Microsoft Word ernest xeminguey chol va dengiz lot ziyouz com doc



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/45
Sana06.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#432292
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45
Bog'liq
chol-va-dengiz-qissa kutubxonachi.uz

kutubxonachi.uz
 – Xalq xizmatida.  
YouTube
 | 
Telegram
 

Telegram Bot
 
25
Chol baliqni qarmoqdan chiqarib oldi, unga yana qaytadan xo‘rak ildi-da, dengizga tashladi. Qeyin 
u ohista quyruqqa o‘tib oldi. Chap qo‘lini chayib, ishto-niga surtdi, chilvirni o‘ng yelkasidan chap 
yelkasiga o‘tkazdi va quyoshning okeanga botib borishi bilan chilvirning suvga qanday qiyalikda 
ketayotganini kuzatgan holda, o‘ng qo‘lini yuvdi.
— Hammasi boyagi-boyagicha,— dedi u.
Ammo, suvga qo‘l tiqib, chol qayiqning harakati ancha susayib qolganini sezdi.
— Kechasi harakatni picha susaytirish uchun har ikkala eshkakni bir-biriga bog‘lab, qayiqqa 
ko‘ndalang qilib mahkamlayman,— dedi u.— Bu baliqning kuchi hali butun kechaga yetib ortadi. Men 
ham undan qolishmayman, albatta.
«Makrelni yana bir oz turib, keyin tozalasam, ma’qul bo‘ladiganga o‘xshab qoldi,— deb o‘yladi u,— 
shunda hamma qoni oqib ketmaydi, men buni saldan keyin qilaman va birvarakay eshkaklarni ham 
bog‘lab qo‘yaman. Ungacha, yana ayniqsa kun botar chog‘ida baliqni bezovta qilmaganim durust. 
Quyoshning botishi har qanday baliqqa ham yomon ta’sir qiladi».
U qo‘lini shamolda quritib oldi, keyin chilvirni tutdi-da, baliqqa birmuncha erk berdi. Baliq uni taxta 
qoplama tomon yaqinroq surib keldi va chol shu bilan og‘irlikni o‘z gavdasidai qaynqqa ko‘chirdi. 
«Qo‘limdan uncha-muncha ish keladigan bo‘lib qolib-di,— deb o‘yladi u.— Hozircha men baliqni 
uddalayman. Buning ustiga u xo‘rakni yutib yuborganidan beri hali hech narsa totimaganini ham 
unutish kerak emas, o‘zi kattakon bo‘lsa, unga juda ko‘p oziq kerak. Menku, butun boshli bir tunetsni 
yeb oldima. Ertaga makrelni yeyman.— Chol makrelni dorado deb atardi.— Ehtimol, uni 
tozalayotganimda, bir bo‘lakchasini yeb olarman. Makrelni yeyish tunetsni yeyishdan og‘irroq. Ammo 
dunyoda osonlik bilan bitadigan ishning o‘zi yo‘q».
— Ahvollaring qalay endi, baliq?— baland ovoz bilan so‘radi u.
— Men o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. So‘l qo‘limning og‘rig‘i pasaydi, oziq ham butun bir 
kechayu, yaia bir kunga yetadi. Mayli, baliq, qayiqni tortaver.
Chol o‘zini, aytganiday, juda yaxshi his qilayotgani yo‘q edi. Chunki yelkasiga arqon berayotgan 
azob endi shunchaki og‘riqdan o‘tib, zirq-zirq lo‘qillashga aylan-gan, bu esa cholni xavotirga solayotgan 
edi. «Bundan battarroq narsalarni ham ko‘rganmiz,— deb yupatardi u o‘zini.— Bir qo‘lim sal-pal 
shikastlangan, ikkinchisi bo‘lsa, endi tomiri tortishayotgani yo‘q. Oyoqlarim bardam. Oziqpoziq 
masalasida ham men baliqqa qaraganda o‘zimni poshsho deb his qilsam bo‘ladi».
Qorong‘i tushdi, sentyabr oyida tun doimo birdan, quyosh botishi bilanoq kiradi. U, tuzdan yeyilib 
ketgan taxtalarga yonboshlab yotar va bor kuchi bilan dam olishga harakat qilardi. Osmonda ilk yulduzlar 
ko‘rindi. U Rajul yulduzining nomini bilmasada, ammo unga ko‘zi tushishi bilanoq tezda barcha 
qolganlarn ham chiqishini va shunda, bu olis hamrohlar yaia o‘ziga esh bo‘lishini tushundi.
— Baliq ham menga oshna,— dedi u.— Men bunday baliqni hech qachon ko‘rgan emasman, 
shundaylari bo‘lishini eshitmaganman ham. Ammo men uni gumdon qili-shim kerak. Yaxshiyamki, 
yulduzlarni ham gumdon qilishga zarurat yo‘q!
«Tasavvur qilib ko‘rgin-a, odam uzun kun oyni bo‘g‘izlashga harakat qilib yursa! Oy bo‘lsa, undan 
qochib ketadi. Bu ham mayli-ya, agar odamga har kuni quyoshni ovlashga to‘g‘ri kelib qolganda, nima 
bo‘lardi? Yo‘q, nima desang ham bizning toleimiz bor», deb o‘yladi u.
Keyin u totinib olishga imkoni bo‘lmagan katta baliqqa achinib ketdi. Ammo bu qayg‘urish, uning 
baliqni o‘ldirish haqidagi qat’iy qaroriga hech qanday monelik qilmas edi. Qanchadan-qancha odamlarni 
to‘ydiradi u! Biroq kishilar u bilan qorin qappaytirishga arzisharmikin? Yo‘q, albatta. Dunyoda hech kim 
uni og‘ziga olishga loyiq emas; axir, unga bir qarang, o‘zini qanday tutyapti, qanday sharofat 
ko‘rsatyapti.


Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa) 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish