TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
FAKULTET VA GOSPITAL XIRURGIYA KAFEDRASI
«Tasdiqlayman»
Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor
professor Teshaev O.R.
_______________________
«27»avgust 2015yil.
Ma'ruza mavzusi:
O‘TKIR APPENDITSIT
Davolash fakultetlarining 4 kurs talabalari uchun
Toshkent - 2015
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
FAKULTET VA GOSPITAL XIRURGIYA KAFEDRASI
«TASDIQLAYMAN»
Davolash fakulteti dekani
professor P.S.Zufarov
________________________
«27»avgust 2015yil.
Ma'ruza mavzusi:
O‘TKIR APPENDITSIT
Davolash fakultetlarining 4 kurs talabalari uchun
SPK jarroxlik seksiyasi
majlisida ko’rilgan va
tasdiqlangan bayonnnoma
№ 1
«27»avgust 2015yil.
Toshkent - 2015
O’tkir appenditsit
O‘QITISH TEXNOLOGIYASI
Talabalar soni - 60-100
|
Davomiyligi – 90 minut
|
O‘quv mashguloti shakli
|
Ma'ruza - vizuallashtirish
|
Ma'ruza rejasi
|
1. O‘tkir appenditsit termini.
2. O‘tkir appenditsit klassifikatsiyasi.
3. O‘tkir appenditsit klinika, diagnostika, diff. diagnostika.
4. O‘tkir appenditsit davo prinsiplari.
|
O‘quv mashg’uloti maqsadi: O’tkir appenditsit semiotikasi bilan tanishtirish, diagnostika va davosini o‘rganish
|
O‘qituvchining vazifalari:
1. Talabalarga chuvalchangsimon o’simta anatomiyasini tushuntirish.
2. O’tkir appenditsit turli shakllari klinikasi va kechishi xaqida talabalar bilimlarini mustaxkamlash va chuqurlashtirish.
3. Qiyosiy tashxis o’tkazish qoidalarini tushuntirish.
4. O’tkir appenditsit bilan og’rigan bemorlarda davolash taktikasini tanlashda talabalarda mustaqil qabul qilingan yechimlarni shaklllantirish.
5. Talabalarni kasallikni oldini olish qoidalari bilan tanishtirish
|
O‘quv faoliyatining natijalari:
Talaba bilishi kerak:
1. Kasalligni etiologiya, patogenez va klinikani.
2.O‘tkir appenditsit diagnostikasini.
3. Differensial diagnostikani va simptomlarni aniqlish.
4. Xirurgik davo prinsiplarni tanlash.
|
O‘qitish usullari va texnikasi
|
Ma'ruza – vizuallashtirilgan, texnika: blits-so‘rov, yo‘naltirilgan savollar, “xa-yo‘k” texnikasi
|
O‘qitish vositalari
|
Lazer proektori, vizual materiallari, axborot ta'minoti
|
O‘qitish shakllari
|
Kollektiv
|
O‘qitish sharoitlari
|
Texnik o‘qitish vositalari bilan ishlashga moslashtirilgan auditoriya
|
MA'RUZA TEXNOLOGIK XARITASI
Muddat, bosqichlar
|
Faoliyat
|
o‘qituvchining
|
talabaning
|
1bosqich
Kirish
(5 min)
|
1. Maruza mavzuining nomi, maqsadi, rejalashtirilgan natijalari va o‘tkazish rejasi ma'lum qilinadi
|
1. Eshitadi.
|
2 bosqich
Bilimlarning dolzarbligi
(20 min)
|
2.1. Talabalar bilimlarini aktuallashtirish maqsadida yo’naltiruvchi savollvr beradi, anatomiya, normal va patologik fiziologiya xakida bilimlarni qaytaradi.
Blits so’rov o’tkazadi.
2.2. Slaydlarni ko’rsatadi va sharxlaydi
|
2.1. Savollarga javob beradi
2.2. Slaydlar tarkibini o’rganadi
|
3 bosqich
Axborot berish (55 min)
|
3.1. Rejadagi savollar bo’yicha ma'ruza materiallarini talabalrga yetkazadi, yo’naltiruvchi savollarga bosqichli javob berishda vizual materiallardan foydalanadi.
Mavzuni axamiyatli joylariga e'tibor qaratadi, yozib olishni taklif qiladi.
|
3.1. Berilgan materiallar tarkibini muxokama qiladi, aniqlashtiradi, savollar beradi.
Asosiy qismlarni yozib oladi.
|
4 bosqich
Yakuniy
(10 min)
|
4.1. Aniq klinik xolatlardan foydalanib materialni mustaxkamlash uchun savollar beradi.
4.2. Mustaqil tayyorlanish uchun vazifa beradi.
|
4.1. Savollarga javob beradi
4.2. Eshitadi, yozib oladi.
|
Ma'ruzani asoslash: Chuvalchangsimon o‘simtaning o‘tkir yallig’lanishi - o‘tkir appenditsit jarroxlik amaliyotida keng tarqalgan kasalliklardan biri xisoblanadi. MDXda yil mobaynida o‘tkir appenditsit tufayli 1 mln dan ortiq operatsiyalar qilinadi. Yurtimizda 1 yil mobaynida 500 mingdan dan ortiq bemor bu kasallik bo‘yicha shifoxonalarga yotqizilgan va ulardan 89% bemor appendektomiya operatsiyasini boshidan o‘tkazgan.
Operatsiyadan keyingi o‘lim darajasi Rossiyaning rivojlangan klinikalarida 0,2-0,3% ni, bizda esa o‘rta xisobda 0,2% ni tashkil qiladi. O‘lim ko‘rsatkichining asosiy sabablari: bemorlarning shifoxonaga yotqizilishidan oldingi davrdagi qo‘yilgan diagnostik xatolar, ba'zida shifoxonaga kech yotqizish sababli yo‘l qo‘yilgan asoratlardir.
Ma'ruza maqsadi: O’tkir appenditsit semiotikasi bilan tanishtirish, diagnostika va davostni o‘rgatish.
Ma'ruzaning tarbiyaviy maqsadi: Ma'ruza talabada mustaqil fikr yuritishga, o’z maqsadiga erishishda mexnatsevar bo’lishni, qat'iyyatlikni, javobgarlik xissini va shaxs sifatida shakllanishni rivojlantiradi. Davlat miqyosiga ega bulgan bu og’ir kasalliklarni davolash va profilaktikasida kelajakda vrach sifatida uning majburiyatlari va rolini shakllanishiga katta ta'sir ko’rsatadi.
Ma'ruza vazifasi: O’tkir appenditsit xaqida tushuncha berish, shu patologik xolat sabablari va rivojlanish mexanizmini tushuntirish, kasallik kechishi variantlari va klinik tavsif berish, boshqa kasalliklar bilan qiysiy tashxis o’tkazish, talabalarni bemorlarni tekshirish va davolashni zamonaviy va eng samarali usullari bilan tanishtirish.
Ko’rib chiqilishi lozim bulgan savollar vaqt ko’rsatkichlari bilan:
-
Motivatsiya, mavzuni asoslash - 5 daq.
-
Qisqa anatomo-fiziologik ma'lumotlar, tekshirish usullari - 20 daq
-
O’tkir appenditsit etiopatogenezi – 10 daq.
-
Klinik kechishi – 20 daq
-
Diagnostika va differensial diagnostika. - 10 daq
-
Davosi - 15 daq.
-
Kasallikni oldini olish - 10 daq
Qayta aloqani shakllantirish uchun auditoriyaga beriladigan savollar:
1. O‘tkir appenditsit nimaligini – terminologiya.
2. O‘tkir appenditsit klassifikatsiyasi.
3. O‘tkir appenditsit klinikasi, diagnostika va diff. diagnostika.
4. Xirurgik davo prinsiplari
5. Asoratlar va o‘lim.
Tarixi
Birinchi marta chuvalchangsimon o’simta xaqidagi ma'lumotlar 16 asrlarda Leonardo da Vinchi va Andreasa Vezaliya ishlarida uchraydi. Faqat u vaqtlarda kasallik o’ng yonbosh soxada mushaklar yallig’lanishi deb baxolangan («psoit») va konservativ usulda davolangan. Birinchi xaqiqiy appendektomiya 1735 yilda Londonda qirol jarroxi Claudius Amyand tomonidan 11 yoshli bolada bajarilan, bola to’lik tuzalib ketgan. 1838 yilda nemets vrachi va patologi Iogann Albert «tiflit» (paratiflit, peritiflit) terminini kiritgan. 1886 yilda g R.H.Fitz «o’tkir appenditsit» terminini birinchi bor qo’llab, eng yaxshi davo usuli operativ usul deb xulosaga kelgan. Klinik kechishini birinchi bo’lib 1889 yilda A. McBurney tariflagan va appenditsit simptomlaroidan biri uni nomi bilan nomlangan. 1884 yilda appendikulyar abssess bo’yicha birinchi operatsiya Angliyada (Fredrik Matouid) va tarkalgan peritonit bo’yicha Germaniyada (Rudolf Krenleyn) bajarilgan. Appendektomiyada ko’laniladigan o’ng yonbosh soxadagi qiyshiq kesma Mak Burney kesmasi deb nomlanadi, lekin birinchi bo’lib bu kesmani Makartur qp’llagan. Rossiyada appendikulyar abssess bo’yicha birinchi operatsiya 1988 yilda K.P. Dombrovskiy tomonidan bajarilgan. Lekin ular o’sha vaqtda asorat rivojlangincha kutib turishgan, faqatgina 1909 yildan appenditsitda yoppasiga jarroxlik taktikasiga o’tishgan. 1921 yilda 60 yoshli amerikalik xirurg Even Keyn o’zida appendektomiya amaliyotini muvafaqiyatli bajargan. 1961 yilda Antraktida, ekspeditsiyada yagona vrach bo’lgan xirurg L.I.Rogozov o’zida appendektomiya bajargan, o’shandan boshlab ekspeditsiya tarkibiga kamida 6 vrach kiritiladigan bo’lgan. O’tkir appenditsit uchrash chastotachi 1-3% dan ko’p emas. Appenditsit xama yoshda uchrashi mumkin, lekin emizikli bolalar va qariyalarda kam uchraydi, ko’proq uchrash yoshi 10 dan 30 gacha - bunda ayollar erkaklarga nisbatan 2 marta ko‘p kasallanadilar.
Ulug’ rus jarroxlaridan biri I.I. Grekov: “Chuvalchangsimon o‘simta yalliglanishi xameleonsimon kasallik, u kutgan joyda bo‘lmay kutilmagan xollarda kuzatiladi”,- deb ta'rif beradi. Appendektomiya, jarroxlik amaliyotida eng oson bajariladigan va shuning bilan birga eng murakkab amaliyotlaridan biri xisoblanadi.
Anatomik-fiziologik ma'lumotlar
Chuvalchangsimon o‘simta ko‘richakning orka-medial devoridan uzunasiga ketgan uchta mushaklar uchrashgan joydan chiqadi. U turli xolatni egallab, uzunligi 6-16 sm, diametri esa 5-9 mm bo‘lgan yopiq silindr shakliga ega bo‘ladi. Yoshi o‘tgan organizmda o‘simta kichrayadi, devorlari sklerotik o‘zgarishlarga uchraydi, natijada uning bo‘shlig’i torayib, xatto yo‘kolib ketishi kuzatiladi.
Chuvalchangsimon o‘simta odatda o‘ng yonbosh soxasida joylashib, korin bo‘shligida pastga va medial tomonga yo‘naladi, ba'zan esa kichik chanok soxasigacha tushishi mumkin. O‘simta ko‘richakdan medial va lateral yo‘nalishda yukoriga xam ko‘tarilishi mumkin, ba'zan esa o‘t pufagigacha yetadi. Aksariyat xollarda, chuvalchangsimon o‘simta ko‘richak orkasida va xatto retroperitoneal joylashgan bo‘ladi. Ba'zida, o‘simtani yukorida – jigar ostida, yoki pastda – kichik chanok bo‘shligida – joylashishi kuzatilishi mumkin. Ko‘pchilik xollarda ko‘richak parietal qorin parda bilan xar tomonlama o‘ralgan bo‘ladi, lekin ba'zi xolatlarda mezoperitoneal joylashgan bo‘lib, kam xarakatchang yoki umuman xarakatsiz xolda bo‘ladi. Ba'zida chuvalchangsimon o‘simtaning tug’ma bo‘lmaslik xollari xam uchraydi, lekin bu turdagi xodisalar kamdan kam xollarda bo‘ladi.
Chuvalchangsimon o‘simtaning retrotsekal joylashishi, 9-25 % xolatlarda kuzatiladi. Retrotsekal o‘simta joylashishining 3 turi farklanadi:
-
Qorin parda ichida joylashishi;
-
Qorin devori ichida joylashishi;
-
Qorin orti bo‘shligida joylashishi.
Retrotsekal joylashgan chuvalchangsimon o‘simta, ko‘pchilik xollarda uzun bo‘lib, o‘zining uch qismi bilan jigar, buyrak, 12 barmoqli ichak, umurtqa pogonasi, siydik nayi, tuxumdon, siydik pufagigacha borishi mumkin. Bunday xolatlarda yalliglanish jarayoni yuqoridagi sanab o‘tilgan a'zolarga o‘tib, o‘tkir appenditsit tashxisini aniqlashni mushkullashtiradi.
Embriogenez jarayonida ko‘richak epigastral soxadan o‘ng yonbosh soxasiga tushadi. Embrional rivojlanishdagi nuksonlar natijasida embrional ichak va chuvalchangsimon o‘simta jigar ostida bo‘lishi mumkin. Chuvalchangsimon o‘simtaning qon bilan ta'minlanishi appendikulyar arteriya (a. appendicula-ris) orqali amalga oshiriladi, u o‘z navbatida yonbosh-chambar arteriyadan boshlanadi. Kon yonbosh-chambar venaga qyiladigan appendikulyar vena bo‘ylab oqib ketadi.
Chuvalchangsimon o‘simta innervatsiyasi simpatik va parasimpatik nerv chigallari tomonidan amalga oshiriladi. Chuvalchangsimon o‘simtaning o‘zida limfoid to‘qima tutgan ko‘p sonli solitar follikulalar bo‘lib, bu to‘qima to‘sik faoliyatini bajaradi.
Bugungi kungacha, chuvalchangsimon o‘simtaning funksional xususiyatlari oxirigacha to‘lik o‘rganilmagan. Bu rudimentar, xech kanday vazifani bajarmaydigan a'zo, degan ba'zi olimlarni tushunchasi xozirgi kunda asossiz xisoblanadi.
Chuvalchangsimon o‘simta faoliyati:
-
Shillik qavatida ishlab chiqariladigan suyuqlik tarkibida amilaza va lipaza bo‘lib, ovqat xazm qilish jarayonida ishtirok etadi.
-
Tarkibida ko‘p mikdorda limfatik follikulalar bo‘lib, ximoya vazi-fasini bajaradi.
-
Tarkibida peristaltikani kuchaytiradigan gormon bo‘lib, chuval-changsimon o‘simta xolati reflektor ravishda me'da, 12 barmokli ichak va boshka a'zolarga ta'sir kiladi.
Demak, yukoridagilarga asoslangan xolda quyidagi xulosa kelib chiqadi: chuvalchangsimon o‘simta inson organizmida ma'lum vazifani bajaruvchi zarur a'zolardan biri bo‘lib, fakatgina patologik o‘zgarishlar mavjud bo‘lgandagina uni olib tashlash to‘gri bo‘ladi.
Etiologiyasi va patogenezi.
O‘tkir appenditsit – chuvalchangsimon o‘simtaning nospetsifik yalligla-nishi bo‘lib, inson organizmi va bakteriyalar orasidagi bo‘lgan biologik mulokotni buzilishi natijasida kelib chikadi. O‘tkir appenditsitda infeksiya ko‘zgatuvchisi bo‘lib odatda stafilokokklar, ichak tayokchasi, aralash va anaerob flora xisoblanadi.
O‘tkir appenditsit kelib chikishida turli-tuman nazariyalar mavjud: dimlanish, askaridalar invaziyasi, angionevrotik, infeksion, kortiko-visseral, allergik, neyrogen va qon tomir nazariyalari. Qator xollarda organizmda boshqa lokalizatsiyali yallig’lanish o‘choqlari mavjud xolda, chuvalchangsimon o‘simtaning o‘tkir yallig’lanishi paydo bo‘ladi, bu xol uning limfoid to‘qimaga boyligi bilan bog’liq bo‘ladi. O‘tkir appenditsitning rivojlanishida ko‘proq ovqat yeyish, ovqatlar tarkibida ichak atoniyasiga va bijg’ish jaroyonlariga ta'sir ko‘rsatuvchi oqsilli maxsulotlarning ustunlik qilishi ma'lum axamiyatga ega bo‘ladi.
Ko‘pchilik olimlarning fikricha, yosh ulg’ayganda va keksalarda o‘tkir appenditsitga ko‘prok a. appendicularis trombozi sabab bo‘ladi. Go‘daklik yoshida esa, o‘tkir appenditsit gijja invaziyasi (ostritsalar) sababli vujudga kelishi extimoli bor.
Zamonaviy tushunchalarga ko‘ra, chuvalchangsimon o‘simta soxasidagi patologik jarayon sillik mushaklar va qon tomirlar spazmi xodisalaridan boshlanib, shillik parda oziqlanishining lokal buzilishiga va yallig’lanishga olib keladi. Ayni vaqtda, chuvalchangsimon o‘simtadagi dimlanish, undagi mikroflora virulentligining ortishiga olib keladi, bu esa mikroflorani chuvalchangsimon o‘simta bo‘shlig’iga osonlikcha kirishini ta'minlaydi. Shu vaqtdan boshlab yiringlash jarayoni boshlanadi.
Klassifikatsiyasi. Murakkab va turlicha klinik va patologoanatomik ko‘rinishga ega bo‘lgan kasallikni ma'lum bir tizimga solish anchagina mushkul xisoblanadi. Shuning uchun turli xil klassifikatsiyalar taklif etilgan bo‘lib, xozirgi kunda qo‘llaniladigan klassifikatsiyalar ichida V.I. Kolesov taklif etgan klassifikatsiya byuirmuncha qulay xisoblanadi.Quyida shu turlashni keltiramiz:
1. Appendikulyar sanchik (kolika).
2. Oddiy (yuzaki, kataral) appenditsit.
3. Destruktiv appenditsit:
a) flegmonoz;
b) gangrenoz;
v) gangrenoz-perforativ;
4. Asoratlangan appenditsit:
a) appendikulyar infiltrat;
b) appendikulyar abssess;
v) tarqalgan yiringli peritonit;
g) pileflebit (ichak tutqich venalari septik tromboflebiti);
d) sepsis.
Klinik manzarasi va diagnostikasi.
O‘tkir appenditsitning klinik manzarasi turli-tumanligi bilan ajralib turadi, bu xol kasallikning turigagina emas, balki chuvalchangsimon o‘simtaning joylanish xususiyatlariga xam bogliq bo‘ladi.
Odatdagi xollarda, kasallik o‘ng yonbosh soxasidagi o‘rtacha og’riq bilan boshlanadi, bu og’riq sekin-asta kuchaya boradi. Og’riqlar butun qorin bo‘ylab yoki kindik atrofida boshlanib, keyin o‘ng yonbosh soxasiga o‘tishi mumkin.Taxminan 30-35% bemorlarda og’riq epigastral soxasida boshlanib, 4-6 soat o‘tgach, o‘ng yonbosh soxasiga o‘tadi (Koxer - Volkovich simptomi). O‘tkir appenditsitda odatda og’riq doimiy, ba'zan esa tutib-tutib og’riydi, og’riq unchalik qattik bo‘lmaydi. Og’riqlar intensivligi yallig’lanish jarayonining tarqalganligiga bog’liq bo‘lmaydi. Og’riq, birdaniga o‘ng yonbosh soxasida boshlanib, so‘ng qorinning turli soxalariga tarqalishi mumkin. Bu xolat ko‘pincha, chuvalchangsimon o‘simtaning qaerga joylashganligiga bog’liq bo‘ladi. Chuvalchangsimon o‘simtaning retrotsekal joylashishida og’riqlar bel, tashqi jinsiy a'zolar soxasiga uzatilib, buyrak sanchig’i klinikasini beradi. Chuvalchangsimon o‘simta yuqori joylashishida, xoletsistit yoki pankreatit belgilarining ba'zilari kuzatiladi.
Ko‘pchilik bemorlarda, og’riq o‘ng yonbosh soxasidan o‘ng oyoqqa uzatiladi. Og’riq ko‘ngil aynishi yoki 1 - 2 marta qayt qilish, tana xaroratining 38-39°S gacha ko‘tarilishi bilan o‘tadi. Bemor qayt qilganida, ba'zi xirurgik kasalliklaridagi kabi qusgandan so‘ng yengillik sezmaydi va bu belgi o‘tkir appenditsitga xos bo‘lgan belgilardan xisoblanadi.
Qorinni paypaslab ko‘rilganda, o‘ng yonbosh soxasida mushaklarning taranglashishi yoki rigidligi va og’riq belgisi aniqlanadi. Paypaslashni sog taraf - chap yonbosh soxasidan boshlab, asta-sekin o‘ng yonboshga o‘tish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Qorinni umumiy tekshiruvidan so‘ng maxsus tekshiruvga o‘tiladi, o‘tkir appenditsit uchun xos bo‘lgan belgilarni aniqlash lozim bo‘ladi. Bugungi kunda, o‘tkir appenditsitda uchrashi mumkin bo‘lgan 100 dan ortiq belgilarga ta'rif berilgan. Biroq, ularning quyidagi yettitasini aniqlash, ko‘pincha to‘liq tashxis qo‘yish uchun yetarli xisoblanadi:
-
Shchetkin – Blyumberg belgisi;
-
Voskresenskiy (“ko‘ylak sirpanishi”) belgisi;
-
Obrazsov belgisi;
-
Sitkovskiy belgisi;
-
Bartome-Mixelson belgisi;
-
Rovzing belgisi;
-
Ivanov belgisi.
O‘tkir appenditsitning destruktiv turlarida mushaklar taranglashuvidan tashqari qorin pardasining ta'sirlanish simptomi, Shchetkin-Blyumberg simptomini aniqlash mumkin: o‘ng qo‘l barmoqlari bilan qorin devori bosib turib, birdan keskin ravishda qo‘l tortib olinganda og’iq kuchayadi. Og’riq yallig’langan qorin pardalarning bir-biriga tegishi yoki silkinishi natijasida paydo bo‘ladi.
Ko‘ylak sirpanishi belgisi faqat o‘tkir appenditsit uchun xos bo‘lgan belgi xisoblanadi. Bu belgi 1940 yil, V.M. Voskresenskiy tomonidan taklif etilgan. Bemor ko‘ylagi bilan qorin devori yopiladi, so‘ng o‘ng qo‘l barmoqlari uchi bilan o‘ng yonbosh soxasidan chapga yuzaki va keskin o‘tkazilsa, og’riq kuchayadi (Voskresenskiy simptomi, “ko‘ylak sirpanishi”).
O‘tkir appenditsitda qorin old devori, o‘ng tomoni soxasi mushaklarining taranglashishi kuzatiladi. Bunda, kindik va yonbosh suyagining oldingi yuqori o‘simtasi orasidagi masofa kichrayishi kuzatiladi. Bu belgi, Ivanov belgisi deyiladi.
Obrazsov belgisi – bemor yuqoriga qarab yotgan xolatda, o‘ng yonbosh soxasida eng og’riqli nuqta topiladi. Shu soxada qo‘l barmoqlari ushlab turgan xolatda, bemorni o‘ng oyog’ini, bukmagan xolatda 90º ga ko‘tarish iltimos qilinadi. Bunda, og’riqning kuchayishi kuzatiladi. Oyoq tushirilganda og’riq kamayadi. Ayniqsa, chuvalchangsimon o‘simta retrotsekal joylashganida Obrazsov belgisi xos belgi xisoblanadi.
Bemor chalqancha (yuqoriga qarab) yotgan xolatdan chap yonbosh soxasiga o‘tganda, o‘ng yonbosh soxasida og’riqlarning paydo bo‘lishi yoki kuchayishi kuzatiladi, bunday xolat Sitkovskiy belgisiga xos. Quyidagi belgi, ko‘richak va chuvalchangsimon o‘simta tutqichini cho‘zilishi natijasida og’riq paydo bo‘lishi yoki kuchayishiga asoslangan.
Bartome-Mixelson belgisi. Ko‘pchilik bemorlarda, chap yonbosh soxasida yotgan xolatda, o‘ng yonbosh soxasini palpatsiya qilganda og’riqlarning kuchayishi kuzatiladi.
Rovzing belgisi - chap yonbosh soxasini bir qo‘l bilan bosib turib, ikkinchi qo‘l bilan yengil yuqoriga qarab to‘lqinsimon xarakat qilinganda, o‘ng yonbosh soxasida og’riq (yo‘gon ichak ichidagi gaz xarakati natijasida) paydo bo‘lishi, bu belgining musbatligidan darak beradi.
O‘tkir appenditsit kasalligi bo‘lgan bemorni fizikal tekshirishda rektal va vaginal tekshirishning katta axamiyati bor, bunda aksariyat to‘gri ichak-bachadon chukurchasi (Duglas kengligi) soxasida og’riq aniqlanib, bu yallig’langan chuvalchangsimon o‘simtaning yaqin joylashganidan yoki u yerda ekssudat yig’ilgandan dalolat beradi. Bu tekshiruv usullari quyidagi xolatlardan darak beradi:
-
chuvalchangsimon o‘simta kichik chanoqda joylashuvini aniqlash uchun;
-
kichik chanoq infiltratlarini aniqlash uchun;
-
o‘tkir appenditsitni, ayollar jinsiy a'zolari patologiyasidan differensial diagnostika qilish uchun.
O‘tkir appenditsit diagnostkasida siydik va qon taxlillari muxim xisoblanadi. Diagnoz qo‘yishda qon tarkibi laboratoriya tekshiruvi – yuqori leykotsitoz: 10x109 – 18x109 l (10 000 – 18 000) gacha ortishi, leykotsitar formulaning chapga surilishi, EChT ning oshishi kabi o‘zgarishlar paydo bo‘ladi va tashxis qo‘yishda yordam berishi mumkin. Kasallikning ayniqsa destruktiv turlarida ILI (intoksikatsiyaning leykotsitar indeksi) oshishiga axamiyat beriladi.
Ba'zan esa (areaktiv xolatlarda), o‘tkir appenditsitning destruktiv turlarida xam laborator taxlillarda o‘zgarishlar minimal bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, tashxis qo‘yishda va amaliyotga ko‘rsatma bo‘lib, faqatgina qon va siydik taxlillaridagi o‘zgarishlar asos bo‘la olmaydi.
Differensial diagnostika. O‘tkir appenditsit kasalligining differensial diagnostikasida barcha kasalliklarni 5 guruxga bo‘linadi:
-
Qorin bo‘shlig’i a'zolarining o‘tkir kasalliklari bilan: me'da va 12 barmoqli ichak yarasi kasalligi xuruji yoki asoratlari; o‘tkir xoletsistitning ba'zi turlari, o‘tkir pankreatit, o‘tkir enterit, terminal ileit (Kron kasalligi), kolit, gastrit, o‘tkir ichak tutilishi, o‘tkir toksikoinfeksiyalar, tifoparatifoz infeksiya, Mekkel divertikulining yallig’lanishi, gemorragik kapillyarotoksikoz (Shenleyn-Genox kasalligi) va boshqalar.
-
Kichik chanoq bo‘shlig’i a'zolari kasalliklari bilan: ayollar jinsiy a'zolarining o‘tkir, xuruj qilgan surunkali yalliglanishlari va asoratlari, bachadondan tashqari xomiladorlik, ayollar jinsiy a'zolarining xavfsiz va xavfli o‘smalari va boshqalar.
-
Qorin orti qismida joylashgan a'zolar kasalliklari bilan – buyrak sanchig’i, o‘tkir va surunkali pielonefrit, siydik-tosh kasalligi, sistit, o‘tkir, surunkali glomerulonefrit va boshqalar.
-
Plevra bo‘shlig’i a'zolari kasalliklari bilan – o‘ng tomonlama eksudativ plevrit va pnevmoniyaning ba'zi turlari, o‘pka tuberkulezi va boshqalar.
-
Yurak va qon tomir kasalliklari bilan – yurak miokardi infarktining abdominal turi va boshqalar.
O‘tkir appenditsitning atipik kechishi.
Yallig’lanishga uchragan chuvalchangsimon o‘simta retrotsekal joylashganda o‘tkir appenditsit kasalligi, aksariyat xollarda tipik (xos) klinik manzarasi anik yuzaga chiqqan xolda o‘tadi. Og’riqlar odatda, o‘ng yonbosh soxasida paydo bo‘lib, keyinchalik o‘ng chov soxasiga va son soxasiga irradiatsiya qiladi (beradi). O‘simtaning ko‘richak orqasida joylashganligi xisobiga bemorlarda mushak taranglanishi belgisi, xatto gangrenoz o‘simtada xam umuman namoyon bo‘lmaydi. Pti uchburchagida og’riq qayd qilinadi. Pasternatskiy simptomi musbat bo‘lishi mumkin. Yallig’lanish jarayoniga qorin orqasidagi kletchatkaning tortilishi oqibatida siydikda ko‘pincha eritrotsitlar topiladi va dizurik xodisalar bilan o‘tishi mumkin. O‘ng oyoqning bukilgan kontrakturasi kabi belgilar bilan o‘tadi va oyoq yozilganda Pti uchburchagi soxasida og’riq qayd qilinadi (Koup simptomi).
Chuvalchangsimon o‘simta chanoqda joylashganda xam o‘tkir appenditsit klinik manzarasi atipik xolatda o‘tadi. Odatda, og’riq unchalik ifodalanmagan, asosan qov ustida bo‘ladi, dizurik xodisalar bilan o‘tadi. Aksariyat xollarda, ich ketish, tenezmlar kuzatiladi, mushaklarning ximoya taranglanishi xam ba'zan ifodalangan bo‘ladi. Chuvalchangsimon o‘simta kichik chanoqda joylashganda rektal va vaginal tekshirish Duglas kengligida og’riq va infiltratni aniqlashga yordam berib, o‘tkir appenditsit diagnostikasida katta axamiyatga ega bo‘ladi.
Chaqaloqlar xayotining birinchi yillarida o‘tkir appenditsit kasalligi kamdan kam xollarda uchraydi va uning yuzaga kelishida quyidagi faktorlar sabab bo‘ladi:
-
Ko‘richak va chuvalchangsimon o‘simta shaklining konussimon bo‘lishi va uning tarkibidagi moddalar evakuatsiyasini tezlashishi;
-
O‘simta limfoid apparatining yaxshi rivojlanmaganligi;
-
Ovqatlanish xususiyatlariga ko‘ra (odatda bu yoshda bolalar dagal ozuqa iste'mol qilmaydi).
Biroq, o‘tkir appenditsit kasalligi yosh bolalarning barcha yoshida kuzatilishi mumkin. Bolalik yoshida o‘tkir appenditsit kasalligining kechishi, ular chuvalchangsimon o‘simtasida destruktiv jaroyonlarning tez va shiddat Bilan rivojlanishidan ko‘pincha peritonit asorati kelib chiqadi. Klinik manzarasida esa, asosan quyidagi simptomlar: o‘qtin-o‘qtin og’riq bo‘lishi, ko‘p marta ayt qilish, ich ketish ustunlik qiladi. Tana xarorati ko‘pincha yuqori (39-40°S) darajalarga ko‘tariladi va og’ir intoksikatsiya belgilari bilan ifodalangan bo‘ladi. Kasallik ko‘pincha shiddat bilan kechadi, ba'zan esa o‘tkir zaxarlanish yoki o‘tkir gastroenterit klinik manzarasiga o‘xshab ketadi.
Keksalarda chuvalchangsimon o‘simta, odatda atrofiyaga yoki sklerotik o‘zgarishlarga uchraydi, uning xajmi kichrayadi, limfoid apparatining xususiyatlari yo‘qoladi. Bunga keksa bemorlarda bo‘ladigan areaktiv xolat xam inobatga olinsa, ularda o‘tkir appenditsit kasalligi klinik kechuvining birmuncha sust o‘tishi tushunarli bo‘ladi. Keksa bemorlarni qorindagi og’riq kamroq bezovta qiladi, mushaklarning ximoya taranglashuvi belgisi deyarli bo‘lmaydi, qorin pardasining ta'sirlanishi sust yuzaga chiqadi yoki umuman bo‘lmaydi, ba'zan gangrenoz appenditsitda xam aniqlanmaydi. Tana xarorati normal yoki subfebril. Leykotsitlar miqdori oz darajada oshgan, leykotsitar formulaning chapga surilishi xam kam sezilarli darajada qayd etiladi.
Demak, yoshi ulug’ va keksa bemorlarda o‘tkir appenditsit anchagina farq bilan o‘tadi va chuvalchangsimon o‘simta tomirlarining sklerozi natijasida, uning destruksiyasi birmuncha tezroq rivojlanadi. Bemorlar ko‘pincha klinikaga kechikkan muddatlarda, asoratlar rivojlanib bo‘lgandan keyingina keltiriladilar.
Xomilador ayollarda o‘tkir appenditsit kasalligining klinik kechuvi xomiladorlikning birinchi yarmi mobaynida odatdagi (tipik) kechuvdan deyarli farq qilmaydi. Xomiladorlikning ikkinchi yarmida esa, xomilasi bor bachadonning kattalashgani, yuqori va yon taraflanga kengayganligi xisobiga, umuman qorin bo‘shligi a'zolarining, jumladan ko‘richak va chuvalchangsimon o‘simtaning yuqoriga surilishi kuzatiladi va shu sababli kasallikning klinik kechishi anchayin o‘zgaradi. Og’riqlar o‘ng yonbosh soxasidan yuqoriroqda joylashgan bo‘lishi mumkin. Bachadon kattalashganligi sababli Sitkovskiy, Bartome-Mixelson, Rovzing simptomlari yaxshi aniqlanmasligi yoki manfiy bo‘lishi mumkin. Aksariyat xomilador ayolarda o‘tkir appenditsit kasalligi tez va shiddat bilan rivojlanib, odatdagidan ilgarirok asoratlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli, xomilador ayollarda o‘tkir appenditsit kasalligi belgilari qayd etilganda, barvaqtroq jarroxlik amaliyotini o‘tkazish zarur bo‘ladi. Albatta, bu bemorlar amaliyot jaroyonida va undan keyingi davrda ginekolog nazoratida bo‘lib, xomilani saqlab qolish (xavf solayotgan bola tashlash) uchun barcha chora-tadbirlar qo‘llanilishi lozim bo‘ladi.
Davolash.
Jarroxlik amaliyoti (operatsiya) ga o‘tkir appenditsit diagnozini qo‘yish ko‘rsatma bo‘lib xisoblanadi, appendektomiya operatsiyasi oshig’ich tartibda o‘tkaziladi. O‘tkir appenditsitning asorati - appendikulyar infiltrat birdan-bir monelik qiladigan xol xisoblanadi, ya'ni operatsiya qilinmay, muolaja qilinadi. O‘tkir appenditsitning asoratlanmagan turlarini operatsiya qilishda odatda maxalliy ogriqsizlantirish (A.V.Vishnevskiy usuli bo‘yicha infiltratsion anesteziya)dan, asoratlangan turlarida esa miorelaksantlar yordamida umumiy endoraxeal narkoz yoki og’riqsizlantirishning vena orqali yoki boshqa turlaridan foydalaniladi.
O‘tkir appenditsitda yallig’langan chuvalchangsimon o‘simtani olib tashlash operatsiyasi uchun qulay kesma, ko‘pchilik jarroxlar tomonidan tan olingan Mak-Burney yoki Dyakonov-Volkovich kesmasi xisoblanadi. Bu kesma, o‘ng yonbosh soxasida kindik va yonbosh suyagining tashqi yuza o‘simtasi orasidagi o‘tkazilgan chizik 3 qismga bo‘linib, uning pastki 1/3 qismiga perpendikulyar, ikki tomoni baravar kesma qilinadi. Qorin bo‘shlig’i ochilgach, ko‘richak gumbazi chuvalchangsimon o‘simta bilan birga jaroxat soxasiga chiqariladi. Yallig’langan chuvalchangsimon o‘simtanining charvisi (tarkibidagi o‘simta arteriyasi bilan) qirqiladi va chok qo‘yib boglanadi. Chuvalchangsimon o‘simta asosidan boglanib, qirqiladi. Uning cho‘ltog’iga esa kiset va Z-simon choklar qo‘yish orqali tubiga cho‘ktiriladi. Gemostazga sinchiklab tekshirilgach, jaroxatga qavatma-qavat choklar qo‘yiladi. Appendikulyar etiologiyali tarqalgan yiringli peritonit asorati yuzaga kelganda, uni davolashning umumiy qoidalari bo‘yicha taktika qo‘llaniladi: avvalo peritonit manbai bartaraf etiladi (appendektomiya), keyin qorin bo‘shligi yaxshilab tozalanadi (sanatsiya) va antiseptik eritmalar bilan yuviladi (lavaj) va operatsiyadan keyingi davrda qorin bo‘shligini muntazam yuvish imkoniyatini beruvchi usul bo‘yicha drenajlar qo‘yiladi. Shu jumladan, ichak parezini oldini olish maqsadida ingichka ichak tutqichining blokadasi (novokain yuborish) va ichak dekompressiyasi o‘tqazish uchun ingichka ichakni transnazal intubatsiya qilish qo‘llaniladi.
Operatsiyadan keyingi davrda bemorlarda gomeostazning buzilishlarini korreksiya qilishga qaratilgan kompleks muolaja o‘tkaziladi, antibakterial muolaja, peritoneal dializ yoki lavaj, ichak dekompressiyasi va ko‘rsatmalar bo‘yicha enteral zond orqali bilan ozuqalantirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kasallik o‘tkir peritonitning tarqalgan turlari bilan asoratlanganda, to‘lik taftish qilishga imkon beradigan o‘rta-o‘rta laparotomiya kesmasi qo‘llaniladi.
Xozirgi kun jarroxlik amaliyotiga, yangi texnologiyalar: tejamkor va kam invaziv usul kamda uslublar shiddat bilan kirib kelmoqda, ularga aloxida axamiyat berilmoqda. Jarroxlik amaliyotida ularni qo‘llash, nafaqat operatsiyalar jaroyonida yuzaga keladigan jaroxat darajasini kamaytirishga, bu bilan birga uning samaradorligini oshirishga va asoratlar sonini keskin kamaytirishga olib keladi. Shuning uchun, ushbu kasallikda, bugungi kunda tobora keng qo‘llanilayotgan usul – laparoskopik appendektomiyaga to‘xtalib o‘tamiz (rasm 3).
Laparoskopik appendektomiyani bajarish uchun, kindik va uning atrofini punksiya qilib, qorin bo‘shligiga SO2 gazi yuborin orqali pnevmoperitoneum vujudga keltiriladi. Maxsus troakarlar orqali qorin bo‘shligiga mujazgina videokamera va endoxirurgik asboblar kiritilib, chuvalchangsimon o‘simta olib tashlash jarroxlik amaliyoti bajariladi.
ADABIYOTLAR
I. Основная:
1. Хирургик касаликлар. Ш.И.Каримов, Тошкент, 2005.
2. Хирургические болезни. Ш.И. Каримов, Ташкент, 2005.
3. Chirurgik kasalliklar. Sh.I. Karimov. Toshkent, 2011.
4. Хирургик касаликлар. Ш.И.Каримов, Н.Х.Шамирзаев, Тошкент, 1995.
5. Хирургические болезни. Под ред.М.И.Кузина., Медицина, 2002.
6. Методическое пособие по госпитальной хирургии. Назыров Ф.Г. с соав.Ташкент 2004г.
7. Клиническая хирургия. Под ред. Панцырева Ю.М. М. «Медицина», 1988
8. Воробьев А. Справочник практического врача в 3х томах. 1990
9. Конден Р., Нейхус Л. Клиническая хирургия. Москва. Практика 1998
10. Назиров Ф.Г., Денисов И.И., Улугбеков Э.Г. Справочник-путеводитель практикующего врача. Москва, 2000.
11. Петровский Б.В. ред. Руководство по хирургии (в 12 томах) М. Медицина 1959-1966.
II. Дополнительная:
12. Савельев В.С. 50 лекции по хирургии. Москва 2004.
13. Диагностический справочник хирурга – Астафуров В.Н. 2003.
14. Лапароскопическая и торакоскопическая хирургия – Константин Франтзайдес. 2000.
15. Здравый смысл в неотложной абдоминальной хирургии – Моше Шайн.2003г
16. Неотложная абдоминальная хирургия – Майстренко Н.А.2002г
17. Абдоминальная хирургия – Григорян Р.А. В 2-х томах.2006г.
18. Адреса в Интернете по теме лекции: www.rmj.net, www.consilium-medicum.com, www.mediasphera.ru, www.laparoscopy.ru, www.ehpb.com, www. medmore.ru, www.gastroportal.ru, www.medilexicom.com, www.encicloperdia.com, www. omoc.su.
Do'stlaringiz bilan baham: |