Qishloq xo’jalik ishlari.
Sentyabrь oyida O’zbekistonning barcha hududlarida, shu
jumladan, Toshkent viloyatida ham asosiy xo’jalik ishlaridan biri — paxta yig’im-
terimi boshlanadi. Har bir chanog’da 3—5 pallacha bo’lib, har bir pallachada esa
paxta tolalari bilan o’rab olingan 8—9 tadan chigit bo’ladi. Paxta tolasi paxtaning eng
qimmatbaho qismi hisoblanadi. Paxta tolasidan gazmollar va boshqa ko’pgina texnik
mahsulotlar, chigitidan esa moy, kunjara va boshqa narsalar tayyorlanadi.
Sentyabrь oyida mevali bog’larda olma, behi teriladi, uzum uziladi. Bu ishlarda
bolalar ham qo’llaridan kelgancha ishtirok etishlari mumkin.
Tarbiyachilar bu paytda bahorda bog’cha hovlisiga o’tkazilgan uy o’simliklarini
tabiat burchaklariga ko’chirib o’tqazadilar.
Gulzorlarda qo’qongul, xushbo’y no’xat, ajdarog’iz (gullari katta-katta bog’
o’simligi), nasturtsiya, petuniy, sambittol, floks va tirnoqgul kabi o’simliklar
urug’ini terishni davom ettiradilar, bunda bolalar ham qatnashadi.
Oktyabrь oyida dalalarda ommaviy ravishda paxta yig’im-terimi davom etadi.
Paxta chanoqlari tungi sovuq va kunduzgi issiqning keskin ta’siri natijasida ochila
boshlaydi.
Dalalar va polizlarda karam, pomidor, lavlagi, baqlajon, kartoshka singari
sabzavotlar yig’ib-terib olinadi. Bu kabi manzarani qishloq joylarda tez-tez uchratib
turish mumkin.
Bog’larda mevali daraxtlarni qish sharoitiga tayyorlaydilar. Yerga o’simliklar
o’sishdan to’xtagan vaqtda o’g’it solinadi.
So’ngra daraxt atroflari chopib qo’yiladi, qator oralari haydaladi. Daraxtning ildiziga
yaqinroq yerlari yuzaroq haydaladi, chunki daraxt ildizlari yerning ustki qatlamiga
yaqinroq turadi. Daraxt ildizlaridan uzoqlashgan yer chuqurroq haydalishi kerak. Bunda
daraxt turlarining o’ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi lozim. Jumladan, nok va olma
daraxtlarining ildizlari olcha va olxo’rilarga nisbatan katta chuqurlikda joylashgan,
shuning uchun ham shu daraxtlar atrofidagi yerlarni chuqurroq haydash talab qilinadi.
Erni kuzgi shudgorlash vaqtida tuproqni haddan tashqari maydalab yubormay, balki
uni yirik qilib ag’darish va shu holicha qishga qoldirish kerak, bunday qilinganda
tuproq strukturasi yaxshilanib uni saqlab qolishga imkoniyat tug’iladi. Bundan
59
tashqari yerni yirik-yirik qilib ag’darish foydali, chunki u namni va qorni yaxshi
saqlaydi. Bu esa o’simlikning yaxshi rivojlanishi uchun juda muhimdir. Odatda qish
faslida tuproqning ustki qatlamida zararli hasharotlar yashirinib qoladilar. Yerni
haydash va namlash natijasida ular o’ladilar, demak ular kelgusi yil hosili uchun zarar
keltira olmaydilar.
Barglarning to’kilishi bilan barcha zararli hasharotlar ham yerga tushadilar va
to’kilgan barglar orasiga joylashib oladilar. SHuning uchun barcha axlatlarni to’plash va
yoqish yoki ko’mib tashlash kerak. Bu yerda ularning hammasi chirib o’g’itga aylanadi.
Zararli hasharotlar, ularning bolalari, lichinka va tuxumlari daraxt po’stloqlarining
yoriqlari orasida ham bo’ladi. Ularni eski, chirigan ildizlari bilan birga yo’qotish,
yoriqlarini esa suvash kerak. Daraxt tanalarini yangi go’ng yoki loy qo’shilgan ohak
bilan oqlash kerak (daraxt ildizlari kuyib ketib, zarar yetkazmasligi uchun) yoki dust
DDT (geksaxloral) ning bo’r bilan aralashmasini daraxtlarga surish kerak. Ana shu
vaqtda daraxt po’stlog’idan shiralar olib tashlanadi.
Oktyabrь oyida daraxt va novdalarni butash boshlanadi. Bu ish shoxlarning
uzunasiga qarab o’sishini to’xtatadi va yosh novdalarning rivojlanishiga yordam
beradi. Bunday holda o’simlik qishni osonlik bilan o’tkazadi. Daraxt tanasidagi
o’sishga qarshilik qilgan ortiqcha, eski, chirigan shoxlari ham qirqib tashlanadi. SHu
yo’l bilan daraxtlarning kelgusi yil rivojlanishi uchun yaxshi sharoit yaratib berishga
harakat qilinadi.
Oktyabrь oyining oxirida daraxtlar va butalarni (1 va 2-ilova) bir joydan ikkinchi
joyga ko’chirish, toklarni qish mavsumiga tayyorlash boshlanadi. Bunda toklar kesilib
ko’miladi. Toshkent viloyati sharoitida ba’zi paytlarda toklarni ko’mmasdan ham
qishlatish mumkin, ayrim hollar, ya’ni to’satdan sovuq tushishidan saqlash uchun
toklarni ko’mish maqsadga muvofiqdir. SHu maqsadda gullar, anorlar va boshqa
o’simliklar ham xashak va somon bilan o’raladi yoki qish davri uchun yerga
ko’miladi.
Xmel, pechak, chirmashuvchi gullar singari o’simliklar yig’ib olinadi yoki o’rab
qo’yiladi. Gulzorlardan kanna ildizlari, gladiolus ildizi, kartoshkagul va boshqa shu
kabi sovuqqa chidamli ko’p yillik o’simliklar tuganaklarini kavlab olinadi.
Kartoshkagul tuganaklari oftobda bir oz quritilib, so’ng salqin joyda saqlanadi.
Gladiolus ildizlari yaxshilab tuproqdan tozalanadi va doka xaltachaga solib quruq,
salqin yerga osib qo’yiladi.
Oktabrning ikkinchi yarmida kapalakgul (bo’tako’z), dastargul urug’lari sepiladi,
bular erta bahorda gulzorlarni bezaydi.
Bolalar dala va bog’larda kattalar qilayotgan ishlarni kuzatib boradilar va urug’
sepish, qirqilgan shoxchalarni yig’ish, yerni ko’p yillik o’t ildizlaridan tozalash va
ularni quritish singari ishlarda o’zlari bevosita qatnashadilar.
Noyabrь oyida dalalarda g’o’zaning ochilmagan ko’saklari ham terila boshlanadi.
g’o’zapoya yulib olinadi, ekin maydonlariga o’g’it solinib, shudgor qilinadi. Bundan
tashqari mana shu vaqtda kelgusi yil hosiliga zamin hozirlash maqsadida yoppasiga
sug’orish o’tkaziladi. Ekin maydonlari haydalgandan keyin ham sug’orish o’tkazish
mumkin. Bog’, maktab oldi maydonlarida, agar harorat 5 darajadan past bo’lmasa,
daraxt ko’chatlarini o’tqazish mumkin.
60
Noyabrь oyida daraxtlarni butash, mevali daraxtlar hamda boshqa daraxtlarda
bo’ladigan zararkunandalarga qarshi kurash ishlari davom ettiriladi. Gulxonalarni
xazonlardan tozalanadi, qizitilgan go’ng yoki sharbat va superfosfat solinadi.
SHuningdek, tuproqni kuzgi shudgor qilib qo’yiladi.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: |