Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

Vissero-visseral reflekslar.
Bu reflekslar ichki a'zolardagi retseptorlarning
qo'zg'alishi natijasi bo'lib, boshqa bir a'zo faoliyatida ma'lum o'zgarish paydo
qiladi. Vissero-visseral reflekslar tabiiy sharoitda juda keng tarqalgan. Mumtoz
Gols refleksi bunga misol bo'la oladi. Ichak tutqich retseptorlarining qo'zg'alishi
yurak faoliyatini susaytiradi. Yana bir misol: karotid koptokcha va aortaning
refleksogen sohasini ta'sirlash qon bosimi va yurak urishi o'zgarishiga olib
keladi.
Vissero-somatik reflekslar.
Vissero-somatik reflekslar ichki retseptorlar
qo'zg'alganda ichki a'zolar faoliyati o'zgarishi bilan bir qatorda skelet
muskullarining faolligi o'zgarishi shaklida namoyon bo'ladi. Masalan, karotid
koptokcha retseptorlarining qo'zg'alishi biror sababdan oshgan qon bosimini asli
holiga qaytaradigan o'zgarishlarni sodir qiladi – yurak urishi susayib, qon
tomirlar kengayadi. Ayni paytda organizmning umunmiy harakat faolligi
kamayadi. Me'da-ichak tizimi retseptorlarining qo'zg'alishi qorin va qo'l-oyoq
muskullari qisqarishiga olib kelishi mumkin.
Vissero-sensor reflekslar.
Vissero-sensor refleks deganda ichki retseptorlar
qozg'alishi natijasida ichki a'zo;ar faoliyatining o'zgarishi, skelet muskullari
faoliyatida siljishlar ro'y berishi bilan bir qatorda, somatik sezgirlikning
o'zgarishi tushuniladi. Bunday refleks paydo bo'lganda ichki retseptorlardan
impulslarni qabul qiluvchi segmentdan afferent tolalar olgan tana sohasida
sezgirlik ortadi.
Akson-refleks, periferik reflekslar.
Qo'zg'alishning neyron tanasi ishtirokisiz,
aksonning bir shoxidan ikkinchi shoxiga o'tishi natijasida ro'yobga chiqadigan
reaksiyalarga akson-refleks deyiladi. Bu hodisani somatik va avtonom efferennt
neyronlarning shoxlarida kuzatish mumkin. Akson-refleksning yuzaga chiqishi
jarayonida aksonning bir shoxida paydo bo'lgan qo'zg'alish, tola ikki tomonlama
o'tkazish qobiliyatiga ega bo'lganidan, markazga intilib, boshqa shoxga o'tadi va
markazdan qochish yo'nalishida effektorga yetib, uni ishga soladi. Masalan, orqa
miya bolan aloqasi uzilgan me'da osti nervining markaziy uchi ta'sirlansa, qovuq
muskullari qisqaradi. Ba'zi tadqiqotchilar akson-refleksni tabiiy sharoitda
uchramaydigan sun'iy hodisa, deydilar.


Akson-reflekslarning ahamiyati uncha aniq bo'lmasada, ularga o'xshagan
periferik reflekslar ichki a'zolar faoliyatini boshqarishda katta rol o'ynaydi. Bu
reflekslar chin refleks yoyiga ega – uning retseptori, afferent neyroni, oraliq
neyroni, efferent neyroni va effektori bor. Faqat afferent neyron efferent neyron
bilan (odatda oraliq neyron ishtirokida) markaziy nerv tizimida emas, balki
periferik tugunda tutashadi. Bu tugunni markaziy nerv tizimi bilan bog'lab
turuvchi preganglionar tolalar kesilsa ham periferik refleks shikastlanmaydi.
Ye. Sinelnikov o'z vaqtida hayvon tanasidan ichki a'zolarni yaxlit ajratib
oldida, fiziologik eritmaga solib tajriba o'tkazdi va shu yo'l bilan to'g'ri ichak
cho'zilganda bachadon va qovuq muskullarining qisqarishini ko'rsatib berdi.
AVTONOM NERV TIZIMINING FAOLIYATLARGA TA'SIRI
Avtonom 
nerv 
tizimi 
a'zolar 
faoliyatini 
uyg'unlashtirib, 
hayotiy
jarayonlarning muvozanatini ta'minlaydi. Modda almashinuvini, a'zolar va
markaziy nerv tizimi qo'zg'aluvchanligini ham boshqaradi.
A'zolarning aksariyati ham simpatik, ham parasimpatik nervlanishga ega.
Ba'zilarini avtonom nerv tizimining uchinchi qismi – metasimpatik nerv tizimi
ham boshqaradi.
Simpatik nerv tizimi qo'zg'aalganda organizmda rivojlanadigan o'zgarishlarni
tasavvur qilish uchun tashlanishga yoki qochishga tayyorlangan hayvonni
eslang. Bu vaqtda uning qorachiqlari kengayib, ko'zlari yonadi, yuragi gupillab
uradi, teri va ichkia'zolar qon tomirlari torayib, skelet muskullari va miya
tomarlari kengayadi. Havo yo'llarining silliq muskullari bo'shashib, kengayadi,
o'pkaga havo ko'p kiradi. Shu tufayli organizmga ko'p miqdorda kislorod
yetkaziladi. Jigar va yog' hujayralari qonga ko'plab glyukoza va yog' kislotalar
ajratadi, binobarin, miya va skelet muskullari energiya bilan yaxshi ta'minlanadi.
Bu o'zgarishlarning barchasi organizmning qiyin ahvoldan chiqishiga qaratilgan.
Parasimpatik tizimning qo'zg'alishi organizmda tinchlik va osoyishtalikka
olib keladi. Yurak urishi soni va kuchi kamayadi, ichki a'zolar tomirlari
kengayadi, qorachiqlar torayadi. Bronxlar ham torayadi. Bu vaziyat hayvon
to'yib ovqat yegach, dam olayotgan holatga oxshaydi. Ko'pgina a'zolar
faoliyatiga simpatik va parasimpatik tizimlar qarama-qarshi ta'sir qiladi.
Masalan, parasimpatik nerv bronxlarni toraytirsa, simpatik nerv kengaytiradi,
birinchisi yurak qisqarishlarini kamaytirsa, ikkinchisi ko'paytiradi. Ammo bu
qoidaga hamma faoliyatlar ham bir xil bo'ysunmaydi. Masalan, parasimpatik
nervning qo'zg'alishi so'lak bezlari faoliyatini kuchaytiradi. Bunda organik
moddalari oz bo'lgan so'lak ajraladi. Simpatok nervni ta'sirlash ham so'lak
ajralishiga olib keladi. Ammo uning miqdori oz, organik moddalarga boy
bo'ladi. Demak, ba'zi faoliyatlarni boshqarishda avtonom nerv tizimining har
ikkala qismi bir-biriga ko'maklashadi.
Yuqorida simpatik tizimnning qo'zg'alishi ko'z qorachiqlarini kengaytiradi,
parasimpatik tizim esa uni toraytiradi, degan edik. Ammo bu refleksda avtonom


nerv tizimining bo'limlari o'rtasida qarama-qarshilik ham, hamkorlik ham yo'q.
Gap shundaki, parasimpatik nerv rangdor pardaning xalqa muskullarini,
simpatik nerv esa radial muskullarni nervlaydi. Demak, bu nervlarning effektori
boshqa-boshqa. Simpatik va parasimpatik tizimlar faqat faqat bitta effektorni
nervlagandagina, raqiblik yoki hakorlik to'g'risida gap yuritish mumkin.
Avtonom nerv tizimining ahamiyatini aniqlashda ham olib tashlash usuli
qo'llaniladi. Simpatik chegara stvoli butunlay olib tashlangan hayvonlarda bir
qaraganda, ichki a'zolar faoliyati uncha o'zgarmaydi. Qon bosimi me'yorida
bo'ladi, hazm tizimi ovqatni yetarlicha o'zlashtiradi, urchish, homilador bo'lish,
bola tug'ish qobiliyatlari saqlanib qoladi. Shunga qaramasdan, bunday hayvonlar
issiq va sovuqqa, umuman, boshqa muhit o'zgarishlariga yaxshi moslash
olmaydilar. Zararlovchi omillarga qarshilik ko'rsatish qobiliyati susayib ketadi.
Simpatoektomiya qilingan hayvonlarda xavf tug'ilganda, yurak urishining
tezlashishi, qorachiqlarning kengayishi, skelet muskullari tomirlarining
kengayishiga o'xshash himoya reaksiyalari kuzatilmaydi.
Parasimpatik nervlarni kesib tashlash ham a'zolar faoliyati uchun befarq
emas. Sayyor nervni kesish yurak urishining tezlashishiga, ma'da bezlarida
xlorid kislota ajralishining kamayishiga va boshqa o'zgarishlarga olib keladi.
Ammo, me'da-ichakning harakati uncha o'zgarmaydi.
Gap shundaki,
preganglionar parasimpatik tolalar hazm a'zolari devoridagi silliq muskul
tolalarida emas, balki metasimpatik tizim neyronlarida tugaydi. Bu tolalar
kesilsa, metasimpatik tizim me'da-ichak harakatlarini o'z-o'zicha boshqarib
turaveradi.
Metasimpatik tizimning yuqori darajadagi avtonomligi shundaki, tarkibida
reflektor faoliyatni to'la ta'minlaydigan tuzilmalar bor. Bu tizimning o'zida
sezuvchi unsurlar – mexano-, xemo-, termo- va osmoretseptorlar mavjud.
Ulardan tizim tugunlari sezuvchi tolalar orqali ichki a'zo devorlarining holati
to'g'risida axborot olib turadi. Bu impulslar prqa va bosh miya markazlariga
yetib borishi mumkin.
Metasimpatik neyronlar bir-biri bilan sinnapslar yordamida bog'lanib, kovak
a'zolar devorida to'rlar hosil qiladi. Bu yerda, birinchidan, sensor axborot tahlil
qilinadi. Ikkinchidan, efferent impulslar shakllanib, efferent neyronlar orqali
a'zo harakatlariga o'zgartirish kiritib turiladi.
Yuqorida simpatik nerv tizimining ta'sir o'tkazish doirasi kengligi aytilgan
edi. Deyarli hamma a'zo va tizimlar simpatik nervlarga ega. Parasimpatik tizim
nazorat qiladigan doira ancha tor. Ba'zi a'zo va to'qimalarda parasimpatik nervlar
umuman yo'q. Metasimpatik tizim ta'siri juda chegaralangan. U faqat o'z-
o'zidan harakat qilish qobiliyati bo'lgan ichki a'zolarga tarqaladi.
Ichki a'zolarda metasimpatik mahalliy boshqaruv tizim mavjudligining
fiziologik mohiyati shundaki, u markaziy nerv tizimini bu faoliyatlarni
boshqarishdagi ishtirokdan ko'p jihatdan xolis qiladi, boshqarish esa ishonchli
bo'ladi.


AVTONOM NERV TIZIMINI BOSHQARUVCHI MARKAZLAR
Gipotalamus va miya stvoli markaziy nerv tizimining avtonom nerv tizimiga
kuchli ta'sir o'tkazuvchi qismlar hisoblanadi. Ammo miyaning boshqa sohalari
ham (limbik tizim, miyacha) ichki a'zolar faoliyatiga avtonom nervlar orqali
boshqarishda va somatik faoliyatlar bilan bog'lashda ishtirok etadi.
Orqa miyaning oxirgi bo'yin segmenti va birincchi-ikkinchi ko'krak
segmentlarida spinotsiliar simpatik markaz joylashgan. Bu markazdagi
neyronlar ko'z soqqasining silliq muskullarini, tepe qovoq muskullaridan birini,
qorachiqlarni kengaytiruvchi muskulni nervlaydi. Bu markaz yoki undan
boshlangan nerv tolalari ta'sirlanganda qorachiq kengayadi, qovoqlar ochiladi,
ko'z soqqasi chaqchayadi. Markaz shikastlansa, aks o'zgarishlar ro'y beradi –
qorachiq va ko'z yorig'i torayadi, ko'z soqqasi botib ketadi.
Birinchi beshta ko'krak segmentlaridagi simpatik neyronlarni yurak va
bronxlarni nervlashga dahli bor. Ular bilan bog'liq postganglionar neyronlar
asosan yulduzsimon tugunda joylashgan. Bu neyronlarning qo'zg'alishi yurak
urishini kuchaytiradi, tezlashtiradi, bronxlarni kengaytiradi.
Torako-lyumbal simpatik yadroning hamma segmentlarida qon tomirlarni va
ter bezlarini nervlaydigan neyronlar bor. Bu neyronlar shikastlansa, qon tomirlar
tonusi yo'qoladi, ter ajralmay qoladi.
Orqa miyaning dumg'aza segmentlarida najas va siydik chiqarish, jinsiy
reflekslarni boshqarishda ishtirok etadigan parasimpatik neyronlar joylashgan.
Ularning shikastlanishi jinsiy reflekslarning yo'qolishiga, to'g'ri ichak va qovuq
faoliyatlari buzilishiga olib keladi.
Yuqorida gipotalamusning visseral faoliyatlarni boshqaruvchi asosiy
po'stloqosti markaz ekani aytilgan edi. Gipotalamus bu mas'uliyatli ishni bir
nechta mexanizmlar yordamida boshqaradi. Birinchidan, gipotalamusning
gipofizotrop sohasi gipofizdan gormonlar ajralishini o'zgartirib, moddalar
almashinuvuga va ichki a'zolar faoliyatiga doimo ta'sir o'tkazib turadi. Bu
gipotalamo-gipofizar tizim to'g'risida batafsil ma'lumot ichki sekretsiya
bezlariga bag'ishlangan bobda berilgan.
Ikkinchidan, gipotalamusdagi ma'lum hujayralar qonning pH, kationlar
miqdori, O
2
va CO
2
tarangligi o'zgarishiga juda sezgir. Supraoptik yadroda
qonning sistolik bosimi o'zgarishini sezuvchi, ventromedial ydroda – glyukoza
miqdori, oldingi gipotalamusda esa jinsiy gormonlar miqdori o'zgarishini
sezuvchi hujayralar bor. Demak, gipotalamusning hujayralari retseptorlar
vazifasini bajarib, gomeostatik ko'rsatkichlardagi o'zgarishlarni nerv impulsiga
aylantirib, sodir bo'lgan o'zgarishlarni asli holiga keltiruvchi mexanizmlarni
ishga soladi. Bu impulslar o'zgargan gomeostatik ko'rsatkich tiklanmaguncha,
yo'qolmaydi.
Uchinchidan, ma'lumki, gipotalamusning orqa yadrolarini ta'sirlash xuddi
simpatik tizim qo'zg'alganidagi kabi natija beradi. Qorachiqlar va ko'z yorig'i


kengayadi, yurak urishi tezlashadi, qon bosimo ortadi, qonda adrenalin va
noradrenalin, glyukoza miqdori ko'payadi va hokazo.
Gipotalamusning oldingi yadrolari ta'sirlanganda kuzatiladigan o'zgarishlar
parasimpatik tizim qo'zg'algandagi o'zgarishlarga o'xshaydi. Qorachiq va ko'z
yorig'i torayadi, qon bosimi pasayadi, qonda glyukoza miqdori kamayadi va
hokazo. Demak, gipotalamus ichki a'zolarga va gomeostaz mexanizmlariga
simpatik va parasimpatik markazlar orqali ta'sir o'tkazadi.
Limbik tizimning yana bir nomi visseral miya ekani bejiz emas. Bu tizimning
qaysi bir tuzilmasiga elektr toki bilan yoki kimyoviy ta'sir ko'rsatilmasin, so'lak
ajralishi ko'payadi, teri tuklari dikkayadi, yurak-qon tomir, nafas, hazm tizimlari
faoliyatida sezilarli o'zgarishlar paydo bo'ladi. Ayni vaqtda ancha murakkab
bo'lgan chaynash va yutish harakatlari ham sodir bo'ladi. Limbik tizim
ovqatlanish va suv ichish bilan bog'liq bo'lgan xatti-harakatlarning
shakllanishida yetakchi o'rin tutadi. Asosan harakatlarni va muskullar tonusini
boshqarishda ishtirok etadigan miyacha ichki a'zolar faoliyatini boshqarishda
ham ishtirok etadi. Miyachaning ma'lum qismini ta'sirlash simpatik nerv tizimi
qo'zg'alganda kuzatiladigan o'zgarishlarni deyarli to'la takrorlaydi^ qorachiqlarni
kengaytiradi, qon tomirlarni toraytiradi, yurak urishini tezlashtiradi va hokazo.
Miyachasi olib tashlangan hayvonlarda me'da va ichak harakatlari o'zgaradi.
Bosh miya po'stlog'i organizmdagi jarayonlarning hammasini o'zaro
monandlashtiribb, boshqaradigan markazdir. Shu jumladan, avtonom nerv
tizimiga ham, beixtiyor sodir bo'layotgan jarayonlarga ham ta'sir o'tkazadi. Miya
po'stlog'ining ba'zi sohalari elektr toki bilan ta'sirlanganda yoki bu sohalar olib
tashlangandan keyin rivojlanadigan o'zgarishlar shundan dalolat beradi.
Avtonom 
tizim 
orqali 
boshqariladigan 
a'zolarning 
har 
qaysisidagi
o'zgarishlarning qarama-qarshi bo'lishi xosdir. Masalan, po'stloq ta'sirlanganda
qon bosimi ko'tariladi yoki pasayadi, me'da-ichak harakatlari tezlashadi yoki
tormozlanadi. Po'stloq sohalari ichida peshona bo;limlari ichki a'zolar
faoliyatiga ayniqsa kuchli ta'sir ko'rsatadi. Ularni avtonom nervlanishining oliy
markazlari, deyilishi bejiz emas.
Miya po'stlog'ining nerv tizimlariga, ular orqali ichki a'zolar faoliyatiga ta'sir
ko'rsatishida ichki a'zolarda interoretseptorlar tufayli uzluksiz po'stloqqa
bevosita kelib turadigan impulslar ahamiyatga ega. I.P.Pavlov o'z vaqtida
organizmda maxsus interoretseptor analizator bor, deb bekorga aytgan emas.
Hozir organizmda murakkab kortiko-visseral munosabatlar borligi isbotlangan.
Bu munosabatlarni po'stloq va pos'tloqosti tuzilmalarini bog'lab turuvchi yo'llar
ta'minlaydi. Visseral faoliyatlarga po'stloq nazoratini yetkazib turadigan
tolalarning bir qismi piramida yo'li tarkibida o'tgan.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish