Mavzu: Endokrin tizim fiziologiyasi
Asosiy savollar:
- Endokrin tizim va uning fiziologik vazifalarini bajarishdagi roli.
- Ichki sekretsiya bezlari fiziologiyasi
- Garmonlar. Gipofiz.
Endokrin tizim va uning fiziologik vazifalarini bajarishdagi roli. Endokrin bezlar asab tizimi bilan birgalikda organizm faoliyatini boshqarishda juda katta ahamiyatga ega. Endokrin tizimga: gipofiz. Jinsiy bezlar, buyrak osti bezining po’stloq qismi va magiz qismi, meda osti bezining Langregans oralchalaridagi hujayralar, qalqonsimon bez va qalqonsimon bez oldi bezlari, epifiz, xazm azolari shilliq pardasidagi inkretor hujayralar kiradi. Endokrin tizim garmonlar yordamida tasir qiladi. Garmon ishlab chiqaruvchi endokrin chiqarish yo’llari yo’q, sintezlangan moddalar to’g’ridan-to’g’ri qonga o’tadi.
Garmonlarning asosiy xususiyatlari. Gormonlarning o’ziga xos xususiyatlari kuyidagidan iborat: 1) har bir gormon muayyan iktisoslashgan bezda ishlab chiqariladi; 2) har bir gormon muayyan azo va faoliyatlarga tasir qilib, ularda o’ziga xos o’zgarishlar paydo qiladi; 3) juda katta biologik faollikga ega (1 mg adrenalin 10000 ajratib olingan baqa yuragini ishini tezlashtira oladi; 4) distant tasir qiladi; 5) hujayra membranalaridan o’tish qobiliyatiga ega; 6) nisbatan tez parchalanadi (yarim parchalanish vaqti bir necha soniyadan (peptid gormonlar) bir necha kunni (yodtironinlar) tashkil qiladi); 7) ko’pchilik gormonlarni turga oid maxsuslik hossalari yo’q; 8) faqat hujayralarda yoki ularning faol tuzilmalarda ro’y beruvchi jarayonlarga tasir qiladi.
Garmonlarning kimyoviy tuzulishi va tasir etish mexanizmi. Kimyoviy tuzili-shiga ko’ra gormonlar: aminlar, yodtironinlar, kichik peptidlar, oksillar, glikopro-teinlar va steroidlarga bo’linadi. Amin gormonlar guruhini dofamin, noradrenalin, adrenalin va melatonin tashkil qiladi. Yodtironinlar guruxi tiroksin va triyodtironindan iborat. Peptid gormonlar guruhiga antidiuretik gormon, oksitotsin, melanotsitlarni rag’batlantiruvchi gormon (MRG), tireotropin rilizing gormon (TRG), gonatropin – rilizing gormon (GRG), somatostatin, kortikotropin – rilizing gormon (KRG), somatokrinin va angiotinzinlar kiradi. Oqsil gormonlarga insulin, glikagon, o’sish gormoni, platsentar laktogen (PL), prolaktin, paratgormon, enkefalin, kaltsitonin, adrenokartikotrop gormon (AKTG), sekretin, xoletsistokinin, gastrin, medaning ingibirlovchi peptidi (MİP) kiradi. Glyukoproteid gormonlar guruxini follikulalarni rag’batlantiruvchi gormon va xorionik gonadotropinlar tashkil qiladi. Steroid gormonlarga glikokortikoidlar, estrogentlar, testosteron, progesteron va aldosteronlar kiradi.
Vazifasiga ko’ra gormonlari 3 turga bo’linadi: 1) nishon azolarga bevosita tasir qiluvchi gormonlar, yani effektor gormonlar; 2) effektor gormonlarining sintezi va ajralishini boshqaradigan gormonlar (glandotrop gormonlar); 3) gipotalamusning asab hujayralarida sintezlanuvchi va glandotrop gormonlarning ajralishini boshqaruvchi rilizing gormonlar va ingibitor gormonlar. Shu gormonlar sababli, endokrin tizim MAT bilan bog’lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |