Maktabgacha ta’lim vazirligi qoshida tashkil etilgan ishchi guruh
a’zolari: M.Isxoqova, N.F.Abdunazarova, I.Otaboev, M.Fayzullaeva,
M.Rustamova, S.Raximova, M.Muxamedovalar tomonidan yozilgan “Tabiat
bilan tanishtirish metodikasi” nomli uslubiy qo’llanmaga
TAQRIZ
Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama
kamol toptirish va
tarbiyalashning eng samarali usullaridan biri bu tabiat bilan tanishtirishdir.
Tabiat — bolani ma’naviy boyitishning bitmas-tuganmas manbaidir. Bolalar
doimo u yoki bu shaklda tabiat bilan aloqada bo’ladilar. Ularni yam-yashil o’tloqlar,
anvoi gullar, kapalaklar, qo’ng’izlar, qushlar, hayvonlar, suzib yurgan bulutlar, pag’a-
pag’a yog’ayotgan qor uchqunlari, jilg’a va ko’lmaklar o’ziga jalb qiladi. O’simlik
hamda hayvonotlarning xilma-xil olami bolalarda tabiatga nisbatan jonli qiziqish va
havas uyg’otadi, ularni faoliyatga undaydi. Tabiat bilan muloqotda bo’lish bolalarda
atrof-olam
haqida realistik bilim, jonli mavjudotga insoniy munosabatda bo’lishni
shakllantirishga yordam beradi.
Bolani tabiat bilan tanishtirish, uni tabiatni tushunishga o’rgatish, tabiatga
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni tarbiyalash maktabgacha ta’lim
muassasalarining eng muhim vazifasidir. Bolalar tabiat haqida juda bo’lmaganda ilk
bilimlarni egallab olib, o’simliklarni o’stirish, hayvonlarni parvarish qilishning oddiy
usullarini o’rganib,
tabiatni kuzatish, uning go’zalliklarini ko’ra olishni bilib olgan
taqdirdagina ularda tabiatga nisbatan ehtiyotkorlik va g’amxo’rona munosabatda
bo’lishni tarbiyalash imkoniyati tug’iladi. Bolalarda tabiatga jonajon o’lka, ona-
Vatanga muhabbat xuddi mana shu asosda shakllanadi.
Mualliflar tomonidan yozilgan metodik qo’llanmada Maktabgacha ta’lim
vazirligi tomonidan joriy etilgan O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan
Davlat talablari, ―Ilk qadam‖ Davlat
o’quv dasturida berilgan yillik mavzuviy reja asosida oy mavzulari va hafta
mavzulariga asoslanib, O’zbekistonning o’ziga
xos etnik xususiyatlari, geografik
iqlimi, tabiiy xususiyatlari o’rin olgan hamda amaliyotda erishilgan yutuqlar asosida
ta’lim-tarbiya haqida nazariy g’oyalar berilgan.
Mualliflar tomonidan yozilgan metodik qo’llanma olti bobdan iborat. Mazkur
boblarda mualliflar tabiat bilan tanishtirish metodikasi
fanining fan sifatida
shakllanishi va rivojlanishi, bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodlari, bolalarni
tabiat bilan
tanishtirishning shakllari, bolalarni tabiat bilan tanishtirishning shart-
sharoitlari, bolalarni yil fasllari bilan tanishtirish, maktabgacha ta’lim muassasalarda
tabiat bilan tanishtirishning ish mazmuni mavzularini amaliy
jihatdan tarbiyachiga
tushunarli tarzda yoritib berganlar va namuna mashg’ulot ishlanmasini keltirganlar.
Mualliflar tomonidan yozilgan metodik qo’llanma maktabgacha ta’lim
muassasasi tarbiyachilari uchun eng muhimi, ta’lim-tarbiya tizimini tushunib olish,
tabiat bilan tanishtirishning shakl,
metod va uslublarini, shu bilan birga, bolalarning
bilim-faoliyatlariga rahbarlik qilishni o’rganishga yo’naltirilgan bo’lib tarbiyachilan