Divergensiya.
Periferik retseptorlar bilan bog’liq bo’lgan afferent neyron
aksoni orqa miyaga kirib shoxlanadi. Shu yo’l bbilan hosil bo’lgan kollaterallar
(yon shoxlar) ko'plab spinal neyronlar bilan bog'lanadi. Divergensiya tufayli
afferent ahborot bir vaqtning o'zida MNT ning ko'p qismlariga yrtib boradi.
Faqat afferent neyronning aksoni emas, oraliq neyronning aksonlari ham
kollaterellar hosil qiladi. Natijada qo'zg'alish yoki tormozlanish tarqaladigan yo'l
kengayadi (17-rasm). Bu jarayonlarning MNT da tarqalishi (irradiatsiyasi)
uchun asos yaratadi. Efferent yo'llar ham divergensiyaga uchraydi. Masalan,
bitta motoneyron aksoni 10-15 dan 1500-2000 gacha shoxchalar hosil qiladi va
shuncha miqdordagi muskul tolalarini nervlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |