Qushlar va hasharotlar hayotidagi o’zgarishlar.
Qish vaqtida o’simliklarning
uyquga ketishi munosabati bilan bu davrda bolalarning diqqat-e’tiborini qushlar
hayotiga va holatiga jalb etish mumkin. Dekabrь oyida shahar va qishloqlarda,
aholi yashaydigan punktlarda chumchuqlar, qarg’alar, zag’chalar va boshqa
qishlaydigan parrandalar yig’iladi. Ular o’ralar, axlatxonalar, shuningdek, serqatnov
yo’llarda ozuqa qidiradilar. Ovqatlanib bo’lishgach, bog’ va xiyobonlarga uchib
ketadilar. Daraxtlarning shoxlarida dam oladilar. So’ng, yana hovlima-hovli uchib
keladilar. Qorong’i tushishi bilanoq to’da-to’da bo’lib uchib ketib, baland
daraxtlarning shoxlariga qo’nib tunaydilar.
Dekabrь oyida shahar atroflaridan ko’kraklari oq-qora rangli katta chittaklar uchib
keladilar va Toshkent bog’ va xiyobonlarini to’ldirib yuboradilar. Ular, daraxtlarning
kavaklari va shoxlarida qishlagan hasharotlarni topib yeydilar. Ular hasharotlarning
yuz minglarcha tuxumlarini ham tozalaydilar. Ba’zi vaqtlarda zyabliklar ham
uchraydi. Quyoshli kunlarda qushlar ko’proq harakatchan, quvnoq bo’lishadi, bunga
bolalarning diqqatini jalb etish kerak.
SHahar atrofidagi joylarda bu vaqtda ko’pgina so’fito’rg’aylarni uchratish mumkin,
ular dalalardagi yovvoyi o’tlarning urug’larini terib yeydilar. SHuningdek, bu
vaqtda bog’lar va odamlar yashaydigan yerlarga yaqin kelib yashovchi
zag’izg’onlarni ham uchratamiz.
Dekabrь oyida qorayaloq va chittaklarning sayrashi eshitiladi. Bog’larda
qizilquyruqlar
paydo bo’ladi. Kam-kam uchrasada, har o’n yilda bir marta sovuq
qish vaqtida snegirlar paydo bo’lishadi. Ular sekin-sekin hushtak chalib uchadilar.
Bunda ota qushgina emas, balki ona qush ham sayraydi (ba’zi qushlarda esa ona
qushlar sira sayramaydi).
Doimiy qishlovchi qushlar bilan birgalikda ahyon-ahyonda jarqanotlarni uchratish
mumkin. Bu qushlar tog’ qoyalaridan shaharga tushib kelishadi va xoliroq yerdagi
g’isht devorli binolarga joylashadilar.
Qor yoqqan vaqtda bu qushlar och qolishadi va hatto ochlikdan o’la
boshlaydilar. Ular birovning ovqat berishiga muhtoj bo’lib qoladilar. SHuning
62
uchun maktabgacha ta’lim muassasalari hovlilarida qushlarni oziqlantirish
maqsadida har turli inlar yasab qo’yish kerak. Bunday manzara bolalar bilan birgalikda
qushlarning harakatlarini kuzatish imkoniyatini beradi. Qushlarni cho’chitib
yubormaslik maqsadida inlar uchun tinch yerlarni tanlaydilar. Ularni daraxtlarga,
uylarning devorlariga osib qo’yadilar, deraza tokchalariga o’rnatadilar.
Donxo’rak yoki inlarda do’lmo ozuqa bo’lishi kerak. Qushlar bunday ozuqalarga
ko’nikadilar va har kuni ma’lum soatlarda uchib keladilar. Bolalar qushchalar
to’g’risida g’amxo’rlik qiladilar, deyarli har kuni ularga ozuqa berib turadilar.
Kuzatish vaqtida har turli qushlarning o’zlarini qanday tutayotganlarini, shuningdek,
qaysi bir ozuqani manzur ko’rishlarini payqab olish mumkin. Hatto hasharotni
zaharlovchi chittaklar ham qish faslida urug’liklar bilan oziqlanadilar. Yog’ ularning
asosiy ovqati bo’lib hisoblanadi.
Qushlar gavjum bo’lishib, oziq-ovqat qidirishni davom ettiradilar. Kunduz kunlari
to’da-to’da qarg’alar, ko’kqarg’alar va go’ngqarg’alarning uchib yurishlarini ko’rish
mumkin, shuningdek ko’pgina sa’valar va g’urraklar ham uchib yurishadi. Bog’larda
qorayaloqning qattiq qichqirishi ahyon-ahyonda eshitilib tursada, lekin uning sayrashi
endi eshitilmaydi. Ko’pincha qorayaloqlar ariqlarning bo’ylarini kavlayotganliklarini,
shuningdek, bog’lardagi na’mataklarning donini topib cho’qiyotganligini ko’rish
mumkin.
Ba’zan Toshkentning Salar va Qorasuv bo’ylarida jiblajibonlarni uchratish
mumkin. Ular bahorda uchib kelib, bu yerda qishlash uchun qolishadi.
Yanvarь oyining boshlarida g’urraklarning g’urullashi eshitila boshlaydi. Yanvarь
oyining o’rtalarida esa g’urraklarning akatsiya daraxtlarining chiviqlaridan mayda
tayoqchalar va quruq qobiqlardan uyalar qurishga kirishganliklarini bolalar bilan
birgalikda kuzatish mumkin.
Fevralь oyida qushlar oziqlantirishga muhtoj bo’ladilar. Fevralning oxirida
qushlar galasi qo’shaloq-qo’shaloq bo’lib ajraladi. Keyinchalik ular uya qurish
uchun shahardan chetdagi joylarga uchib ketadilar. CHittaklar bahor oldi
qo’shiqlarini «kuylaydilar».
Fevralь oyida g’urraklar tuxum ochib, 15 kun tuxum bosadilar. Tuxumdan chiqqan
yosh g’urraklar o’z uyasida o’n kun qoladi. G’urrak bir yilda besh marta tuxum
qo’yadi.
G’
urraklar kaptarlar singari biologik tomondan juda qiziq bo’ladilar. Ular
sut emizuvchilar singari qushchalarni boqish uchun o’zlaridan ozuqa moddasi ishlab
chiqaradilar: bu ichki bezlardan ajralib chiqadi. Ona qush og’zini ochadi, qushchalar
esa ozuqani cho’qib oladilar.
Fevralь oyining oxirlarida shaharlardan jiblajibonlar uchib kelishadi.
Kechki payt shaharga yana ko’pgina zag’chalar va ko’kqarg’alar uchib kelishadi.
Tunash uchun baland daraxtlarning shoxlariga qo’nayotganlarida ularning shovqinlari va
qichqiriqlari eshitiladi. Biroq ular asta-sekin sovuq o’lkalarga uchib keta boshlaydilar.
Bulutli kunlarda qorong’i tusha boshlashi bilan mayda ko’rshapalaklarni ko’rish
mumkin. Bular barcha ko’rshapalaklar ichida eng kichigi hisoblanadi. Ularning qish
faslida g’orlarda qishlovchi ko’pgina boshqa ko’rshapalaklardan farqi shundaki, ular
yil bo’yi binolarning yoriqlarida yashaydi va haroratning ko’tarilishi bilan birinchi
63
bo’lib uyg’onadi. Qorong’i tushishi bilanoq ovoz chiqarmasdan ucha boshlaydi hamda
chivin, pashsha va boshqa jonivorlarni tutib yeydi. Yerda qishlagan tut kapalaklari
fevralь oyida kapalak qurtlari chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |