Ning “ 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami” ga bag’ishlab o’tkazilgan tadbir “ayol go‘zalligi olamni bezar”



Download 124 Kb.
Sana11.08.2021
Hajmi124 Kb.
#145166
Bog'liq
8 мартга ТАДБИР СЕНАРИЙСИ янги


____________ tumani xalq ta’limi bo’limi

__-umumiy o’rta ta’lim maktabi ____________________ sinf o’qituvchisi

______________________ning

“ 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami” ga bag’ishlab o’tkazilgan tadbir



AYOL GO‘ZALLIGI  OLAMNI BEZAR”


8 mart xalqaro Xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan tadbir ishlanmasi

Sahna bayram ruhiyatiga mos qilib bezatilgan. Magnit tasmasida bahor valsi kuyi eshitilib turibdi. Davraga boshlovchilar kirib keladi.

1-boshlovchi: Lola, gullar barq urib, bog‘ ichra xandon ushbu kun

Chehralar gulgun ochilgan, sho‘x xiromon ushbu kun.

Sayramoqda bog‘ aro bulbul, yayrab sho‘x kuylarin,

Nur sochib keldi bahor, mohitabon ushbu kun.

2-boshlovchi: Assalomu alaykum aziz ustozlar, qadrli ayollar, muhtarama onaxonlar, dilbar singillar, o‘lkamizga o‘zining go‘zal tarovati bilan, chiroyi bilan bahor fasli kirib keldi, odamda bahor faslini ayollarga qiyoslashadi. Bu judayam haqli o‘xshatish.

1-boshlovchi: Ha azizlar bugun diyorimizda bahor va ayollar bayrami. Barcha yurtimiz ayollarini, onaxonlarimizni, ulug‘ ayyom bilan samimiy qutlaymiz. Oilalaringizga tinch-totuvlik, ro‘zg‘oringizga qut-baraka, dasturxoningizga to‘kin-sochinlik tilaymiz.

1-boshlovchi:Ona ulug‘ zot, ona mo‘‘tabar. Aziz va munis ustozlarimiz bugungi bayram bilan tabriklash uchun so‘z institut rektori, psixologiya fanlari nomzodi F.Ro‘ziqulovga.

2-boshlovchi: Onaxonlarimiz, ayollarimiz, qizlarimiz doimo go‘zal, quvnoq, dilbar va iboli bo‘lib yurishlariga tilakdoshmiz. Bugungi bayram tadbirida ijro etiladigan kuy va qo‘shiqlar, jozibali raqslar, she’rlar sizlar uchun yangraydi aziz ayollar.

1-boshlovchi: Dunyoda ne dilbar erur, desam derman ayol qalbi

Dilni erkalovchi dilbar, bilmasang bil ayol qalbi

Toqqa intilib netarsan, cho‘qqisini ko‘rayin deb

YUksaklikda baland tog‘dan alik olar ayol qalbi

2-boshlovchi: She’r. "Bahor” tarix kurs tinglovchilari

1-boshlovchi: Boshlang‘ich ta’lim kursi tinglovchilari tomonidan sahna ko‘rinishi.

2-boshlovchi: Qadimlardan qirqta joni bo‘lgan ayol,

Jannatlarning shavkat-shoni bo‘lgan ayol,

Eng ulug‘ xonlarning xoni bo‘lgan ayol

Qirqta joningizga boylanib sizning

Qirq birinchi joningizga aylanay sizning

1-boshlovchi: YUraklarda qaynoq mehr undirasiz,

Uyimizni o‘g‘il-qizga to‘ldirasiz.

Yo‘qni yo‘yib, borini xo‘p do‘ndirasiz,

Qirqta joningizga boylanay sizning

Qirq birinchi joningizga aylanay sizning

2-boshlovchi: Tarix kursi tinglovchisi ijrosida "Ona” monologi.

1-boshlovchi: Aziz onajonlar, dilbar singillar,

Ayollar orzungiz, bugun ushalsin

Toshlardan yursangiz, ko‘karsin gullar

Qutlug‘ poyingizga jambul to‘shalsin.

2-boshlovchi: Onalar bor, olam qo‘shiq qonadir

Onalarni maqtasa dil quvonadir

Farzand uchun kim quvonib, yonadir

Onadir ul, onadir ul, onadir.

1-boshlovchi:Onajonlarimizni, ayollarimizni tabriklash uchun so‘z ona tili va adabiyoti kursi tinglovchilariga

2boshlovchi: Ayolni adroqla, ko‘zlaringga surt,

Uning ul pokiza barmoqlarini,

Ayolni ardoqla ko‘z yoshdan arit

Xudo yorlaqagan yonoqlarini.

1-boshlovchi: Ayol haqida she’r boshlang‘ich ta’lim kursi tinglovchilari tomonidan

2-boshlovchi: Qo‘shiq: "Onajon” maktabgacha ta’lim kurs tinglovchilari ishtirokida

1-boshlovchi: Bugun o‘zgachadur jilvai olam,

Bugun o‘zgachadur borliqda xanda.

Bugun ko‘zlarimga go‘yo quyosh ham

Shafaq gulxaniday teran chirmanda.

2-boshlovchi: Kurs tinglovchilari ijrosida o‘zbek xalq laparlaridan tinglang.

1-boshlovchi: Qo‘shiq: Etakchilar kursi tinglovchilari ijrosida.

2-boshlovchi: Aziz ayollar, qadrli onaxonlar, ustozlar sizlarni bugungi bayram bilan qutlash uchun so‘zni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor S.Quvondiqovga.

1-boshlovchi: Hurmatli davramiz qatnashchilari shuning bilan 8 mart xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri nixoyasiga yetdi.

E’tiboringiz uchun rahmat.
Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish