kutubxonachi.uz
– Xalq xizmatida.
YouTube
|
Telegram
|
Telegram Bot
38
edi. Bunday chandirsiz go‘shtning bozori chaqqon ekanligini chol bilardi. Ammo dengiz uning totini olib
qochar va chol buning oldini olishdan ojiz edi. U o‘ziga hali oson bo‘lmasligini, oldida zahmat va
mashaqqat yo‘li turganini tushunardi.
Shamol hali-veri susayadiganga o‘xshamasdi. U o‘z yo‘lini shimoli-sharqqa tomon birmuncha
o‘zgartirgan, shunday bo‘lgach, to‘xtashini kutmasa ham bo‘laverardi. Chol olis-olislarga qarar, biroq
na bironta kemaning yelkanini, na tutuni va na korpusini ko‘rar edi. Faqat uchar baliqlargina
dengizdan ko‘tarilib chiqishar va qayiq burnidan ikki tomonga sapchib, g‘oyib bo‘lishardi, yana suv
o‘simliklarining bo‘ltaklari sarg‘ayib ko‘zga tashlanar edi. Hatto qushlar ham ko‘rinmasdi.
U ikki soatdan beri quyruqqa yonboshlab olib, baliq go‘shtini og‘zidan qo‘ymay chaynab, tezroq
hordiq chiqarib, kuch yig‘ishga harakat qilgancha, suzib borarkan, ikki akuladan birini ko‘rdi.
— Ix!— kaftini mix teshib o‘tib, yog‘ochga kirib borayotganda, odam tilidan beixtiyor otilib
chiqadigan, ma’nosi yo‘q so‘z, to‘g‘rirog‘i, un berdi chol.
— Galanos
9
,
— dedi u ovoz chiqarib.
Chol, birinchi suzg‘ich ortidan ikkikchisining ham paydo bo‘lganini ko‘rdi va shu uch qirrali jigar
rang suzg‘ichlardan, hamda dumining shitob bilan bilangla-shidan, bular kerik burun akulalar ekanini
bildi. Ular baliq hidini tuyib, o‘zlarini qo‘yarga joy topolmay qolishgan va ochlikdan tamomila o‘lar
holatga kelib, ishtahani karnay qiluvchi bu hidni goh io‘qotib, goh yana topib kelishardi. Ular daqiqa
sayin tobora yaqinlashar edilar.
Chol yelkanni musti-metin qilib mahkamlab tashladi, rulni ham chuv qoqib qo‘ydi. Keyin u pichoq
bog‘langan eshkakni ko‘tardi. Qo‘llari chidab bo‘lmas daraja-da og‘rib turganidan, uni avaylab, bir
amallab ko‘tardi. Qo‘llarim jilla qursa bir ozgina yozilsin deb, barmoqlarini beto‘xtov chaqachum qilar
edi. So‘ng qo‘llar butun og‘riqqa bira to‘la bardosh beradigan bo‘lib ko‘niksin, keyin yana ishdan bo‘yin
tovlab yurmasin uchun eshkakni bor kuchi bilan changallab oldi va akulalarnnng yaqinlab kelishini
kuzata boshladi. Chol ularning kerik burun, yapasqi boshlariyu, oq hoshiyali ko‘krak suzg‘ichlarini
ko‘rib turardi. Bular — akulalar ichida zng palid, eng yaramas va eng sassiq baloxo‘rlari hisoblanardi:
nafs tug‘yon urgan mahallarda ular, hatto qayiqning eshkagi bilan ruliga ham tashlanishdan toymas
edilar. Agar toshbaqa dengiz yuzida mabodo pinakka keta qolsa, bunday akulalar uning oyoqlarini cho‘rt
uzib ketishadi, juda ham ochiqqan mahallarida esa, hatto baliq qoni yoki shilimshig‘ining hidi
kelmayotgan odamga ham suvda hujum qilisha-veradi.
— Ix!—dedi chol.— Hay, mayli endi kela qolinglar,
Ha, ular suzib kelishdi. Ammo ular makoga o‘xshab kelishgani yo‘q. Ulardan biri yalt-yult qildiyu,
o‘zini qayiq ostiga urdi. U baliqqa tashlanganda, qayiqning qanchalik qaltirab ketgani cholga ayniqsa
bilindi. Boshqa biri bo‘lsa o‘zining qisiq sarg‘ish ko‘zlari bilan cholga shingrayib turdi, keyin og‘zini
tarvaqay ochib, baliqning mako g‘ajigan yeriga o‘zini urdi. Cholga uning jigar rang boshi ustidan yelka
tomoniga cho‘zilib o‘tgan, miya bilan umurtqa bir-biriga ulanib ketadigan joydagi chiziq aniq ko‘rinib
turardi, u eshkakka mahkamlangan pichoqni xuddi shu yerga sanchdi. Keyin pichoqni sug‘urib olib, uni
yana akulaning mu-shuknikiga o‘xshash sariq ko‘zlariga urdi. Akula jon talvasasida baliqdan ayrildi va
og‘zida qolgan go‘shtni yo‘l-yo‘lakay qo‘ymay yutarkan dengiz qa’riga sirg‘alib ketdi.
Qayiq hamon ikkinchi akulaning baliqqa bo‘lgan hujumidan qaltirab turardi. Chol akulani qayiq
ostidan chiqarish uchun yelkanni yoyib, qayiqni ko‘ndalang aylantirib qo‘ydi. Akulani ko‘rgan hamono,
u bort osha enkaydi va pichoq urdi. Pichoq akulaning laqqa go‘sht yeriga to‘g‘ri keldi-yu, ammo qattiq
teri uning chuqur-roq kirib borishiga yo‘l qo‘ymadi. Zarbdan cholning qo‘llarigina emas, yelkalari ham
sirqirab ketdi. Biroq akula komini suvdan chiqarib, yana baliqqa tashlandi, ana shunda chol uning
yapasqi boshining qoq o‘rtasiga urdi. Tig‘ni sug‘urib oldi. Yana o‘sha yerga urdi. Akula hamon
9
Akulaning olachipor bir turi (isp.).
Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa)
Do'stlaringiz bilan baham: |