IS-LM MODELI
Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga erishish shartlari va
makroiqtisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga taʼsirini
umumlashtirib tadqiq qilish IS - LM modeli yordamida bajariladi.
IS-LM modeli birinchi marta 1937-yilda J.Xiks tomonidan
keynsning makroiqtisodiy konsepsiyasini izohlash uchun taklif etildi
hamda 1949- yilda A. Xansenning ―Monetar nazariya va fiskal siyosat‖
nomli kitobi nashr qilinganidan soʻng keng yoyildi. Shu sababli bu
model Xiks modeli yoki Xiks-Xansen modeli deb ham yuritiladi. IS -
LM modeli qisqa muddatli davrga ham tovarlar ham pul bozorida
birgalikda muvozanat oʻrnatilishi mexanizmini xarakterlaydi. Bunda
tovarlar bozori deganda ham isteʼmol ham investitsion tovarlar bozori
tushuniladi. Garchand isteʼmol va investitsion tovarlarga talab turli
omillar bilan belgilansada IS - LM modelida ular bir butun deb qaraladi.
Pul bozori deganda xazina veksellari va tijorat qogʻozlari koʻrinishidagi
qisqa muddatli kredit vositalarini oldi-sotdi mexanizmi tushuniladi. Bu
bozorni obligatsiyalar bozoridan farqlash zarur. Pulning obligatsiyalarda
ifodalangan nisbiy bahosi obligatsiyalar boʻyicha foiz stavkasidir.
IS - LM modeli (investitsiyalar-jamgʻarmalar, likvidlilikni afzal
koʻrish – pul) – yalpi talab funksiyasini belgilovchi iqtisodiy omillarni
aniqlash imkonini beruvchi tovar-pul muvozanati modeli‖*
. AD-AS
modelida tovar va pul bozorlarining aloqasi eʼtiborga olingan edi. Yaʼni
tovarlar va hizmatlar baholarining koʻtarilishi pulga boʻlgan talabni
oshirishi bu esa oʻz navbatida foiz stavkasining koʻtarilishiga olib kelishi,
oqibatda investitsiya xarajatlari va umuman yalpi xarajatlar kamayishi
AD-AS modelida koʻzda tutilgan edi. IS-LM modeli AD-AS modelini qisqa muddatli davrga aniqlashtiradi va bu modelda har ikkala bozor
yagona makroiqtisodiy tizimning sektorlari sifatida namoyon boʻladi.
Model bu sektorlarda tarkib topgan sharoitlarga bogʻliq tarzda foiz
stavkasi R bilan daromad darajasi Y ning muvozanatli darajasini
belgilaydi.
Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va
narxlar darajalarining tebranishlarini hamda ular oʻzgarishining
oqibatlarini oʻrganish uchun asosiy model boʻlib hisoblanadi va boshqa
bir qancha modellar AD-AS modelining xususiy holi hisoblanadi. ADAS modeli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining turli variantlari
tasvirlab berilishi mumkin.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli yalpi talab – yalpi
taklif modelini qisqa muddatli makroiqtisodiy siyosat maqsadlarida
aniqlashtirgan boʻlib, uning xususiy holi hisoblanadi. Yalpi talab va
yalpi taklif modelidan farqli oʻlaroq bu modelda narxlar darajasi va ish
haqi oʻzgarmas miqdorlar hisoblanadi. Ayni shu sababga koʻra tovar
moddiy zaxiralarining oʻsishi qisqa muddatda makroiqtisodiy
muvozanatga erishishni belgilovchi omil boʻladi.
Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin boʻlgan
yoʻqotishlarning oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan
faol davlat siyosati zarur. Shuning uchun ham Keynsning iqtisodiy
nazariyasini koʻp hollarda jami talab nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab
komponentlari, ayniqsa investitsiyalarning oʻzgarishi makroiqtisodiy
beqarorlik sabablaridan biridir.
Narxlarning muvozanatli darajasi deganda shunday narx darajasi
tushuniladiki, unda yalpi talab va taklif hajmi bir-biriga mos kelishi
yoki teng boʻlishi kerak.
IS egri chizigʻi bozordagi tovar va hizmatlar muvozanatini aks
ettiradi, LM esa bozorda real pul qoldiqlar muvozanatini aks ettiradi,
buning natijasida, qachonki narx darajasi belgilangandagina IS-LM
birgalikda foiz stavkasi va milliy daromad qisqa vaqt ichida ishga
tushirilishini aniqlaydi. Oʻz navbatida IS-LM modelining 2 muhim masalalarini tahlil qilish zarur. Birinchidan, milliy daromadning potensial oʻzgarishlar sababini koʻrib chiqmoq lozim. Biz milliy daromad oʻzgarishi salohiyati sabablarini nazada tutgan holda IS-LM modelining qanday ekzogen oʻzgaruvchan holatlari (davlat xaridi, soliqlar va pul taʼminoti) berilganda narx darajasining endogen oʻzgaruvchan (foiz stavkasi va milliy
daromad) taʼsirini koʻrishimiz mumkin. Shuningdek, tovarlar bozorida
(IS egri chizigʻi) va pul bozori (LM egri chizigʻi) boʻyicha turli qisqa
muddatlik foiz stavkasini va milliy daromadga qanday taʼsir qilishini
koʻrib chiqish kerak.
Ikkinchidan, IS-LM modelining jami talab va jami taklif modeli
bilan moslashishini koʻrib chiqish zarur. Shu jumladan, biz IS-LM
modelining jami talab yigʻindisini va oʻrnini tushuntirish nazariyasini
taʼminlab beramiz. Bu yerda biz oʻz taxminlarimizni susaytirishimiz va
belgilangan narxlar darajasini va IS-LM modelidagi narxlari darajasini va
milliy daromad oʻrtasidagi salbiy munosabatni nazarda tutgan holda
koʻrsatishimiz kerak. Model bizga yana jami talabning qanday yonalishda
kengayishini aytib berishi mumkin.
27.2. IS-LM modelining asosiy tenglamalari.
IS egri chizigʻi va LM egri chizigʻining kesishgan nuqtasi milli IS egri chizigʻi va LM egri chizigʻining kesishgan nuqtasi milliy
daromad darajasini belgilaydi. Agar bir egri chiziqda siljish roʻy bersa,
qisqa davr ichida iqtisodiyot muvozanati oʻzgarishi va milliy daromad
tebranishi vujudga keladi. Bu boʻlimda biz bu egri chiziqlarning
kesishishlari qanday siyosiy oʻzgarishlar va iqtisodiy shok holatiga olib
kelishini koʻrib chiqamiz. Qanday tarzda fiskal siyosat IS egri
chizigʻini siljitadi va qisqa davrda muvozanatni oʻzgartiradi?
Avvalambor, biz fiskal siyosat oʻzgarishlari (davlat xaridlari va
soliqlar) qanday qilib qisqa muddat ichida iqtisodiyot muvozanatini
oʻzgartirishi mumkinligini oʻrganishni boshlaymiz. Fiskal siyosat
oʻzgarishi rejalashtirilgan xarajatlarga taʼsir etishi mumkinligini va shu
bilan birga IS egri shizigʻining siljitishga olib kelishini eslatib oʻtamiz.
Qanday qilib IS egri chizigʻining daromad va foiz stavkasiga taʼsir
qilishini IS-LM modeli koʻrsatib oʻtadi.
Soliqdagi oʻzgarishlar. IS-LM modelidagi soliqning oʻzgarishi,
soliqdagi oʻzgarishlar iqtisodiyotga oʻz taʼsirini koʻrsatganidek, davlat
xaridlarining oʻzgarishi, istisno tarzida soliqlar va isteʼmol xarajatlariga
taʼsir etadi. Misol uchun, koʻrib turganimizdek, ∆T soliqlarning
kamayishi isteʼmolchilarni koʻproq isteʼmol qilishlari uchun zamin
yaratadi va rejalashtirilgan xarajatlarning oshishiga sabab boʻladi. Keyns
xochidagi soliq koeffitsiyenti shuni koʻrsatadiki, ushbu oʻzgarishlar
daromad darajasini foiz stavkasini ∆T X MPC/(1-MPC) siyosatini
oʻzgartiradi. Shuning uchun 27.2-rasmda koʻrsatilganidek, IS egri
chizigʻi oʻng tomonga kengayib ogʻib tushgan. Iqtisodiyotda muvozanat
A nuqtadan B nuqtaga siljishi kuzatiladi. Soliqlarning pasayishi foiz
stavkalari va daromadning oʻsishiga olib keladi. Yani foiz stavkalarining
oʻsishi sababli investitsiyalar chiqib ketishi mumkin, Keyns xochiga
koʻra, IS-LM modelida daromadlar kam.
Monetar siyosat qanday qilib LM egri chizigʻini siljitadi va
qisqa davrda muvozanatni oʻzgartiradi?
Keling, endi monetar siyosatning taʼsirini koʻrib chiqaylik. Pul
taklifini oʻzgarishi daromadning har qanday darajasiga taʼsir etadi.
Shuningdek, pul bozoridagi muvozanat foiz stavkasi oʻzgarishiga olib
keladi va shu tariqa LM egri chizigʻi siljiydi.
Pul taʼminoti oʻsishini koʻrib chiqaylik. M ortishi real pul M/P
qoldiqlarini oʻsishiga olib keladi, narxlar darajasi P qisqa muddatda belgilanadi.
IS-LM (investitsiya - jamgʻarmalar, likvidlilikning afzalligi - pul)
modeli foiz stavkasi R bilan daromadlar Y ning bir vaqtning oʻzida har
ikkala bozorda muvozanatni taʼminlaydigan kombinatsiyalarini topish
imkonini beradi.
Modelning asosiy tenglamalari quyidagilar:
1. Y=C +I + G +Xn — asosiy makroiqtisodiy ayniyat;
2. C = a+b (Y-T) — isteʼmol funksiyasi, bu yerda T = Ta + tY;
3. I = e-dR — investitsiya funksiyasi;
4. Xn = d- mY - nR — sof investitsiya funksiyasi;
5. M/P =kY - hR — pulga talab funksiyasi.
IS-LM modelida koʻrilgan barcha tenglamalar bajarilsa
muvozanatga erishiladi.
Modelning endogen oʻzgaruvchilari Y, C, I, Xn va foiz stavkasi R.
Modelning ekzogen oʻzgaruvchilari G, Ms va chegaraviy soliq
stavkasi t.
a, b, c, d, m, n, k va h empirik koeffitsiyentlar boʻlib, musbat va
nisbatan barqarordir.
Y haqiqiy < Y potensial boʻlgan qisqa muddatli davrga muvozanat
koʻrib chiqilayotganda, modelda, baholar darajasi oʻzgarmas, foiz
stavkasi R va daromad Y oʻzgaruvchan deb olinadi.
Y haqiqiy = Y potensial boʻlgan, yaʼni toʻliq bandlik sharoitida
baholar darajasi R oʻzgaruvchan, Ms nominal kattalik va boshqa barcha
oʻzgaruvchilar real kattaliklardir.
IS-egri chizigʻi tovarlar hizmatlar bozorida foiz stavkasi R IS tenglamasini isteʼmol, investitsiya va sof eksport funksiyalari
tenglamalarini asosiy makroiqtisodiy ayniyatga qoʻyib, uni R va Y ga
nisbatan yechib topiladi.
R ga nisbatan topilgan IS tenglamasi:
a+ e + g 1-b (1-t) + m 1 b
R = ---------------- - ----------------------- Y + ------------ G - --------- Ta ,
d+n d +n d +n d+n
bu yerda T = Ta + t Y
Y ga nisbatan topilgan IS tenglamasi:
a + e + g 1 b d+n
Y = ----------------- - ------------- G - ----------------Ta - ----------------- R ,
1-b (1-t) + m 1-b (1-t) + m 1-b (1-t)+ m 1-b (1-t) + m
bu yerda T = Ta + t Y
(1-b (1-t) + m)/ (d+n) IS egri chizigʻining Y oʻqiga nisbatan
ogʻish burchagini koʻrsatadi va fiskal hamda pul kredit siyosati
samaradorligining nisbiy parametrlaridan biri hisoblanadi.
LM egri chizigʻi oʻzgarmas narxlar sharoitida pul vositalari
bozorida vujudga keladigan foiz stavkasi va daromadlar darajasi
oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni aks ettiradi. LM egri chizigʻining har bir
nuqtasida pulga talab Md pul taklifi Ms ga teng boʻladi (liquidity
Preferense = Money Supply). Pul bozorida bunday muvozanatga
daromad Y ning oshishi bilan foiz stavkasi R koʻtarilsagina erishiladi.
Maʼlumki, pulga talab miqdoriga foiz stavkasidan tashqari
daromadlar darajasi ham taʼsir koʻrsatadi. Daromadlar yuqori boʻlsa,
xarajatlar ham koʻp boʻladi. Bu esa, oʻz navbatida isteʼmol va boshqa
xarajatlar uchun pulga talabni oshishiga olib keladi. Shunday qilib,
daromadlar darajasining yuqoriroq boʻlishi pul talabini oshiradi.
Boshqacha aytganimizda, daromad va pulga talab dinamikasi oʻrtasida
toʻgʻri bogʻliqlik mavjud.
Pulga talab funksiyasini quyidagicha yozamiz:
M/R= f(R;U)
Pul bozori holatini belgilovchi koʻrsatkichlar oʻrtasidagi bunday
oʻzaro munosabatlarni 27.5, 27.6-rasmlarda tasvirlaymiz. 27.5-rasmdan
koʻrinib turibdiki, pulga boʻlgan talab, foiz stavkasi pasayishi bilan,
shuningdek, daromadlar koʻpayishi natijasida ham oshadi.
Daromadlarning oshishi natijasida pulga talab egri chizigʻi Md1 yuqori
surilib, Md2 holatini egallaydi va unda pul bozoridagi muvozanat
nuqtasi, r1 holatidan r 2 holatiga oʻtadi.
Shunday qilib, yuqoriroq daromad yuqoriroq foiz stavkasiga olib
keladi va buni LM egri chizigʻi aks ettiradi. U pul bozorida foiz stavkasi
va daromad oʻrtasidagi munosabatlarni koʻrgazmali tarzda ifodalaydi.
Daromad darajasi qancha baland boʻlsa, pulga boʻlgan talab shuncha
yuqori va shunga muvofiq muvozanatli foiz stavkasi ham shuncha yuqori boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |