Microsoft Word ernest xeminguey chol va dengiz lot ziyouz com doc



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/45
Sana06.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#432292
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45
Bog'liq
chol-va-dengiz-qissa kutubxonachi.uz

kutubxonachi.uz
 – Xalq xizmatida.  
YouTube
 | 
Telegram
 

Telegram Bot
 
26
«Men juda ko‘p narsalarni tushunmayman,— deb o‘yladi u.—Ammo bizga quyosh, oy va 
yulduzlarni o‘ldirishga to‘g‘ri kelmaganligi qanday yaxshi. Dengizdan bor yo‘q rizqi ro‘zimizni 
qoqishtirib olayotganimiz va yana o‘z birodarlarimizni o‘ldirayotganimiz ham yetib ortadi.
Endi men eshkaklardan bo‘ladigan tormoz haqida o‘ylab ko‘rishim zarur. Buning ham yaxshi, ham 
yomon tomoni bor. Men ancha-muncha kalavadan ayrilib qolishim mumkin, keyin, baliq siltanib qolsa, 
tamom, uni ham qo‘ldan chiqarib qo‘yaman, tormoz bo‘lsa, qayiqni tez harakat qilishdan mahrum qilib 
qo‘yadi! Qayiqning yen-gilligi esa ham baliqning, ham o‘zimning azob-uqubatlarimni oshiradi, ammo 
bu uqubatdan xalos bo‘lishimning garovi ham shunda. Axir, bu baliq, agar istaguday bo‘lsa, bundan ham 
tez suzishi mumkin. Hay, nima bo‘lsa bo‘lar, hozir, hidlanib qolmasdan burun makrelni tozalab qo‘yish 
va picha totinish kerak. Quvvat bo‘ladi.
Endi yana biror soat dam olaman, keyin agar baliq o‘zini tinch tutadigan bo‘lsa, quyruq tomonga 
o‘tib, lozim bo‘lgan ishlarni qilaman va eshkaklar to‘g‘risida bir fikrga kelaman. Ungacha baliqning 
o‘zini qanday tutishini quzatib boraman. Eshkak bilan bo‘ladigan hangoma yaxshi o‘ylab topildi, biroq 
hozir bo‘lsa-bo‘lmasa ishga qat’iy kirishish kerak. Baliq hali kuchga to‘liq. Men qarmoq baliq lunjining 
xuddi o‘zginasida sanchilib turganini, og‘zi esa mahkam qisib olin-ganini payqagan edim. Qarmoqning 
unga berayotgan azobini azob dsmasa ham bo‘ladi. Uni ko‘proq ochlik va o‘zi nimaligini aniq bilib 
yetmaydigan xavf-xatar sezgisi qiynaydi. Hordiq olaver-chi, chol. Senga navbag kelguncha, baliq zaxmat 
tortaversin».
Uning nazarida, o‘zi ikki soatga yaqin dam olgan edi. Oy endi kech ko‘tarila boshlaganidan, u vaqtni 
aniq belgilay olmadi. To‘g‘risini aytganda, uning dam olishi shunchaki, xo‘ja ko‘rsinga bo‘lgan dam 
olish edi. U baliqning og‘irligini o‘z yelkasida boyagi-boyagi his qilar, shunday bo‘lsa ham chap qo‘li 
bilan quyruq plan-shiriga tayangan holda og‘irlikni imkoni boricha qayiqqa solishga urinardi.
«Chilvirni qayiqqa bog‘lab qo‘yishim mumkin bo‘lganida, hamma narsa oppa-oson hal bo‘lgan 
bo‘lardi-qo‘yardi,— deb o‘yladi u.— Ammo u salgina siltana qolsa bormi, tamom, chilvir chirt uziladi 
ketadi. Men chilvirga tushadigan kuchni o‘z gavdam bilan beto‘xtov qirqib, har daqiqada kalavani ikki 
qo‘llab bo‘shatishga tayyor turishim kerak».
— Ammo sen, axir, hali uxlaganing yo‘q-ku chol,— dedi u ovoz chiqarib.— Yarim kun va bir kecha, 
keyin yana bir kunduz o‘tsa hamki, sen hamon uxlaganingcha yo‘q, ha. U to‘polon ko‘tarmay, xotirjam 
to‘rgan mahalda, sen nima qilib bo‘lsa ham ozgina uxlab olishning g‘amini ye. Bo‘lmasa, kalovlanib 
qolasan.
«Hozir miyam juda yaxshi ishlayapti,— deb o‘yladi u.— Hatto juda ham ravshan. Shunchalik 
ravshanki, go‘yo hamshiralarim bo‘lgan yulduzlarga o‘xshaydi. Ammo nima bo‘lganda ham, men uxlab 
olishim kerak. Yulduzlar ham uxlaydi, oy ham uxlaydi, quyosh ham uxlaydi va hatto oqim bo‘lmagan, 
jimjit sukunat cho‘kkan kezlari okean ham uxlaydi.
— Uxlab olishni yodingdan chiqarma,— deb uqtiradi o‘ziga o‘zi chol. — Uxlashga o‘zingni majbur 
qil. Kalavadan bir amallab xoli bo‘lishning oson va to‘g‘ri yo‘lini axtar. Endi quyruqqa o‘tib, makrelni 
tozalab qo‘y. Eshkakdan qilingan tormoz esa, xudo ko‘rsatmasin uxlab qolguday bo‘lsang, nihoyatda 
xatarli bo‘ladi.
— Ammo men uyqudan voz kechishim ham mumkin, — dedi u o‘ziga.— Ha, mumkin, biroq bu ham 
o‘lguday xavfli.
U baliqni bezovta qilmaslikka harakat qilib, emaklab quyruq tomonga siljiy boshladi. «U ham 
ehtimol, pinakka ketayotgan bo‘lsa ajabmas,— deb o‘yladi u — Ammo men uning nafas rostlab olishini 
istamayman. U to jon berguncha qayiqni tortib borishi kerak».
Quyruqqa yetib olgach, u aylanib baliqning butun og‘irligini chap qo‘liga o‘tkazdi, o‘ng qo‘li bilan 
esa pichoqni g‘ilofdan sug‘urib oldi. Yulduzlar bodrab-bodrab nurlanar, makrel ularning shu’lasida 


Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa) 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish