kutubxonachi.uz
– Xalq xizmatida.
YouTube
|
Telegram
|
Telegram Bot
45
— Okean poyonsiz, qayiq bo‘lsa zig‘irdakkina, uni topib bo‘larmidi,— dedi chol. U, o‘z-o‘zing va
yana dengizdan tashqari ham gaplashadngan biron odaming bo‘lsa qanday ajoyib bo‘lishini hozir
ichichidan sezdi.— Men seni rosa qo‘msadim,— dedi u.— Sen biron iarsa ushladingmi?
— Birinchi kuni bitta. Ikkinchi kuni yana bitta, uchinchi kuni bo‘lsa, ikkita katta baliq ushladik. —
Qoyil!
— Endi biz yana birgalashib ov qilamiz.
— Sirayam. Menda tole yo‘q. Ishim teskari ketyapti.
— E, qo‘ysang-chi, shu teskari-peskaringni!— dedi bola.— Men senga tole keltiraman.
— Ota-onang-chi, ular nima deyishadi?
— Ahamiyati yo‘q. Kecha men ikkita baliq ushlab berdim-ku. Ammo endi biz ikkovlashib baliqchilik
qilamiz, chunki, men hali juda ko‘p narsani o‘rganishim kerak.
— Zo‘r bir sanchqi topishga va dengizga doimo uni olib chiqishga to‘g‘ri keladi. Tig‘ini eski
«ford»ning ressoridan qilsa ham bo‘ladi. Guanabakoada charxlatib olamiz. U juda o‘tkir bo‘lishi kerak,
ammo sinib ketmasligi uchun toblanmagan bo‘lishi shart. Pichog‘im butunlay sinib ketdi.
— Men senga yangi pichoq topib beraman, ressorni ham o‘zim charxlataman. Yana necha kun kuchli
brissa
10
esib turadi?
— Ehtimol, uch kundir. Balki, undan ham ko‘proqdir.
— U paytgacha hamma narsa joyida bo‘ladi,— dedi bola.— Sen hozircha qo‘llaringni davosini
qilgin.
— Men ularni nima qilish kerakligini bilaman. Kechasi allaqanday g‘alati bir narsa tupurdim,
shundan menga, xuddi ko‘kragimda bir parsa yorilib ketganday bo‘lib tuyuldi.
— Buning ham davosini qil,— dedi bola.—Dam ol, qariya, men senga toza ko‘ylak keltiramai. Yana
ovqat-povqat deganday.
— Men yo‘qligimda chiqqan gazetalardan birontasini o‘zing bilan ola kelgin, xo‘pmi? — iltimos
qildi chol.
— Sen tezroq tuzalashing kerak, chunki men hali sendan juda ko‘p narsalarni o‘rganib olishim zarur,
sen bo‘lsang meni dunyodagi yetmish ikki hunarga o‘rgati-shnng mumkin. Senga juda ham og‘ir
bo‘ldimi?
— Juda,— dedi chol.
— Men ovqat va gazeta keltiraman. Sen dam ol, qariya. Aptekaga ham kirib o‘taman, qo‘llaringga
biron dori-darmon ola kelaman.
— Pedriko baliq boshini o‘ziga olsin, aytib qo‘y, yodingdan chiqmasin.
— Esimdan chiqmaydi, aytaman.
Bola kulbadan chiqib, eski toshloq yo‘ldan pastga tushib borayotganida yana yig‘ladi.
Shu kuni Terrasga bir gruppa turistlar kelgan edi, ulardan biri sharqdan esayotgan shamol ko‘rfazning
dahanasida haybatli to‘lqin shopirayottaniga qarab turib, pivodan bo‘shagan idishlar va o‘lib yotgan
meduzalar orasida sohilga urilayotgan to‘lqinlarda chayqala-chayqala yuksalib turgan, ulkan dumli uzun
oq umurtqani ko‘rib qoldi.
U hozir, endi yo‘lovchi to‘lqin surib ketuvchi axlatgina bo‘lib qolgan ulkan baliqning uzundanuzun
umurtqasini ko‘rsata turib, ofitsiantdan so‘radi:
— Nima balo ekan bu o‘zi?
— T iburon, — dedi ofitsiant.— Akulalar.— U so‘ragan ayolga bo‘lgan voqeann batafsil tushuntirib
berish niyatida edi.
10
Sohil shamoli (isp.).
Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa)
kutubxonachi.uz
– Xalq xizmatida.
YouTube
|
Telegram
|
Telegram Bot
46
— Ana xolos, shu paytgacha akulalarning mana bundaqa chiroyli, nafis qayrilgan dumlari bo‘lishini
bilmagan ekanman-a!
— Nimasini aytasan, men ham bilmasdpm, — qo‘shildi unga hamrohi.
Yuqorida, o‘z kulbasida, chol hamon uxlab yotardi. U yana muk tushib uxlar, bola esa yonida o‘tirib
unnng uyqusini ardoqlardi. Cholning tushiga arslonlar kirar edi.
1952.
Do'stlaringiz bilan baham: |