Mavzu: Endokrin tizim fiziologiyasi Asosiy savollar



Download 27,43 Kb.
bet4/10
Sana08.04.2022
Hajmi27,43 Kb.
#537692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
№8 узб

Mineralokortinoidlarga aldosteron, kortikosteron, dezoksikortikosteron kiradi. Aldosteron buyrak naychalarida natriy va xlorning qayta so’rilishini oshirib, shu yo’l bilan qonda, va to’qimalararo suyuqlikda natriy xloridning miqdorini ko’paytiradi. So’lak, ter, ichak shirasi tarkibida ajraladigan natriy miqdorini kamaytiradi. qon va to’qimalarda natriyning ko’payishi, osmotik bosimni ko’taradi, natijada suv organizmda to’planib qoladi, qonning xajmi ko’payadi, arterial qon bosimi ortadi.
Atrial natriy uretik peptid gormon aldosteronga nisbatan qarama qarshi tasir ko’rsatadi. Nomidan ko’rinib turibdiki, bu modda yurak bo’lmalarida sintezlanib, siydik tarkibida natriy ajralishini ko’paytiradi. Bu gormon to’qima gormonlaridan biri.
Mineralokortikoidlar etishmovchiligida organizm natriyni ko’plab yo’qotishi sababli xalok bo’lishi mumkin. Buyrak usti bezi olib tashlangan organizmga aldosteron va natriy kiritilmasa u tez kunda xalok bo’ladi. Mineralokortikoidlarning bezdan qonga o’tishi organizmda natriy va kaliy miqdoriga bog’liq. Natriy miqdorining ko’payishi mineralokortikoidlar chiqarilishini tormozlaydi, natriy oz bo’lsa, gormonning qondagi miqdori ko’payadi. Kaliy ionlari qarama-qarshi tasirga ega. Mineralokortikoidlar, xususan aldesteron sekretsiyasi renin – angiotenzin orqali boshqariladi. Renin nefronlarning efferent tomirlari devorida uchraydigan yuksta-glomerulyar hujayralarda sintezlanadi. U qon plazmasidagi peptid angiotenzin I ga tasir qilib, undan angiotentiz II hosil qiladi. Angiotenzin II aldosteron sekretsiya-sini tezlashtiradigan eng kuchli modda. Renin-angiotenzin tizimi faolligining kuchayishi aldosteron miqdorini ko’paytiradi.
Buyrak usti bezlari po’stloq moddasining jinsiy gormonlari organizm rivojlanishini embrion davridayoq ishlab chiqarila boshlaydi va xomilaning o’g’il yoki qizligi bo’yicha shakllanishini idora qiladi.
Po’stloq moddasining turli sohasida tug’ma yoki orttirilgan o’sma paydo bo’lganda odamning jinsidan katiy nazar, erkak jinsiy gormonlari – androgenlarning sin-tezi tezlashadi. Natijada ayol genotipli bo’lgan bolalarda soxta germofroditizm (jinsiy azolar erkak jinsiy azolariga o’xshab ketadi, bachadon, tuxumdonlar, sut bezlari etarlicha rivojlanmaydi). Erkak genotipi bo’lgan bolalarda andorogenlarning ortiqcha-ligi bo’yning barvaqt o’sishiga, genitaliyning kattalashuviga, mayaklarning etilmay qolishiga, spermatogenez bo’lmasligi, ikkilamchi jinsiy belgilar, jinsiy mayl, erektsiya kabilarning kech paydo bo’lishiga olib keladi.
Katta yoshdagi ayollarda buyrak usti bezlari po’stloq moddasi faoliyatining buzilishi tasirida ovoz dag’allashadi, soqol-mo’ylov chiqadi, teri osti to’qimalarida yog’ kamayadi va boshqa ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo’ladi. Katta yoshdagi erkakda ayolga xos ikilamchi jinsiy belgilar (feminizatsiya xodisasi) paydo bo’ladi.
Buyrak usti bezining mag’iz qavatini tashkil qiluvchi hujayralar kaliy bixromat bilan yaxshi bo’yalganidan xromofin hujayralar deb ataladi. Xromofin hujayralar ikki xil bo’lib, biri adrenalin, ikkinchisi noradrenalin ishlab chiqaradi. Gormon sintezlovchi hujayralar SATning o’zgarib ketgan postganglionar neyronlaridir. Ularni SATning preganglionar tolalari bevosita nervlaydi. Xromofin hujayralar gavdaning boshqa qismlarida ham uchraydi. Ular simpatik asablar singari adrenalinga yaqin fiziologik faol modda ishlab chiqargani uchun simpatik-adrenalin tizimga kiritiladi.
YOshi ulug’ odamda buyrak usti bezini mag’iz qavatida ishlab chiqariladigan katexolaminlarning 70-90% ni adrenalin tashkil qiladi. SAT ning oxirlarida ajraluvchi katexolaminlarning asosiy qismini noradrenalin tashkil qiladi. Bu gormon bosh miyaning turli qismlarida ham sintezlanib mediator rolini bajaradi.

Download 27,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish