kutubxonachi.uz
– Xalq xizmatida.
YouTube
|
Telegram
|
Telegram Bot
44
Erta bilan bola kulbaga ko‘z tashlagani kirganda u uxlab yotardi. Shamol shunday ham kuchaygan
ediki, bundan qayiqlar dengizga chiqolmay qolgan, shundan bo‘lsa kerak, bola qonib uxlab, keyin odati
bo‘yicha kanda qilmay, chol kulbasiga kelgan edi. Cholning nafas olayotganiga o‘z ko‘zi bilan ko‘rib
ishonch hosil qildi-yu, ammo nazari uning qo‘llariga tushgandan keyin yig‘lab yubordi. U kofe keltirish
uchun kulbadan ohista qadam tashlab chiqdi va butun yo‘l bo‘yi yig‘lab bordi.
Qayiq tevaragiga juda ko‘p baliqchilar to‘plangan, ularning bari qayiqqa bog‘log‘liq narsani tomosha
qilishardi; baliqchilardan biri pochasini shimarib qo‘yganicha suvda turar va chizimcha bilan baliq
suyagini o‘lchar edi.
Bola ularning yoniga tushib o‘tirmadi; u bu yerda bo‘lishga boya ulgurgan va baliqchilardan biri
qayiqqa qarab turishga va’da bergan edi.
— Qalay, ahvoli tuzukmi?— qichqirdi baliqchilardan biri bolaga.
— Uxlayapti,— javob berdi bola. O’zining yig‘layotganini ko‘rayotganlari ham endi bari bir edi.—
Uni bezovta qilmaslik kerak.
— Buning tumshug‘idan , dumigacha o‘n sakkiz fut chiqar ekan!— qichqirdi o‘lchayotgan baliqchi.
— Chiqmay ham ko‘rsin,— dedi bola.
U Terrasga kelib, bir banka kofe so‘radi:
— Menga qaynoq kofe bering, suti va shakari ko‘proq bo‘lsin.
— Yana biron narsa olgin.
— Kerak emas. Uning nima yeyishi mumkinligini keyin qarab ko‘raman.
— Oh, ana balig‘-u, mana baliq!—dedi xo‘jayin.— Tengi yo‘g‘-a, tengi. Ammo sen ham kecha ikki
zo‘r baliq tutding.
— E qo‘ysang-chi, mening balig‘imni!—dedi bola va yana yig‘lab yubordi.
— Biror narsa ichib olmaysanmi?—so‘radi undan xo‘jayin.
— Kerakmas,—dedi bola.—Ularga aytib qo‘y, Santyagoning me’dasiga tegishmasin. Men yana
kelaman.
— Shunday bo‘lib chiqqaniga mening ham juda achinayotganligimni aytib qo‘y unga.
— Rahmat,— dedi bola.
Bola kulbaga qaynoq kofe solingan bankani keltirib qo‘ydi va to chol uyg‘onmaguncha uning yonida
o‘tirdi. Bir safar bolaga go‘yo u uyg‘onayotganday bo‘lib ko‘rindi, ammo chol yana og‘ir uyquga
cho‘mdi, shundan so‘ng bola kofeni isitish uchun qarzga bir oz o‘tin olgani qo‘shnilarnikiga ketdi.
Nihoyat chol uyg‘ondi.
— Yetaver, turma,—dedi unga bola.— Mana buni ichib ol!— stakanga kofe quyib uzatdi u.
Chol undan stakaini olib, kofeni ichdi.
— Ular meni yengib qo‘yishdi, Manolin,— dedi u.— Ular meni yengishdi.
— Ammo uning o‘zi seni yengolmabdi-ku, axir. Axir baliq seni yengmabdi-ku!
— Yo‘q yengmadi. To‘g‘ri gapdan qochib qutulib bo‘larmidi. Bu voqea keyin bo‘ldi.
— Qayiq bilan asbob-uskunalarga Pedriko qarab turadigan bo‘ldi. Baliqning boshini nima
qilmoqchisan?
— Uni Pedriko to‘rlarga xo‘rak qilib maydalay qolsin.
— Tig‘ini-chi?
— Xohlasang, uni esdalik uchun o‘zingga olib qo‘ya qol.
— Xohlamay-chi,— dedi bola.— Kel endi, bundan keyin nima qilishimiz haqida gaplashib olamiz.
— Meni qidirishdimi?
— Bo‘lmasa-chi. Qirg‘oq soqchilari ham, samolyotlar ham qidirishdi.
Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa)
Do'stlaringiz bilan baham: |