«BUVIJONLAR MAKTABI» TOʼGАRАGI UCHUN YOʼRIQNOMА
Samarqand tumani-2021
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida“ gi PQ-4884 sonli qarori ijrosi yuzasidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Buvijonlar maktabi“ to’garagi faoliyatini yo’lga qo’yish bo’yicha
Yo’riqnoma
Mazkur yo’riqnoma O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6-noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” PQ-4884 va 2020-yil 6-noyabrdagi “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PF-6108 sonli farmonlari asosida ishlab chiqildi.
Umumiy qoidalar
Ushbu yoʼriqnomada kichik va maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy qadriyatlarimizga muhabbat uyg’otish, xalq og’zaki ijodi namunalari orqali odob- axloq durdonalarini shakllantirish, ularning qalbida mehnatsevarlik, rostgoʼylik, kamtarlik, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish kabi ijobiy xislatlarni tarkib toptirish bosh maqsad qilib olingan. Yoʼriqnoma bolalarni oʼz oila a'zolariga, qarindosh - urugʼlariga, yaqin doʼstlariga mehr-muhabbatli boʼlishga chaqiradi. Shuningdek, uyda, koʼchada oʼzini tutish, ota-onasini hurmat qilish, kattalar oldida odob saqlash, aka-ukalariga gʼamxoʼrlik koʼrsatish, ilm olishga qiziqish, tozalikka rioya qilish ilk saboqlari bayon qilinadi.
To’garakning maqsad va vazifalari
Mamlakatimizda yosh avlodni sogʼlom, barkamol va yetuk insonlar boʼlib yetishishi uchun bir qator vazifalar belgilab berilgan. Jumladan kichik yoshdagi (3-5 yosh) va maktabgacha yoshdagi (5-7 yosh) bolalarda orastalik, sarishtalik, mehnatsevarlik, ibo-hayo, toʼgʼri soʼzlilik kabi goʼzal fazilatlarni tarbiyalashga qaratilgan “Buvijonlar maktabi” toʼgaragi yoʼriqnomasini misol tariqasida keltirish mumkin.
“Buvijonlar maktabi” toʼgaragi yoʼriqnomasi bolalarimizda mehnatsevarlik, toʼgʼrisoʼzlik, rostgoʼylik, kamtarlik, oʼz tugʼishganlariga, qarindosh-urugʼlariga, yaqin doʼstlariga nisbatan mehr-muhabbatli boʼlishga, sogʼlom turmush tarzini tarbiyalashga qaratilgan.
“Buvijonlar maktabi” toʼgaragi yoʼriqnomasi zaminida uyda oʼzini tutish, ota-onasini aytganiga quloq solish, aka-ukalariga gʼamhoʼrlik koʼrsatish, toʼgʼrisoʼz boʼlish, mehnat qilish, ilm olishga qiziqish, boʼsh vaqtini bekor oʼtkazmaslik, tozalikka rioya qilish, kattalar oldida odob saqlash, pazandalikdan ilk saboqlar olish kabi qator axloq-odob qoidalari, yoʼl-yoʼriqlari yotadi.
“Buvijonlar maktabi” toʼgaragi yoʼriqnomasi boʼyicha bolalar egallashi zarur boʼlgan tushuncha, bilim va koʼnikmalarni shakllantirishda murabbiy, ota- onalar bolalarni odob- axloq haqida tushunchalar bilan tanishtirish boʼyicha davlat talablari yaʼni ularga beriladigan bilimlar hajmini hamda uni amalga oshirish yoʼllari, uslublarini bilishlari kerak.
Ushbu uslubiy qoʼllanmada 3-7 yoshdagi bolalarga odob-axloq haqida tushunchalar aniq mavzularga boʼlib berilgan. Bayon etilgan taʼlim-tarbiya mavzularini suhbat, oʼyin, mehnat, sahnalashtirilgan lavhalar, shaklida, turli-tuman rasmlar, ertak, rivoyat, hikoyat, maqollardan foydalangan holda qiziqarli qilib oʼtish tavsiya etiladi.
“
Do'stlaringiz bilan baham: |