kutubxonachi.uz
– Xalq xizmatida.
YouTube
|
Telegram
|
Telegram Bot
37
marta ham hech balo urgan emas, faqat bir safar cho‘milayotib elektr skatini bilmay bosib olganimda,
uni ilon chaqqanday bo‘lgan edi; o‘shanda oyog‘im tizzam-gacha akashak bo‘lib qolgan, og‘rig‘i ham
chidab bo‘lmaydigan og‘riq edi».
— Qo‘y, buni. Yaxshisi, boshqa biron yurakni xun qilmaydigan narsa haqida o‘ylagin, qariya,— dedi
u ovoz chiqarib.— Dam o‘tgan sayin uyga yaqinlashib qol-yapsan. Nimasini aytasan, qirq qadoq
go‘shtdan ayrilib qolganingdan beri suzish ham ancha osonlashib qoldi.
Oqimning qoq o‘rtasiga kirganidan keyin u o‘zining nimaga giriftor bo‘lishini juda ham yaxshi
bilardi. Ammo endi buning oldini olib bo‘lmasdi. Boshqa iloj qolmagan edi.
— Bekor aytibsan, hali buning iloji bor,— dedi u, — Pichog‘ingni eshkaklardan birining dastasnga
bog‘lab qo‘yishing mumkin.
U rumpelni qo‘ltig‘ida qisib turib, yelkan arqonini oyog‘i bilan bosib olgancha, aytgan ishini qildi.
— Ana bo‘lmasa,— dedi u.— Men chol bo‘lsam-da, odamning xo‘rligini keltirar darajada ojiz va
yaroqsiz emasman.
Sarin shamol esar, qayiq ham shitob bilan olg‘a borardi. Chol baliqning faqat old tomonigagina qarar,
qaragan sari ko‘nglida umid uchqunlari uyg‘ona borardi.
«Umidsizlik — halokat,— deb o‘ylardi u.— Buning ustiga, fahmimcha, umidsizlik hatto — gunoh.
Nima gunohu, nima gunoh emas, deb bosh qotirib o‘tirishning hojati yo‘q. Busiz ham dunyoda boshni
qotiradigan narsalar to‘lib-toshib yotibdi. To‘g‘risini aytganda, men gunoh bo‘lgan narsalarni yaxshi
tushunmayman.
Tushunmayman ham va ehtimol, ularga ishonmayman ham. Balkim baliqni o‘ldirishim gunoh
bo‘lgandir. Men uni ochdan o‘lmaslik va yana talay odamlarning qornini to‘ydirish uchun o‘ldirgan
bo‘lsam ham, fahmimcha, ha, gunoh bo‘ldi. Unda, sen nima qilayotgan bo‘lsang, bari gunoh-ku. Nima
gunohu, nima nogunoh — buni o‘ylab o‘tirishdan hojat yo‘q. Boz ustiga vaqti ham o‘tdi, bundan
tashqari, gunohlar bilan shu to‘g‘rida bosh qotirib, bosh qotirganliklari uchun haq oladiganlar
shug‘ullanaversin. Ha, xuddi o‘shalar gunohning nimaligi ustida bosh qotiraversin. Xuddi baliq — baliq
bo‘lish uchun tug‘ilganidek, sen ham baliqchilikka tug‘ilgansan. Avliyo Pyotr ham baliqchi edi, ulug‘
Di Madjioning otasi ham shu kasb sohib adosi bo‘lgan».
Biroq chol o‘zini qurshagan narsalar haqida mulohaza yuritishni yaxshi ko‘rar, o‘qiydigai kitobi,
eshitadigan radiosi bo‘lmagandan keyin, juda ko‘p o‘ylar, shu jumladan, gunoh ustida ham bosh qotirar
edi. «Sen baliqni boshqalarga sotib, shu bilan bir kuningni ko‘rish uchungina o‘ldirganing yo‘q,— deb
o‘ylardi u.— Sen uni bir sirasi oriyat tufayli va qolaversa, baliqchi bo‘lganing uchun ham o‘ldirding. Bu
baliq tirikligida sen unga ko‘ngil qo‘yding, hozir ham uni yaxshi ko‘rasan. Kimnidir sevsang, uni
o‘ldirish ham gunoh emas. Balki, aksinchadir, og‘irroq gunohdir?».
— Sen haddan tashqari ko‘p o‘ylayapsan, qariya,— dedi u ovoz chiqarib.
«Biroq sen dentusoni jon-jon deb asfalasofilinga jo‘natding-ku,— o‘yladi chol.— U bo‘lsa xuddi
senga o‘xshab, baliq o‘ldirib bir kunini ko‘radi. Harom-xa-rishni ham jig‘ildoniga shunchaki bir qorin
to‘ydirish uchun urib qo‘ya qolmaydi va xuddi boshqa akulalarga o‘xshab, nomigagina yeb to‘ymas palid
emas. U qo‘rqinch nima bilmaydigan chiroyli va olijanob maxluqdir».
— Men uni o‘z jonimni himoya qila turib, o‘ldirdim,— dedi chol ovoz chiqarib.— O’ldirganda ham,
boplab o‘ldirdim.
«Yana deng,— deb o‘yladi u,— hamma ham nima bo‘lmasin, kimnidir yoki nimanidir o‘ldiradi.
Baliq ovi meni ham go‘rga tiqyapti, ham go‘r og‘zidan qaytarib olib kelyapti. Qo‘y, suyilma, chol. Baliq
ovi emas, bola seni go‘r og‘zidan qaytaryapti».
U bortdan egilib, baliqning akula g‘ajigan yeridan bir luqma go‘sht uzib oldi. Go‘shtni chaynar ekan,
uning sifati va tamiga o‘zicha baho berdi. U rangsiz bo‘lsa-da, xuddi so‘qim go‘shti kabi lahm va barra
Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa)
Do'stlaringiz bilan baham: |