kutubxonachi.uz
– Xalq xizmatida.
YouTube
|
Telegram
|
Telegram Bot
31
«Shunday charchabmanki, umrim bino bo‘lib bunaqangi ahvolga tushmaganman,— deb o‘yladi
chol,— mana shamol ham kuchayib boryapti. Nafsilamrga baliqni uyga olib borayotganimda, bu shamol
asqatadi. Ha, juda, juda asqatadi bu shamol».
— U yangidan aylana boshlashi bilan men dam olaman,— dedi u.— O’zimni ham boyagidan ko‘ra
ancha yaxshi his qilyapman. O’ldim deganda, yana ikki-uch aylanishdan keyin baliq meniki
bo‘ladiqo‘yadi.
Uning poxol shlyapasi ensasiga surilib tushgan edi. Baliq oldinga qarab yana sudrab keta boshlashi
bilan chol butunlay holdan toyib, o‘zini qayiq burniga tashladi.
«Mana endi sen chigilingni yoz, baliq,— deb o‘yladi u.— Sen orqaga qaytding deguncha, men
ishimni boshlayman».
Dengiz bo‘ylab yirik dolg‘a sirpana boshladi. Ammo suvni ochiq havoning yo‘ldoshi bo‘lgan xayrli
shamol haydab kelmoqda edi. U cholning uyga yetib olishi-da hali ham mador, ham madad bo‘ladi.
— Qayiqni janub va g‘arbga tomon boshqarib boraman,— dedi u. — Vassalom. Dengizda ham
adashib bo‘larmishmi? Orolimizku, kichkina emas, cho‘zilgandan cho‘zilib ketgan.
Chol baliqni uchinchi aylanish vaqtida ko‘rdi.
Nazari avvalo qayig‘i ostidan hadesa bosh-keti ko‘rinmay cho‘zilib o‘tgan timqora soyaga tushdi.
O’z ko‘zlarining ko‘rganiga o‘zi ishonmay qoldi.
— Yo‘q,— dedi u.— Uning bunaqangi botmondaxsar bo‘lishi mutlaqo mumkin emas.
Ammo baliq chindan ham ulkan edi. Uchinchi aylanish oxirlab qolganida, u qayiqdan o‘ttiz yardcha
narida yuzaga suzib chiqdi. Uning quyrug‘i dengizdan qan-chalik ko‘tarilib chiqqanini chol o‘z ko‘zlari
bilan ko‘rdi. U eng katta o‘roqdai ham kattaroq bo‘lib, qoramtir-moviy suv betidan nimsafsar tusga
kirgandek ko‘rinardi. Baliq yana boshqatdan sho‘ng‘ib ketdi, ammo bu gal u qadar chuqur tushmadi.
Uning butun alp siyosat gavdasini chirmab olgan binafsha rang tasmalari cholga yapyaqqol ko‘rinib
turardi. Baliqning umurtqa qanoti shalpayib tushgan, juda ham ulkan ko‘krak suzg‘ichlari bo‘lsa keng
yoyilgan edi.
Baliq aylanar ekan, chol uning ko‘zlarini, shu ko‘zlar atrofida suzib yurgan ikki kul rang yelim
baliqni ko‘rdi. O’qtin-o‘qtin ular baliqning badaniga zu-lukdek yopishar, keyin jonholatda ura
qochishardi. Gohida esa yirik baliqning soyasida o‘ynoqlab suzishardi. Yelim baliqlardan har birining
bo‘yi uch futdan oshiqroq kelar edi. Ular suzayotganlarida xuddi ilon baliqqa o‘xshab, bor bo‘ylari bilan
bilanglab ketishardi.
Cholning yuzidan endi faqat quyosh taftidangina emas, azbaroyi zo‘riqqanlikdan ham ter reza-reza
bo‘lib oqardi. Ko‘rinishdan juda sokin va bamaylixotir doira yasayotgan baliqning har yangi aylanishida
chol borgan sari ko‘proq chilvir yig‘ib olar, yana ikki aylanishdan keyin baliq ko‘ksiga garpun urajagiga
endi u amin bo‘lib qolgan edi.
«Ammo men uni bundan ham yaqinroq olib kelishim kerak, ha, yaqinroq,— deb o‘ylardi u.—
Mo‘ljalga ham boshini olmasdan, naq yuragiga urish kerak».
«O’zingni bos, bardam bo‘l, chol»,— dedi u o‘ziga o‘zi.
Keyingi aylanish vaqtida baliqning sirti suv yuzasida ko‘rindi, ammo u hali ham qayiqdan ancha
narida suzib borardi. Baliq yana bir marta aylanib chiqdi, biroq suv betiga boyagidan ko‘ra sezilarliroq
chiqib qolgan bo‘lsa-da, hamon o‘sha-o‘sha qayiqdan ancha olisda edi. Chol chilvirni yana bir oz
tortqilab olganida, hozir baliqni naq bortning yonginasiga keltirib qo‘ygan bo‘lishini bilardi.
U garpunni allaqachon shay qilib qo‘ygan edi; ingichka tros o‘rami kajava savatda yotar, uning bir
uchi qayiq burnidagi ilgakka mahkamlangan edi.
Beqiyos vazmin va suluv bo‘lgan bu baliq doirasini yasab, ulkan quyrug‘ini bilinar-bilinmas
qimirlatib yaqinlashib kelardi. Chol uni qayiqqa mumkin qa-dar yaqinroq olib kelish uchun kuyibpishib
Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa)
Do'stlaringiz bilan baham: |