami falajlash xususiyati bor. Dofamin dori modj^a' tfifatida sintetik yo‘l bilan olinadi,organizmgayuborilganda dofaminoretseptorlami hamda yuqorimiqdorda adrenoretseptorlarni qo’zg’atib , noradrenalinning granulalardan chiqishini oshiradi, ya’ni bilvosita adrenomimetik ta’sir ko'rsatadi. Dofamin noradrenalinga nisbatan kamroq bo‘lsa ham chetda joylashgan tomirlar qarshiligini, sistolik qon bosimini, yurak kuchini, yurakdan chiqadigan qon hajmini oshiradi, yurakning urish tezligideyarli o‘zgannaydi.
Miokardning kislorodga ehtiyoji oshsa ham, toj tomirlarda qon aylanishi yaxshilanishi tufayli miokard kislorod bilan yetarli ta’minlanadi. Buyrak tomirlarining qarshiligi ham kamayadi, buyrak koptokchalarida filtratsiya jarayoni oshib boradi, mezenterial tomirlar ham kengayadi. Dofamin buyrak va mezenterial tomirlarga ta’siri bilan noradrenalin va adrenalindan farq qiladi.
Dofamin kardiogen shok, o’tkir yurak yetishmovchiligini
davolash uchun venalarga yuboriladi, gematoensefalik to'siqdan
o'tmaydi, markaziy nerv sistemasiga deyarli ta’siri bo'lmaydi. Dofamin
chala, gipoksiyada tug'ilgan chaqaloqlarda yurak va qon tomirlar
tonusini tutib turadi, gipoksiyada tug'ilgan chaqaloqlarda kichik qon
aylanishida ro'y beradigan gipertenziyani bartaraf qiladi.
Levodopa-organizmda katexolaminlar almashinuvida a -tirozindan, dofamindan oldin hosil bo'ladi. MAO va KOMT fermentlari uni parchalamaydi. Modda sifatida qo'llanilganda me’da-ichakdan yaxshi so'riladi, gematoensefalik to'siqdan oson o'tib, dofaminga aylanadi, parkinsonizm, giperkinezlami davolashda qo'llanadi. Modda bo'yi yaxshi o'smayotgan bolalarni davolashda ham qo'llanilishi mumkin, somatotropin gormonining ajralishini oshiradi.
Apomorfin-trigger sohasida joylashgan dofaminoretseptorlami
qo'zg'atadi. Impulslar uzunchoq miyadagi qayt qilish markazini
qo'zg'atib, qusishga sabab bo'ladi, shu bilan birga apomorfin qusish
markazini tinchlantiradi ham. Apomorfin qustirishi oshqozondan
zaharli moddalar, oziq-ovqatlardan yuzaga kelgan zaharlanishlami
bartaraf qiladi, parenteral qo'llanadi. Apomorfinni 5yoshgacha
bo'lgan bolalarga qo'llash man etiladi, chunki ulaming markaziy nerv sistemasiga ta’sir etib, uyqu keltiradi, nafasni sekinlashtirishi, qon
bosimini pasaytirishi mumkin
Bromokriptin — yarim sintetik qoramug‘ alkaloidi, ergokriptin asosida olingan moddadir. Gipotalamusda joylashgan D2 - retseptorlami
qo‘zg‘atib, gipofizning old qismidan prolaktin va somatotropin ajralishini kamaytiradi. Bromokriptin D2 - retseptorlarini qo‘zg‘atishi
tufayli bachadonni qisqartirishi, haroratni tushirishi, qustirishi,
gipotenziv ta’sir ko'rsatishi mumkin. Boshqa qoramug' alkaloidlaridan bromokriptin bachadon mushaklarini bo'shashtirishi bilan farq qiladi
Levodopa
Apomorfin
Bromokriptin
Serotonin 5 - oksitriptamin biogen amin bo'lib, organizmda aminokislota a - triptofandan hosil bo'ladi, har xil to'qimalarda, a’zolarda, trombotsitlarda mavjud. Serotonin nerv tolalar oxirlarida hosil bo'lib, sinaptik pufakchalarda joylashadi, nervlardan kelayotgan impulslar tufayli ajraladi va o'ziga xos serotonin retseptorlariga ta’sir ko'rsatadi.
Serotonin retseptorlari 3 turga bo'linadi:
M - retseptorlar, markaziy nerv sistemasida joylashgan, ularning qarama-qarshisi morfin hisoblanadi (retseptorlaming nomi ham shundan olingan).
D - retseptorlar, ular ham markaziy nerv sistemasida, silliq mushaklarda joylashgan, fenoksibenzamin va lizergin kislotaning dietilamidi ularga qarama-qarshi hisoblanadi.
T - retseptorlar, afferent nervlar oxirida joylashgan. So'ng’i yillarda 5 – HT 1 va 5 – НТ 2 serotonin retseptorlari aniqlangan, 5-HT 1 retseptorlar me’da-ichak silliq mushaklarida joylashgan S – HT1 retseptorlar tomirlaming silliq mushaklarida, bronxlarda, trombotsitlarda joylashgan. Serotonin asosan 5 - НТ’ retseptorlami qo'zg'atadi
Serotonin markaziy nerv sistemasida mediatorlik vazifasini bajaradi, chetda (periferiyada) serotonin bachadon, ichak, bronxlar va boshqa silliq mushakli a’zolami, miya, o'pka, buyrak qon tomirlarini qisqartiradi; teri, skelet mushaklari tomirlarini kengaytiradi. Serotonin yallig'lanish mediatori hisoblanadi, trombotsitlar miqdorini va ulaming agregatsiyasini oshiradi, hatto serotonin trombotsitlar agregatsiyasi vaqtida ham ajralib chiqadi.Serotonin vegetativ gangliylami qo’zg’atadi, simpatik nervlarni postganglionary tolalaridan, buyrak usti bezining miya qatlamidan katexolaminlar ajralishini oshiradi, shu tufayli qon bosimi ko'tariladi, yurak urishi tezlashadi, qonda qand miqdori oshadi. Serotonin bevosita adrenoretseptorlami qo'zg'atishi mumkin, chunki ulaming tuzilishi serotoninoretseptorlarga o'xshab ketadi. Serotonin gistaminni erkin holda ajratishi mumkin.
Dori modda sifatida serotonin adipinat gemorragik sindromda, anemiya, trombotsitopeniya, xavfli o'smalami sitostatik moddalar bilan davolashda ro 'y beradigan gemorragiyalarda qo'llaniladi. Serotonin kap illy a rla r chidamliligini oshirib, qon ketishini kamaytiradi, venaga va mushak orasiga yuboriladi.
Serotoninning salbiy ta ’sirlari: yuborilgan venalarda, qorin bo'shlig'ida og'riq paydo bo'lishi, nafas qiyinlashishi, ko'ngil aynishi, siydik kamayishi mumkin. Moddani buyrak, gipertoniya kasalliklarida, trombozlarda qo'llash man etiladi.
Serotoninga kimyoviy jihatdan hamda ta’siri bo‘yicha meksamin moddasi o'xshab ketadi, asosan radiy nurlaridan saqlash maqsadida qo'llanadi. Hozirgi kunda serotoninga qarama-qarshi moddalar ham aniqlangan. D - serotoninoretseptorlami (ular asosan silliq mushaklarda joylashgan) lizergin kislotaning dietilamidi falajlaydi, o'tkir zaharli bo'lgani uchun bu modda faqat eksperimental tibbiyotda qo'llaniladi. Indol, triptamin unumlari, aminazin, ba’zi gistaminga qarshi moddalar ham D serotoninore tseptorlami falajlaydi. S HT2 serotoninoretseptorlami falajlaydigan moddalar: digidroergotamin, sandomigran, lizurid migrenning (kuchli bosh og‘rig‘i) oldini olish va davolash uchun qo'llaniladi.
Narkotik analgetiklar - morfin, fenadon, promedol, mahalliy
anestetiklar novokain, dikain, xolinolitiklar atropin, katexolaminlar M-serotoninoretseptorlarga (markaziy nerv sistemasida joylashgan) qarama-qarshi ta’sir ko'rsatadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 17,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish