Malakasini oshirish instituti tabiat bilan tanishtirish


V BOB. BOLALARNI YIL FASLLARI BILAN TANISHTIRISH



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/139
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#431678
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   139
Bog'liq
Tabiat bilan tanish oquv qollanma

V BOB.
BOLALARNI YIL FASLLARI BILAN TANISHTIRISH 
 
1. Kuz fasliga tavsifnoma
Ob-havodagi o’zgarishlar. 
Kuzda harorat asta-sekin pasayib boradi, buning 
natijasida o’simlik va hayvonot dunyosi hayotida o’zgarish hamda susayish ro’y beradi 
(o’simlik barglari sarg’ayadi, to’kiladi, ba’zi qushlar uchib ketib, boshqalari uchib 
keladi va hokazo). 
Sentyabrь kuz faslining birinchi oyidir, biroq O’zbekistonda sentyabrь oyida ham 
yoz faslidagidek issiq bo’ladi. Sentyabrь oyida havo issiq bo’lib, kechalari harorat +7 
darajagacha tushib ketadi. Kunduz kunlari esa +20+25 darajagacha ko’tariladi. 
Oktyabrь odatdagidek kuz oyi hisoblanadi. Bu oyda o’lkamiz quyoshli, issiq va 
quruq bo’ladi, kunning birinchi yarmida harorat +7+10 daraja bo’ladi, kunduz kunlari 
+15+23 darajaga, ba’zi hollarda esa +27 darajagacha ko’tariladi. 
Ana shunday juda issiq vaqtlarda o’simliklar, ayniqsa gunafsha, dastargul va
boshqalar 2 marta gullaydi. 
Hayvonlar dunyosida ham bahorgi hodisalarning takrorlanishini ko’rish mumkin: 
g’urraklar g’urullay boshlaydi, to’rg’aylar sayraydi, qurbaqalar qurullaydi, ba’zi bir 
hasharotlarda esa kuzgi urchish boshlanadi. 
Oktyabrь oyining ikkinchi yarmida harorat odatda pasayadi, ertalab +3+5 daraja 
bo’lib, kunduz kunlari esa +16+20 darajagacha ko’tariladi. Uzoq yillik tajriba shuni 
ko’rsatadiki, o’simliklarning katta qismini va ayniqsa, qishloq xo’jalik 


54 
o’simliklaridan paxta, kartoshka, pomidor, bodring va boshqalarni sovuq uradigan 
ayozlar o’lkamizda taxminan 12—18-oktabrlarda boshlanadi. 
Sovuq tushishi — bu haroratning qisqa vaqtli pasayishi bo’lib, yer qatlamlari va yer 
yuzasining ustki qatlamlari nolь darajadan pastroq bo’ladi. Ana shunday dastlabki 
ayozlar kuz faslining boshlanganidan dalolat beradi. SHimoliy kenglikdan sovuq 
shamol esa boshlashi bilan sovuqlar boshlanadi. Sovuq darajasi joyning relefiga va 
tuproqning issiqligiga bog’liq bo’ladi. 
Odatda, sovuq tushganining dastlabki kuni kunduzi, ba’zi hollarda esa tunda 
havoning bulutli bo’lishi kutiladi. Agar, kechasi osmon bulutsiz bo’lsa, yer ustki 
qatlamlarining parlanishi natijasida yerning yuza qatlami muzlaydi. Bunday sovush yer 
qatlamlariga tegib, havoning haroratini yanada ko’proq pasaytiradi. Sovuqning dastlabki 
to’lqinlari o’zi qoplagan barcha hududni ozgina muzlatadi, u faqatgina past joylarga 
tarqaladi va bir-ikki kun davom etadi. Agar havo to’lqinining harorati nolь darajadan 
past bo’lsagina muzlash barcha hududga yoyilishi mumkin. SHunda tuproq va 
o’simliklarning ustki qatlamlariga ertalabki shudring tushadi. 
Ba’zi vaqtlarda oktyabrь oyida kuchli va sovuq shamollar aralash yomg’irlar ham 
yog’ib o’tadi. Bunday paytlarda tarbiyachi bolalarning diqqat-etiborini daraxtlarning 
katta shoxlari va ingichka novdalarning tebranishiga jalb etadi. 
Noyabrь qishga o’tish oyi hisoblanadi. Odatda noyabrь oyida o’lkamizda ob-
havo qulay bo’lmaydi: goh yomg’ir, goh qor yog’adi, kun goho iliq, goho sovuq 
bo’lib turadi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish