kutubxonachi.uz
– Xalq xizmatida.
YouTube
|
Telegram
|
Telegram Bot
21
bosh-keti yo‘qqa o‘xshar, suv esa uning yonlaridan duv-duv oqib tushardi, Baliq butun borlig‘i bilan
quyoshda tovlanib yonar, boshi va usti to‘q binafsha rangda, enli yon tasmalari esa, tiniq shu’lalarda
mayin safsar rangda ko‘rinar edi. Uning tumshug‘i o‘rnida xuddi beysbol chavg‘oniday uzun va uchi
rapira singari o‘tkir tig‘ turar edi. U suvdan bor bo‘yi bilan ko‘tarildi, keyin xuddi mohir suzuvchidek
jim sho‘ng‘idi, uning o‘roq tig‘iga o‘xshash haybatli quyrug‘i suvga botib ulgurmasdan, kalava shitob
bilan bo‘shala boshladi.
— U mening qayig‘imga qaraganda, ikki futcha uzunroq,— dedi chol.
Chilvir dengizga tez, ammo bir me’yorda ketib borar, baliqning hech bir narsadan cho‘chimaganligi
yaqqol ko‘rinib turardi. Chol chilvirni ikki qo‘llab oxirigacha tortishga urinar edi. Agar baliqnnng
harakatnni bir me’yordagi qarshilik bilan sekinlatishga muvaffaq bo‘lmasa, u holda baliq bor-yo‘q
kalavasini tortib, uzib-yulqib ketajagini chol bilardi.
«O’zi ham baliqmisan baliq ekan. Endi men uning o‘zida qanday kuch yashiringanini bilib olishiga
yo‘l qo‘ymayman,— deb o‘ylardi u.— Agar juftakni rostlab qoladigan bo‘lsa, meni nima ko‘ylarga
solishi mumkinligini unga bildirish kerak emas. Uning o‘rnida men bo‘lganimda, yo o‘lish, yo qolish
deb, to o‘pka tushguncha olg‘a siljigan bo‘lardim. Ammo, ming qatla shukurki, baliqlar o‘zlarini qiruvchi
odamlar singari aqlli emaslar; vaholanki, ular bizga qaraganda ham enchil, ham olijanobroqdirlar».
Chol o‘z umrida juda ko‘p katta baliqlarga duch kelgan edi. Vazni ming qadoqdan ham og‘irroq
kelgan baliqlardan talayini ko‘rgan, o‘zi ham bir mahal shunday xilidan ikkisini tutgan, ammo hech
qachon bunday ishni bir o‘zi qilishiga to‘g‘ri kelmagan edi. Mana endi umrida ko‘zi bilan ko‘rmagan,
qulog‘i bilan eshitmagan bu qadar katta baliqqa ochiq dengizda, yolgnz o‘zi chambarchas bog‘lanib
o‘tiribdi, chap qo‘li esa boyagi boyagi, akashak. Go‘yo burgutnnng yumuq panjalariga o‘xshaydi.
«Be, qo‘lim yozilib ketadi hali,— deb o‘yladi u.— Jilla qursa, o‘ng qo‘limga ko‘maklashish uchun,
albatta yozilib ketadi. Bor ekanda, yo‘q ekan, ko‘k dengizdan narida uch og‘a-ini: bir baliq va mening
ikki qo‘lim: bo‘lgan ekan... Albatta yozilib ketadi. Lo‘q bo‘lib turishi sharmandalik-ku, axir».
Baliq sekinlashdi, endi u avvalgi tezlikda borardi.
«Qiziq, nima sababdan u kutilmaganda yuqoriga chiqib qoldi,— fikrlay boshladi chol.— Yo o‘zini
qanday ekanligini menga ko‘rsatgani chiqdimi. Hay, bu ham yomon emas, endi uni bilaman. Attang,
unga men o‘zimning qanday odam ekanligimni ko‘rsata olmayman. Aytaylik, bunda u mening mana bu
rasvoyi olam bo‘lgan qo‘limni ko‘rgan bo‘lardi. U men haqimda aslida o‘zim arzimasam ham yaxshiroq
fikrda bo‘lishini istayman. O’shanda men chindan ham yaxshi bo‘laman. Men baliq bo‘lishni, uning
nxtiyorida nimaiki bo‘lsa, menda ham bo‘lishini, yolg‘iz chidam va kalla bilan cheklanib qolmaslikni
xohlardim».
Qayiqning taxta qoplamasnga suyanib, chol o‘zini beto‘xtov qiynagan og‘riqqa g‘ing demay dosh
bernb, jimgina, xotirjam o‘tirib olay, baliq bo‘lsa, boyagi-boyagi, hech to‘xtamay olg‘a suzib borar,
qayiq ham qoramtir suvda asta harakat qnlardi. Sharqdan esgan shamol picha yirik to‘lqin ko‘tardi.
Tushga kelib cholning chap qo‘li asl holiga qaytdi.
— Sho‘ring quridi endi, baliq,—dedi u va yelkasidagi chilvirni bir oz surib qo‘ydi.
Og‘riq o‘sha-o‘sha, jondan o‘tib turganiga qaramay chol o‘zini yaxshi his qilardi; faqat og‘riqdan
qanchalik aziyat chekayotganligini xayoliga keltirmas, tan olmasdi.
— Men xudoga ishonmayman.— dedi u.— Ammo bu baliqni tutish uchun o‘n qayta «yo padar»ni
va yana shuncha marotaba «Bibi Maryam» duosini tilovat qilishga tayyorman. Agar uni chini bilan
tutsam, ont ichamanki, bir ko‘p tabarruk joylarga topinmoqqa boraman. So‘z beraman.
Chol duo o‘qiy boshladi. Ayrim o‘rinlarda u o‘zini shunday ham horg‘in sezar ediki, aytiladigan
so‘zlarni unutib qo‘yar, shunda ular o‘z-o‘zidan, qiroat ichida ay-tilib ketsin uchun, iloji boricha tez
o‘qishga harakat qilardi. «Yo padar»ga qaraganda «Bibi Maryam»ni qaytarish osonroq,— deb o‘yladi u.
Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa)
Do'stlaringiz bilan baham: |