Microsoft Word ernest xeminguey chol va dengiz lot ziyouz com doc



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/45
Sana06.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#432292
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
chol-va-dengiz-qissa kutubxonachi.uz

kutubxonachi.uz
 – Xalq xizmatida.  
YouTube
 | 
Telegram
 

Telegram Bot
 
40
Kelganda ham, tosini qo‘msagan to‘ng‘izday bo‘lib keldi, zotan odam boshini bir yo‘la, paqqos 
yamlab yutish uchun cho‘chqada bunday yalmog‘iz og‘iz yo‘q, xolos.
Chol uning baliqqa tashlanishiga qo‘yib berdi, shundan keyingina eshkakka mahkamlangan pichoq 
bilan boshiga tushirdi. Ammo baliq yelkasiga dumalarkan, o‘zini orqaga otdi. Pichoq tig‘i sindi.
Chol rulga o‘tirdi. U hatto akulaning dam o‘tgan sayin kichrayib, nihoyat zig‘irdakkina bo‘lib 
ko‘ringan-cha, cho‘kib borishiga ham qaramay qo‘ydi. Avvallari bunday manzaradai u ko‘z uzolmasdi. 
Biroq hozir uning qayrilib qaragisi ham kelmadi.
— Qo‘limda endi changakkina qoldi,— dedi u.— Ammo uning nima nafi ham tegardi? Menda yana 
ikki eshkak, rumpel va to‘qmoq bor.
«Mana endi ular aloha meni munkitib qo‘yishdi,— deb o‘yladi u.— Akulalarni to‘qmoq bilan urib 
o‘ldirish uchun men endi qarib qolganman. Shunday bo‘lsa ham, qo‘limda eshkak, to‘qmoq, qolaversa, 
rumpel bor ekan, men ular bilan olishaveraman».
U qo‘lini yana sho‘r suvga soldi.
Kech kira boshlagan, atrofda dengizu osmondan bo‘lak hech vaqo ko‘rinmas edi. Shamol boyagiga 
qaraganda kuchliroq esar, bundan chol ko‘p o‘tmay yerni ko‘rishiga umid bog‘lar edi.
— Charchabsan, chol,—dedi u.—Ruhing charchabdi.
Unga akulalar yana govgum mahalda bosqin yasashdi. Chol endi baliq hech shak-shubhasiz o‘z 
ortidan dengiz bo‘ylab qoldirayotgan keng yo‘lni qoralab suzgan jigar rang suzg‘ichlarni ko‘rdi. Ular 
hatto bu izni topish uchun o‘zlarini to‘rt tomonga urishmas, balki yonma-yon bo‘lib to‘g‘ri qayiqqa qarab 
kelishardi.
Chol rumpelni mahkamlab qo‘ydi, yelkanni qayta bog‘ladi va quyruq ostidan to‘qmoqni oldi. Bu — 
uzunligi ikki yarim futcha keladigan siniq eshkakning ar-ralab olingan bo‘lagi edi. Chol uning dastak 
bo‘lgan joyidan faqat bir qo‘llabgina tuzukroq ushlay olar edi. U akulani kutib, to‘qmoqni o‘ng qo‘liga 
mahkam siqib ushlab oldi, panjasida aylantirib ham ko‘rdi. Ular ikkita edi, ikkisi ham galanos edi.
«Birinchisi baliqqa qattiq yopishib olguncha, sabr qilishim kerak,— deb o‘yladi u,— o‘shanda, men 
uning yo burni uchiga, yo xuddi miyasining o‘ziga tushiraman».
Har ikki akula ham birgalashib suzib kelishdi. Ulardan sal oldinroqda bo‘lgani jag‘larini kerib 
baliqning kumush rang biqiniga tishlarini qadagan zamon, chol to‘qmoqni baland ko‘tardi va zalvor bilan 
akulaning yapasqi boshiga tushirdi. Go‘yo ichi to‘q rezinka toshga urganday qo‘li zirilladi, qalqon kabi 
suyak-larning musti-metin qattiqligi bilinib ketdi va chol akulaning burni uchiga yana jonjahdi bilan 
aylantirib urdi. Akula suvga sirg‘ilib ketdi.
Boshqa akula bo‘lsa zindonasiga uradiganini urib bo‘lib, o‘zini chetga olishga ulgurgan, endi esa, u 
yana og‘zini o‘pqonday yirib yaqinlashgan edi. Akula baliqqa tashlanib, unga yopishib olmasdan burun
chol uning jag‘larida qolgan oppoq go‘sht parchalarini ko‘rdi. Chol aylantirib urdi, ammo zarb kallaga 
tushdi-yu, akula unga bir qarab qo‘yib, baliqdan bir parcha go‘sht yulib oldi. U o‘ljasini yutish uchun 
o‘zini chetga olarkan, chol yana aylantirib qo‘yib yubordi, ammo zarb yana akula boshining qayishqoq 
va qattiq yeriga to‘g‘ri keldi.
— Qani, beriroq kelchi, galano,— dedi chol.— Yana bir marta beri kelgin!
Akula baliqqa balo-qazoday tashlandi, u jag‘larini kartillatib yopgan onda, chol to‘qmoq tushirdi. 
Tushirganda ham, to‘qmog‘ini iloji boricha baland ko‘tarib, bor kuchi bilan tushirdi. Bu safar zarb akula 
bosh suyagining negiziga to‘g‘ri keldi, chol xuddi shu yerning o‘ziga yana qaytadan urdi. Akula baliqdan 
bir luqma go‘shtni tilar-tilamas uzib oldi-yu, dengiz qa’riga ketdi.
Chol akulalar yana paydo bo‘lmasmikin deb, kutdi, ammo ulardan darak bo‘lmadi. Keyin u, ulardan 
birining qayiq yonida o‘ralishayotganini payqab qoldi. Boshqa akulaning bo‘lsa o‘zi tugul suzg‘ichi ham 
ko‘rinmay ketgan edi.


Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa) 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish