Microsoft Word ernest xeminguey chol va dengiz lot ziyouz com doc



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/45
Sana06.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#432292
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45
Bog'liq
chol-va-dengiz-qissa kutubxonachi.uz

kutubxonachi.uz
 – Xalq xizmatida.  
YouTube
 | 
Telegram
 

Telegram Bot
 
27
yaqqol ko‘zga tashlanar edi. Chol uning kallasiga pichoq sanchib, quyruqning taxta kati ostidan tortib 
oldi-da, oyog‘i bilan bosib turib, dumidan to ostki jag‘ining tagigacha chaqqon tilib chiqdi. So‘ng 
pichoqni qo‘ydi. O’ng qo‘li bilan baliqning ichak-chavog‘iyu, jabrasini sug‘urib oldi. Uning qorin 
qopchig‘i og‘ir va shilimshiq edi. Tilinganda, ichidan ikki uchar baliq chiqdi. Ular hali buzilmagan
qattiqqina edi, chol har ikkovini ham qayiq tubiga yonma-yon qo‘ydi, ichak-chavoqlarni esa dengizga 
uloqtirdi. Ular cho‘kkan joyda yaltillagan iz qoldi. Yulduzlarning rangsiz shu’lasida makrel iflos bo‘z 
tusiga kirgan edn. Chol baliq boshini oyog‘i bilan bosib turib, uning bir yonidan terisini shilib oldi. Keyin 
makrelni ag‘darib qo‘ydi va ikkinchi yonining terisini shildi. Go‘shtini boshidan to dumigacha tilib 
chiqdi.
Makrel skeletini dengizga uloqtirgach, suvda doiralar paydo bo‘ladimi, yo‘qmi deb, qarab turdi, 
ammo sekin-sekin cho‘kib borayotgan baliq ashqol-dashqoli-ning yaltiroq izidan boshqa hech vaqo 
ko‘rinmadi. Chol o‘girilib oldi, har ikkala uchar baliqni makrel bo‘laklari orasiga qo‘ydi va pichoqni 
g‘ilofiga solib, yana qayta qayiq burniga tomon ohista o‘tib oldi. Uning yelkasi chilvir zalvoridan 
egilgan, o‘ng qo‘li bilan esa baliqni tutib borardi.
Joyiga qaytib kelgach, makrel bo‘laklarini taxtalar ustiga terdi, bularning qatoriga uchar baliqlarni 
qo‘ydi. Shundan keyin chilvirni yelkasining hali lat yemagan joyiga surib oldi va yana og‘irlikni 
planshirga tayangan chap qo‘liga o‘tkazdi. Bort osha engashib, uchar baliqni dengizda chayib oldi. Bu 
orada qo‘li ostida suvning qanday oqayotganiga ham e’tibor berdi. U makrel po‘stini shilganida, yaltirab 
qolgan qo‘li atrofida suvning doira yasab o‘tishiga mahliyo bo‘lib turdi. Hozir u avvalgidan sekiproq 
oqardi. Chol kaftining chetinn qayiq ziyiga ishqab turib, quyruq tarafga ohista suzib ketayotgan fosfor 
zarralarini ko‘rdi.
— U yo toldi, yo nafas rostlayapti,— dedi chol. — Tezroq ovqatlanib, ozgina uxlab olish kerak.
U go‘sht bo‘laklaridan birining yarmini va yulduzlar yorug‘ida tozalab qo‘yilgan uchar baliqlardan 
birini yeb oldi. Ovqatlanar ekan, chol tun havosi borgan sari sovuqlashayotganini seza boshladi.
— Agar qovurib yeyilsa bormi, makreldan ko‘ra lazzatliroq narsa yo‘q,— dedi u.— Ammo 
xomligida naqadar bemaza bu. Dengizga baniy tuzsiz va limonsiz chiq-maganim bo‘lsin.
«Menda kalla degan narsa bo‘lganda,— deb o‘yladi u,— kun bo‘yi qayiq burniga suv quyib, selgitib 
turmasmidim,— kech kirganda, qo‘limda tuzim bo‘lardi. Aytmoqchi, makrelni kun botish oldidangina 
tutgan edim-a. Shunday bo‘lsa ham men juda ko‘p narsalarni nazardan qochirib qo‘yibman. Qarang-a, 
butun bir bo‘lakni chaynab bo‘libman-ku, ammo ko‘nglimni aynitayotgani yo‘q».
Sharq tomonda osmon beti bulutlarga burkanmoqda edi va tanish yulduzlar birin-sirin o‘cha boshladi. 
U go‘yo bulutlar darasiga kirib borayotganday ko‘rinardi. Shamol tindi.
— Uch yoki to‘rt kundan keyin havo ayniydi,— dedi u.—Ammo bu hali na bugun bo‘ladi, na ertaga. 
Baliq o‘zini osoyishta tutayotgan ekan, mizg‘ib ol, qariya.
U chilvirni o‘ng qo‘liga oldi va bor gavdasi bilan bortga yonboshlagan holda, qo‘lini dumg‘azasi 
bilan bosib tushdi. Keyin yelkasidagi chilvirni sal quyiroqqa siljitdi va uni chap qo‘li bilan ushlab oldi.
«Barmoqlarim bo‘shashib ketmaguncha, o‘ng qo‘lim chilvirni qo‘yib yubormaydi. Mabodo uyquda 
barmoqlar chilvirni qo‘yib yuborsa, uning dengizga qarab silji-shini chap qo‘lim sezadi-da, meni 
uyg‘otadi. Albatta o‘ng qo‘lga oson bo‘lmaydi. Ammo u qiyinchilikka bardosh beraverib, o‘rganib 
qolgan. Juda bo‘lmaganda yigirma minut yoki yarim soat uxlab olsam, shu ham katta gap».
U bortga yonboshladi, baliqning og‘irligini o‘ng qo‘liga o‘tkazdi va uxlab qoldi.
Bu safar tushiga arslonlar emas, sakkiz yoki o‘n milga cho‘zilib ketgan dengiz cho‘chqalarining 
hududsiz to‘dalari kirib chiqdi. Hozir hirs fasliga kirganlari-dan, ular havoga baland sakrashar, keyin 
o‘zlari chiqib kelgan suv o‘yig‘iga sho‘ng‘ishar edi.


Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa) 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish