55
ko’k va ikkita sariq pigmentdan iboratdir. Xlorofillning parchalanish vaqtida (ko’k va
sariq pigmentlar) sariq rangdagi yana yangi moddalar paydo bo’ladi. Ana shu moddalar
kuzda barglarni sariq rangga bo’yaydi. Barglardagi hosil bo’lgan pigmentlar, oradan
birmuncha vaqt o’tgach parchalanadi va barglar qo’ng’ir tusga kiradi.
Barglarning
qo’ng’ir rangga kirishi ularning xazon bo’lishidan dalolat beradi.
Bundan tashqari barglarning sariq tuslari qizg’ish tusga, qizg’ish tusdan to’q
binafsha tusga o’tadi. Maktabgacha ta’limlarining tarbiyachilari esa tabiatda
bo’layotgan bunday o’zgarishlarga bolalarning e’tiborini jalb qiladilar. Bu rang
antotsian
deb ataluvchi alohida pigmentga bog’liq bo’ladi.
Har turli qizg’ish barglarning tusi barglardagi nordon va ishqor moddalarning
mavjudligiga bog’liq bo’ladi.
Kuchli yorug’ va past harorat bo’lgandagina barglarda antotsian hosil bo’ladi.
Barglarda shakar moddalarining mavjudligi antotsian hosil bo’lishining muhim
shartlaridan biridir. Ma’lumki, kuzda harorat pasayishi bilan shakar kraxmalga
aylanadi.
Barglarning kuzdagi rang o’zgarishi bilan tiniq rangli zarang ilgariroq o’zgara
boshlaydi (ular och sariq rang hosil qiladilar) va majnuntolning barglari to’q sariq,
oqish tusga kiradi.
Uzum, o’rik, nok va keyinroq esa qayrag’och, shaftoli
va boshqa daraxtlarning
barglari sarg’ayib, qizg’ish tusga kiradi.
Oktyabrь oyida, odatda, quruq ob-havo sharoitida barglar rangining o’zgarishi
tezlashadi va ular o’ziga xos go’zallik kasb etadi: barglar yana ham ravshanroq tus
oladi. Tarbiyachi bolalarning diqqat-e’tiborini daraxtlarning go’zalligiga jalb qiladi.
Bolalar barglardan guldastalar yasaydilar va ular bilan tabiat burchaklari, shkaflar,
jovonlarni bezatadilar.
Barglarning rangi o’zgara borishi bilan asta-sekin xazon bo’la boshlaydi va
o’simliklarning qishga tayyorlanishiga zamin hozirlaydi,
chunki bunday tayyorgarlik
o’simliklar hayoti bilan bog’liqdir. Oktyabrь oyida barglar to’kila boshlaydi. Avvalo
zarang daraxtining barglari to’kiladi, keyinchalik esa, akatsiya, qayrag’och,
gledichiya, eman, yong’oq, oq terak va chinorlarning barglari to’kila boshlaydi.
Zarang daraxtining siyraklashgan barglari orasidan juft-juft bo’lib o’suvchi bir
pallali meva boshlari ko’rinib turadi. «Pallalar» orasida jigarrang, yumaloq urug’lari
bo’ladi. Kuzda to’kilgan urug’dan yana daraxt o’sib chiqaveradi. Zarang
daraxtining urug’lari juda ko’p bo’ladi, uzoq payt yaxshi saqlanadi (buzilmaydi),
shuning uchun bu daraxtning unib o’sishini kuzatish
va shunday daraxtlarni ekib
o’stirishga bolalarni jalb qilish oson. SHu maqsadda kuz faslida zarang, shumtol va
boshqa daraxt navlarining urugiarini yig’ish tavsiya etiladi.
Xazonrezgilik o’simlik hayotida katta ahamiyatga egadir. Agar barglar
to’kilmaganida, eski barglar daraxt tanasidagi namlikni parlatib yuborar, natijada
daraxtlar qurib qolgan bo’lar edi, shuning uchun ham barglarning to’kilishi
o’simliklarni qurib qolishdan saqlaydi.
Bundan tashqari, barglar to’kilmasa, qishda
qorni tutib qolub, novdalarga zarar yetkazar edi. Barglarning to’kilishi bilan
o’simliklarning hayot kechirishlari uchun zararli bo’lgan shavel kislotasi yo’qoladi, Bu
nuqtai nazardan qaraganda o’simliklar bargining to’kilishi ularning yashashi uchun
56
tug’ilgan yangi shart-sharoit hisoblanadi. Barglarning to’kila borishi turli daraxtlarda
turlicha: eman daraxtining barglari bir necha kundayoq to’kilib bo’ladi, teraklarda esa
uzoqroq saqlanadi. Jumladan, terak sovuq tushguncha ko’karib turadi,
sovuq
tushgach esa barcha barglari tezda to’kiladi.
Bolalar barglarning to’kilishi ustida bir necha marta kuzatish olib borishlari
natijasida kuz fasliga xos xazonrezgilik haqida to’g’ri tasavvurga ega bo’ladilar.
Noyabrь oyida daraxt va butalarning barglari ko’proq sarg’ayib qo’ng’ir tusga
kiradi, keyinchalik asta-sekin to’kilib tamom bo’ladi. Eman, chinor va boshqa
daraxtlarning barglari ayrim hollarda qattiq sovuq tushgunga qadar ham ko’m-ko’k
bo’lib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: