Bo’yin t’oinik reflekslari.
Tajribani detserebratsiyalangan, labirintlari olib
tashlangan mushukda o’tkazamiz. Agar hayvonni to’rt oyog’iga qo’yib, boshini
tepaga ko’tarilsa, oldingi oyoqlarida yozuvchi muskullar tonusi, orqa oyoqlarida
esa bukuvchi muskullar tonusi oshadi. Hayvonning boshi pastga egilsa, qarama-
qarshi o’zgarishlar ro’y beradi: oldingi oyoqlarida bukuvchi muskullar, orqa
oyoqlarida esa yozuvchi muskullar tonusi oshadi (21-rasm). Agar mushukning
boshini chap yoki o’ng tomonga qaratib, gavda muvozanati o’zgartirilsa, bosh
burilgan tomondagi oyoqlarning yozuvchi muskullari tonusi oshadi. Bosh holati
qaysi tekislikda o’zgartirilmasin, muskullar tonusi bosh asli holiga kelmaguncha
o’zgarganicha qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |