kutubxonachi.uz
– Xalq xizmatida.
YouTube
|
Telegram
|
Telegram Bot
30
«Uni iloji boricha qattiq ushlash kerak. Tarang tortilgan chilvir doirani har safar toraytiraveradi.
Ehtimol, biror soatdan keyin u ko‘rinib ham qolar. Men uni avval o‘z kuchimga ishontirishim kerak,
keyin tushovlab olaman».
Biroq ikki soat o‘tibdi hamki, baliq hamon qayiq atrofida imillab aylangani aylangan edi. Chol qora
terga botgan, charchaganidan burni yerga tekkuday bo‘lgan edi. To‘g‘ri, baliq aylanayotgan doira
anchayin qisqarib qolgan, bundan tashqari, chilvirning suvga tushib borishidan baliqning borgan sari
yuqoriga ko‘tarilib kelayotganligi ko‘rinib turardi.
Bir soatdan beri cholning ko‘z o‘ngi qorong‘ilashib borar, sel bo‘lib oqqan ter ko‘zini ham, ko‘zi
ustidagi jarohatni ham, va yana manglayidagi boshqa bir yarani ham achishtirgandan achishtirardi. Ko‘z
o‘ngining qorong‘ilashib borayotgani uni qo‘rqitmas edi. Chilvirni shunchalik zo‘riqish bilan
tortayotgani oldida bu uncha-lik hayron qolarli ish emasdi. Lekin ikki safar unga jismi go‘yo sochilib
ketayotganday bo‘lib tuyuldi, bu esa uni hazilakam tashvishga solmay qo‘ymadi.
«Nahotki men povilg‘onilik qilib qo‘ysam va xudo bexabar bir baliq deb o‘lib ketsam?— o‘zo‘ziga
savol berardi u.— Kelib-kelib, hozir — hamma narsa ko‘n-gildagiday bo‘layotgan mahalda-ya. yo
rabbiy, o‘zing menga chidam ber! Men yuz bor, «Yo padar» bilan yana yuz bor «Bibi Maryam»ni
o‘qiganim bo‘lsin. Faqat hozir emas. Hozir o‘qiy olmayman».
«Hozircha ularni go‘yo o‘qiganday bo‘la qolay,— deb o‘yladi u.— Keyinroq o‘qib qo‘yaman».
Shu dam u ikki qo‘llab ushlab turgani chilvirga zarb tushayotgani, hamda siltanish ro‘y berganini
sezib qoldi. Siltov juda ham keskin va benihoya kuchli edi.
«U qarmoq ulangan simga qilich tumshug‘i bilan uryapti,— deb o‘yladi chol.— Xuddi o‘zi. Uning
shunday qilishi ham kerak edi. Biroq bu uni sakrab chiqishga majbur qilib qo‘yishi mumkin, men
bo‘lsam uning hozir aylana turgani ma’qul deb bilardim. Boya unga havo olish uchun yuzaga sakrab
chiqish kerak bo‘lgan edi, ammo endi har bir yangi sakrash qarmoq ilinib turgan joyni kengaytirib
qo‘yishi, oqibat natijada baliq qo‘ldan chiqishi mumkin».
— Baliq, sakramagin,— iltimos qilardi u.— O’tinaman, sakrama!
Baliq qayta-qayta simga zarb urar va har gal chol bosh chayqab, chilvir bo‘shatar edi.
«Men unga quyushqondan tashqari azob bermasligim kerak,— deb o‘ylardi u.— Mening dardim —
o‘zimda. Uni yengib o‘tishim mumkin. Ammo baliq og‘riqdan esi-ni yo‘qotib qo‘yishi hech gapmas».
Birmuncha muddatdan so‘ng baliq simga urishdan to‘xtadi va yana ohista aylana boshladi. Chol
maromi bilan chilvirni o‘ziga tortib yig‘ishtirardi. Ammo u yana o‘zini lohas seza boshladi. Chol dengiz
suvidan hovuchlab olib boshidan quydi. Keyin yana bir oz suv olib boshiga quygach, ensasini uqalab
qo‘ydi.
— Shukurki, hartugul tomir tortishmayapti,— dedi u.— Baliq tezda yuzaga chiqadi, men bo‘lsam
hali turib beraman. Sen turib berishing kerak, chol. Chidamim yetmaydi deb, hatto xayolingga ham
keltira ko‘rma.
U tizzalab o‘tirib oldi va omonatgina bo‘lsa ham chilvirni yana yelkasiga oldi. «Baliq aylanib
turguncha, men nafas rostlab olaman, keyin o‘rnimdan turaman-da, u yaqinlab kelishi bilan chilvirni
o‘zimga torta boshlayman».
Chol qayiq burnida turib ko‘proq dam olgisi, chilvirni o‘z holiga tashlab, ortiqcha bir aylanib chiqish
uchun baliqqa yo‘l qo‘yib bergisi kelardi. Ammo tor-tish maromidan baliqning burilib, yana qayiq
tomonga qaytayotganligi ma’lum bo‘lgan zamon chol o‘rnidan turdi va qo‘lga iloji boricha ko‘proq
chilvir kiritay deb, gavdasini dam u tomonga, dam bu tomonga o‘girgancha qulochlab chilvir torta
boshladi.
Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa)
Do'stlaringiz bilan baham: |