Microsoft Word ernest xeminguey chol va dengiz lot ziyouz com doc



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/45
Sana06.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#432292
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45
Bog'liq
chol-va-dengiz-qissa kutubxonachi.uz

kutubxonachi.uz
 – Xalq xizmatida.  
YouTube
 | 
Telegram
 

Telegram Bot
 
28
Keyin tushida ko‘rsa qishloqda o‘z karavotida yotibdi. Kulbasida shimoldan esgan shamol g‘uvillar 
emish. Chol juda sovqotibdi. Boshiga yostiq o‘rniga qo‘ygan o‘ng qo‘li bo‘lsa, uvushib qolibdi.
Va nihoyat, uning tushiga cho‘ziq zardob rang sohil kirdi va g‘ira-shirada bu yerga chiqqan birinchi 
arslonni ko‘rdi, uning ketidan boshqalari ham chiqib kelardi. Chol langar tashlab turgan kemaning 
bortiga iyagini tirab qararmish, qirg‘oqdan esgan kechki shamol uni yelpib o‘tarmish, o‘zi boshqa 
arslonlar paydo bo‘lmasmikin deb kutayotganmish va baxtiyor emish.
Oy bo‘lsa allaqachon chiqqan, u esa hamon uyqudan bosh ko‘tarmas, uxlar, baliq bo‘lsa qayiqni 
bulutlar darasi tomon sokin sudrab borardi.
U siltovdan uyg‘onib ketdi, o‘ng qo‘li musht bo‘lib yuziga kelib urildi, chilvir qo‘lni qizdirgandan 
qizdirib, shitob bilan dengizga ketib borardi. Chap qo‘li hech narsani his qilmaganidan, u chilvirni o‘ng 
qo‘li bilan to‘xtatishga urindi, ammo chilvir allaqapday kuchli bir sur’at bilan dengizga ketib borardi. 
Nihoyat chap qo‘l ham chilvirni seza boshladi, chol chilvirga yelkasi bilan tirkaldi, endi chilvir orqasi 
bilan baliqning butun og‘irligini o‘ziga olgan chap qo‘lini jizillatib o‘ta boshladi. Chol ehtiyot 
kalavalarga o‘girilib qaradi va ularning juda tez bo‘shalayotganini ko‘rdi. Shu on baliq okean sirtini 
o‘pirib, otilib chiqdi va yana dengizga zalvor bilan tushib ketdi. Keyin bu yana takrorlandi, undan so‘ng 
yana va yana. Chilvirning dengizga to‘xtovsiz ketib borishiga qaramay, qayiq olg‘a bosardi, chol 
chilvirni bor kuchi bilan tortishga harakat qilar, goh bir zumgina bo‘sh qo‘yib berar, goh yana uzilib 
ketadimi deb qo‘rqa-qo‘rqa o‘ziga tortardi. Uning o‘zi ham qayiq burniga yopishtirib tashlangan edi. 
Yuzi bir bo‘lak makrel go‘shtiga tir-kalgancha yotar cholning qimirlashga imkoni yo‘q edi.
«Bizga xuddi mana shu narsa kerak edi,—deb o‘yladi u.— Endi mahkam bo‘l... Chilvirni qanday 
sug‘urib ketishni ko‘rsatib qo‘yaman unga! Ha, ko‘rsatib qo‘yaman hali!»
Unga baliqning irg‘ib chiqishlari ko‘rinmas edi. U, okean bag‘rining shov-shuv suron bilan 
qo‘porilganiyu, baliq qaytib suvga tushayotganda, quloqni batang qi-lib shaloplaganini eshitardi, xolos. 
Bortdan oshib borayotgan chilvir qo‘lni ayovsiz tilib o‘tar, ammo chol shunday bo‘lishini avvaldan bilar 
va kafti yo panjalari yaralanmasin uchun chilvir yo‘liga qo‘lining qadoqli yerini to‘g‘rilashga harakat 
qilardi.
«Bola yonimda bo‘lganda,— deb o‘yladi chol,— chilvirni ho‘llab bergan bo‘lardi. Eh, bola yonimda 
bo‘lganda-ya! Qaniydi u shu yerda bo‘lsa! Qaniydi!»
Chilvir ketgandan ketib borar, ketgandan ketib borar, ammo boyagiga qaraganda sur’ati susayinqirab 
qolgan va chol baliqni chilvirning har tutamini mashaqqat bilan yulib olishga majbur qilardi. U boshini 
ko‘tarib yuzini parchinlanib ketgan makrel go‘shtidan chetga olishga muvaffaq bo‘ldi. U avval tizzasiga 
turdi, so‘ng ohista oyoqqa bosdi. Chol chilvirni hamon bo‘shatib turar, lekin borgan sari o‘larmonlik 
bilan oz-ozdan bo‘shatardi. U kalava o‘ramlari turishi kerak bo‘lgan joyga surildi-da, oyog‘i bichan 
paypaslab hali o‘ramda chilvirning ko‘pligiga qanoat hosil qildi. Suvga esa, shunchalik ko‘p chilvir 
ketgan ediki, hali baliq shuning o‘zini eplab ulgursa ham xo‘p gap edi.
«Mana endi,— deb o‘yladi u.— Baliq o‘n marotabadan ham ko‘p irg‘ishlab chiqib pufaklarini havo 
bilan to‘ldirdi. Endi uning borsa kelmasga qochib qutulishi va u yerda o‘lib ketishi mumkin emas. U 
tezda doira yasab, chir aylana boshlaydi, ana o‘shanda qo‘l-qo‘lga tegmay ishlashga to‘g‘ri keladi. Qiziq, 
nima sabab-dan u bunchalik bezovta bo‘ldiykin? Ochlik jonidan o‘tdimi yoki qorong‘ida biron narsa 
hurkitdimi? Balki u to‘sindan dahshatga tushgandir. Ammo bu vazmin va kuchli baliq edi-ku. U menga 
juda dov va o‘ziga amin bo‘lib ko‘ringan edi. Tavba!»
— Menga qara, chol, yaxshisi qo‘rqib-po‘rqib o‘tnrishni bir yoqqa yig‘ishtirib qo‘y-da, ko‘proq o‘z 
kuchingga ishon,— dedi u.— Sen uni qo‘lingda ushlab turgan bo‘l-sang ham, bir qarichgina chilvirni 
o‘zingga tortib ololmaysan. Ammo u tezda aylana boshlaydi.


Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa) 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish