1-boshlovchi:Salqin saharlarda,bodom gulida,
Binafsha labida,yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi
Bahmal vodiylarda,qirlarda bahor.
2-boshlovchi: Assalomu alaykum ,munis onajonlar,Aziz hamkasblar opalar-singillar ,go’zal va lobar qizlar.Mana,o’lkamizga bahor fasli kirib keldi .Bahor faslida nishonlanadigan bayramlardan biri 8-mart xotin –qizlar bayramidir.
1-boshlovchi:Bugun shu bayram munosabati bilan tadbir tashkil qildik .O’ylaymizki biz yigitlar tomonidan tayyorlangan tadbir dasturi oz bulsada ko’nglingizdan joy egallaydi degan umiddamiz.Marhamat tomosha qiling.
2-boshlovchi: davramizni ko’tarinki ruhda boshlash uchun navbatni bayramga tashrif buyurgan kelin kuyovlarimizga beramiz va ularni yor yor sadolari ostida kutib olamiz
1-boshlovchi: Husn-u malohatning tengsiz timsoli,
Farzand baxtin ko’rish o’y-u xayoli.
Farishtaga o’rnak oydek jamoli,
Aziz mukkaramsan-o’zbek ayol
2-boshlovchi: Sen uchun farzandning baxti bo’lsa bas
O’tkinchi dunyoni qilmaysan havas.
Har kiygan libosing malaklarga xos
Muqaddas, azizsan- o’zbek ayoli
1-boshlovchi: Sen uchun boshimiz egikdir mudom,
Sen uchun yurakda,dilda ehtirom,
Nomihg aytsam,jaranglar bir nom
Aziz va munissan-o’zbek ayoli.
2-boshlovchi: Onalar haqida qancha gapirmaylik ‘qanchalik e’zozlasak shuncha oz.
1-boshlovchi:Bayramingiz muborak bo’lsin,aziz va mehribon buvijonlar,onajonlar hamda opa-singiljonlar!Baxtimizga hamisha sog’-omon bo’ling,chehrangisdan quvonch, yuzingizdan doimo tabassum, mehr to’la ko’zlaringizdan baxt ,shodlik yog’ilib tursin.
Onamga deb. Hursand bo’ldim---nigoh soldim, olamga deb O’ynab kuldim, mung yarashmas nolamga deb, Avvallari so’ramabman, o’zimdan hech, Nima qildim yolqizgina onamga deb.
Onangiz gar bor bo’lsalar, mador bo’ling G’animat deb xizmatida tayyor bo’ling, Bobur kabi so’ng o’rtangmang, hushyor bo’ling, Nima qildim yolg’izgina onamga deb.
Qiziqarli shartlar 1-shart Tasavvur qiling ro’parangizda onangiz turibdi. Siz Onangizga dilingizdagi eng yaxshi tuyg’ularingizni bildiring .Shu sahnani jonlantiring. (Harakatlar bilan)
2-shart Ish faoliyatingiz davomida tortishib qolgan hamkasbingizdan kechirim so’rash imkoniyati berildi .Bundan foydalaning va raqsga taklif qiling
3-shart Xushvaqtov va Tog’ayev davra markaziga taklif qilinadi .
O’zingiz uchun eng yaxshi ustoz deb bilgan o’qituvchilarimizdan raqsga taklif qilasiz va juftlik bo’lib raqsga tushasiz.
4-shart Onalarga bag’ishlangan qo’shiq ijro qilib bering .
5-shart Normo’minov va Qulliyev davraga taklif qilinadi:
Tasavvur qiling Normo’minov maktab direktori (ya’ni, Salimova ) obrazida ,Qulliyev esa biologiya fani o’qituvchisi (Qo’yliyeva) obrazida .
Deriktor bergan topshiriqni 2kun bo’lsa hamki bajarmadingiz .Rahbarning sizdan qattiq jahli chiqqan va sizni xonasiga chaqirib tanbeh bermoqda.Siz vaziyatdan shunday yumshoq holatda chiqib ketingki ,natijada director sizni kechirsin. Rolni bajarayotganingizda obrazlarning gaplari va harakatlaridan foydalaning .
6-shart Guli opa va Dilzor opa davraga taklif qilinadi. Milliy musiqaga zamonaviy raqs tushib bering ..raqs tugagach hamkasblar olqishlari orqali baholanadi.
7-shart sheribom (davradagi ustozlardan tanlab olinadi ) .