64
o’simlik) va boshqa gullarning urug’lari ekiladi. Parnik va issiqxonalarda ertangi
rediska, bodring, ertangi karam va boshqa sabzavotlar o’stiriladi.
Iliq kunlar
bo’lganda maktabgacha ta’lim muassasasi hovlisida rediska urug’i sepiladi. Bunda
bolalar ham qatnashadilar.
Ana shu vaqtda ko’chalar, istirohat bog’larini obodonlashtirish ishlari boshlanadi,
har turli daraxtlar: eman, chinor, qayrag’och, kashtan (qora qayinlar oilasiga mansub
daraxt va shu daraxting yong’og’i), shumtol daraxtining barcha turlari, teraklarning
barcha turlari,
oq akatsiya, zarang, gledichiya, aylant, qora tol va boshqa daraxt
ko’chatlari ekiladi.
Ko’chalarni
ko’kalamzorlashtirishda shu narsani esda tutish kerakki,
hatto tez o’sadigan daraxt ko’chatlari ham kamida 5—6 yil o’tgandan
keyin chiroyli
manzara beradi, sekin o’sadigan daraxt ko’chatlari esa oradan 10—12 yil o’tgandan
keyingina dekorativ manzara kasb etadi. Gullaydigan va dekorativ butalar ikkinchi
yili va hatto o’tqazilgan birinchi yiliyoq ko’kalamzor ko’rinishini beradi. Mana
shuning uchun ham birinchi yili zarang, shumtol singari tez o’sadigan daraxtlar va
ko’chatlarni o’tqazish,
keyingi yillarda esa, shar tusidagi va piramida sifat
qayrag’och, shuningdek, sekin o’sadigan eman, kashtan singari daraxtlarning
ko’chatlarini o’tqazish tavsiya qilinadi.
Fevralь oyida legistrum (jonli devor), buldonej, nastarin, shumtol (oq xushbo’y
gulli daraxt), jasmin (xo’shbo’y oq gulli o’simlik)
daraxtlarining qalamchalari
o’tqazila boshlaydi.
Agar maktabgacha ta’lim muassasalari hovlilarida tut daraxtlari bo’lsa, bu holda
daraxt taglarida qishlagan tut zararkunandalariga qarshi kurash olib boriladi. Fevralь
oyida g’umbaklardan chiqqan to’q kul rangdagi ona qurtlar barglarga tirmashib
chiqib, daraxt tanasidagi yoriq joylarga tuxum qo’yadilar. Kapalak qurti tut
daraxtining po’stlog’i
va barglarini yeydi, Tut daraxtlarining ommaviy ravishda
ko’karishiga zarar yetkazuvchi hasharotlarni yo’qotish uchun har bir daraxtga 3—4
litrdan 5%li geksaxloran sepiladi.
Agar havo issiq kelsa, fevralь oyida ham ekin ekishga kurishish mumkin. Bunda
donli ekinlar va yer ishlari uchun juda qimmatli bo’lgan o’t o’simligi — bedani ekish
mumkin. Beda ko’p yillik dukkakli o’simlikdir. Yaxshi
parvarish qilinganda uni
yiliga 4—5 marta o’rib olish mumkin. U mollarga to’yimli ozuqa sifatida beriladi.
Bundan tashqari, beda ekilgan tuproqning tuzilishi o’zgaradi va yerning
hosildorligi ortadi.
3.
Do'stlaringiz bilan baham: