2-AMALIY MASH’G’ULOT TOPSHIRIG’I
1.Silliq stol ustida massasi m = 4 kg bo’lgan taxtacha (brusok) turibdi. Taxtachaga chilvir bog’langan bo’lib, chilvirning ikkinchi uchida stol sirtiga parallel yo’nalgan F=10 N kuch qo’yilgan. Taxtachaning tezlanishi a topilsin.
2.Stolda m1= 4 kg massali aravacha turibdi. Aravachaga ikkinchi uchi chig’ir orqali tashlangan chilvir bog’lab qo’yilgan. Agar chilvirning ikkinchi uchiga m2= 1 kg massali tosh osilsa, aravacha qanday a tezlanish bilan harakat qiladi?
3. Purjunali taroziga chig’ir osilgan. CHig’ir orqali tashlangan chilvirning uchlariga massalari m1 = 1,5 kg va m2 = 3 kg bo’lgan yuklarni bog’ladilar. Yuklar harakatlangan paytda tarozining ko’rsatishi qanday bo’ladi? CHig’irning va chilvirning massalari xisobga olinmasin.
4. Massalari m1 = l kg va m2=4 kg bo’lgan, chilvir bilan birlashtirilgan ikkita taxtacha stol ustida yotibdi. Agar ulardan biriga gorizontal yo’nalgan F=10 N kuch qo’yilsa, tayoqchalar qanday a tezlanish bilan harakatlanadilar? Agar 10 N kuch birinchi Tayoqchaga qo’yilgan bo’lsa, chilvirning taranglik kuchi T nimaga teng bo’ladi? Ikkinchi Tayoqchaga qo’yilgan bo’lsa-chi? Ishqalanish xisobga olinmasin.
5.Massasi m = 4 kg bo’lgan Tayoqcha silliq stol ustida yotibdi. Tayoqchaga stolning qarama-qarshi qirralarida harakatsiz qilib mahkamlangan chig’irlar orqali oshirib tashlangan ikkita chilvir bog’langan. Chilvirlarning uchlariga massalari m1 = 1 kg va m2 = 2 kg bo’lgan toshlar osilgan. Tayoqchaning harakatlanish tezlanishi a va har bir chilvirning taranglik kuchi T topilsin. CHig’irlarning massalari va ishqalanish hisobga olinmasin.
6. m=4 t massali bosqon L = 2 m balandlikdan sandonga tushadi. Zarbaning ta’sir etish vaqti t = 0,01 s. Zarba kuchining o’rtacha qiymati aniqlansin.
7.Muz sirti bo’ylab v0=20 m/s boshlang’ich tezlik bilan harakatlantirilgan shayba t = 40 s dan keyin to’xtadi. SHaybannng muzga ishqalanish koeffitsienti f topilsin.
8. m=1 kg massali moddiy nuqta tekis harakatlanib, t = 2 s vaqt davomida radiusi r= 1,2 m bo’lgan chorak aylana chizadi. Nuqta impulsining o’zgarishi ∆r topilsin.
9. m = 5 kg massali jism ufq , tekisligiga nisbatan α = 30° burchak ostida vo =20 m/s boshlang’ich tezlik bilan otilgan. Havoning qarshiligini xisobga olmay: 1) uchish vaqtida jismga ta’sir etuvchi kuch impulsi F; 2) uchish vaqtida jism impulsining o’zgarishi ∆r topilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |