Microsoft Word ernest xeminguey chol va dengiz lot ziyouz com doc



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/45
Sana06.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#432292
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   45
Bog'liq
chol-va-dengiz-qissa kutubxonachi.uz

kutubxonachi.uz
 – Xalq xizmatida.  
YouTube
 | 
Telegram
 

Telegram Bot
 
39
jag‘larinn mahkam qisgancha, baliqqa osilib turardi. Shundan keyin chol uning chap ko‘ziga pichoq 
sanchdi. Akula boyagi-boyagicha baliqni yubormasdi.
— E, voy, hali shunaqami?—dedi chol aa pichoqni miya bnlan umurtqalar orasiga urdi.
Hozir buning qiyin joni qolmagan edi. Chol mirtakni cho‘rt kesib yuborganini payqadi. Akulaning 
jag‘larini bo‘shatish uchun chol eshkakning boshqa tomonini aylantirib, uning og‘ziga tiqdi. U eshkakni 
burab-burab oldi va akula baliqdan ajralib ketganday so‘ng dedi:
— Jo‘nab qol, galano menga desa, dengiz qa’riga gumdon bo‘l. U yerda chiqoning
bilan yuz 
ko‘rishgin. Kim biladi, balki u sening onang edimi?
Chol pichoq damini artdi va eshkakni qayiq ichiga qo‘ydi. Keyin yelkanni yoydi, shamol uni 
to‘ldirgach, qayiqni avvalgi yo‘liga qarab burdi.
— Ular baliqning, harqalay, chorak bo‘lagini olib ketishdi, bunisi ham mayliga-ya, yana go‘shtning 
sarasini olib ketganiga o‘lasizmi,— dedi u ovoz chiqarib.— Ulay agar, bularning bari bir ro‘yo bo‘lib 
qolishini, baliq ham qo‘limga tushmagan bo‘lishini xohlardim.
Mana shunday bo‘lib chiqqani juda yomon bo‘ldi-da, baliq, juda yomon bo‘ldi.
Chol jimib qoldi, endi uning baliqqa qaragisi kelmasdi. Tanasida qondan asar qolmagan, bo‘kkan, 
shabbi-shalabbo bo‘lgan bu baliq ko‘zgular ortiga sur-tiladigan siramalgama tusiga kirgan, ammo 
yo‘lyo‘l tasmalari hali hamon o‘z izini yo‘qotmagan edi.
— Men dengizda bunchalik olisga ketib qolmasligim kerak edi,— dedi u.— Shunaqa bo‘lib qolgani 
juda-juda yomon bo‘ldi, baliq, juda-juda yomon bo‘ldi. Senga ham, menga ham.
«Qani, bo‘l, anqayma!—dedi u o‘ziga o‘zi.—Pichoq bog‘langan arqon qirqilib ketmadimikin, qarab 
qo‘y. Qo‘lingni ham qayg‘usini qil, chunki ish hali tamom bo‘lganicha yo‘q».
— Qurib ketsin, qayroqning bo‘lmagani chatoq bo‘ldi,— dedi chol eshkak dastasidagi arqonni 
ko‘zdan kechira turib.— O’zim bilan qayroq olib kelishim ke-rak edi.
«O’zing bilan bu yerga ola kelishing kerak bo‘lgan narsalar son ming edi, qariya,— deb o‘yladi u.— 
Nima qilasan endi, olganing yo‘qmi, olganing yo‘q. Hozir nima bor, nima yo‘q deb o‘y o‘ylashning vaqti 
emas. Qo‘lingdagi narsalarning o‘zi bilan ish bitirishning payida bo‘l».
— Obbo-ey, maslahat qilaverib jonga tegding-de!—dedi u ovoz chiqarib.
Chol rumpelni qo‘ltig‘iga qistirdi va ikkala qo‘lini suvga soldi.
Qayiq olg‘a ketib borardi.
— O’sha, keyingi akula go‘shtning qanchasini urib ketdi, xudoyimning o‘zi biladi,— dedi u.— 
Ammo ketganda baliqning toshi ketdi.
Baliqning rasvoyi olam qilingan qorni to‘g‘risida cholning o‘ylagisi kelmasdi. U akulaning qayiqqa 
ko‘rsatgan har bir turtkisi yulqilab olingan bir bo‘lak go‘shtni bildirishini, baliq bo‘lsa, dengiz bo‘ylab 
xuddi katta karvon yo‘liday keng, dunyodagi barcha akulalar uchun ochiq yo‘l qoldirayotganini bilardi.
«Bunaqa baliq odamni butun qish bo‘yi boqib chiqishi mumkin edi... Qo‘y, buni o‘ylama, chol! Dam 
olgin, qo‘lingni epaqaga keltirishga harakat qil, chunki hali bor bud-shudingdan ayrilganingcha yo‘q, 
qolgan-qutgan narsalarni saqlab qolishning payida bo‘lishing kerak. Qo‘llarimdan kelayotgan qon hidi 
— anavi baliqning suvdan anqiyotgan hidi oldida ip esholmaydi. Bundoq desam, qo‘llarimdan qon ham 
oqayotgani yo‘q. Nafsilamrga, chuqur tilingan emasda. Ko‘p emas, ozgina qon oqizilgan bo‘lsa, chap 
qo‘lni tomir tortishish balosidan asraydi.
Nimaning o‘yini sursam ekan hozir? Nimani bo‘lardi? Hech narsani. Yaxshisi, hech vaqoni 
o‘ylamaganim ma’qul. Akulalarni kutishim kerak, vassalom. Qaniydi, bularning bari tush bo‘lib qolsa.
Darvoqe, kim bilsin, hali ishning dovi yurishi mumkindir. Bilib bo‘larmidi buni?» Keyingi 
akula yolg‘iz o‘zi suzib keldi, bunisi ham kerik burunlar sirasidan edi.


Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa) 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish