BUVIJONLAR MAKTABI” to’garafi faoliyatini amalga oshirish mexanizmlari
Maktabgacha yoshdagi bolalarda odob va axloq tarbiyasi maʼnaviy va maʼrifiy tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida uning umumiy boshlangʼich tarbiya masalalariga muvofiq ravishda olib boriladi. Zero, maktabgacha taʼlim yoshidagi shakllanadigan dastlabki maʼnaviy ong, his-tuygʼu va axloq butun bolalik faoliyatiga, oʼzoro hamda kattalar bilan boʼladigan munosabatga u yoki bu tarzda taʼsir etadi. Shunga koʼra bolalarda olib boriladigan odob va ahloqqa oid dastlabki tasavvurlar bevosita faoliyat jarayonida oila hamkorligida berilishi va unda quyidagilar hisobga olinishi zarur:
-bolalarning ilk yoshidan boshlab, ularga oʼzbek xalqining milliy urf-odatlari, anʼanalari va insoniy xislatlari asosida tarbiya berish;
- Madaniy – gigiyenik koʼnikmalarni egallash va oʼz-oʼziga xizmat qilish asosida tarbiya berish.
Tarbiya aniq maqsadga yoʼnaltirilgan boʼlib bolalarning ijobiy-ruhiy kechinmalari, his-tuygʼularini uygʼunlashtirish asosida insonparvarlik, mehribonlik, himmatlilik, oʼzaro gʼamxoʼrlik, oʼrtoqlik, oʼzaro yordam, oʼz faoliyatini mustaqil ravishda idora etish, kattalar topshirigʼini bajarish, mustaqillikni namoyon qila bilish, batartiblik kabi his tuygʼular hisobga olinadi.
Bolalikdan madaniy – gigienik koʼnikmalarni singdirib borish inson salomatligini taʼminlaydi.Bolalarni mustaqil ravishda yuvinishga, qoʼllarning tozaligiga rioya qilishga, tishlarni toʼgʼri tozalab, taranish, dastroʼmoldan foydalanishga, ovqatdan soʼng ogʼizni chayishga oʼrgatilib boriladi.
Bolalarda mustaqillikni namoyon qila bilish: batartiblik, hamisha chiroyli koʼrinishga ega boʼlish ishtiyoqi, kiyimlarni tartibli ravishda yechib, ularni joyiga osib qoʼyish, oʼng va chap oyoq poyafzallarini farqlay bilish, ularni toʼgʼri kiyish, koʼzguga qarab kiyimlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish, dastroʼmoldan toʼgʼri foydalana olish, xonada tartib va ozodalikni saqlash, kiyimlarni toza va tartibli kiyishga odatlanishni tarbiyalash.
Bolalarga oʼziga xos gigiyena: shamollatilgan xonada toza oʼrin – koʼrpada uxlash, ertalab badantarbiya mashqlarini bajarish, suv muolajalari bilan mustaqil shugʼullanish, ichaklarni va qovuqni oʼz vaqtida boʼshatib, hojatxonadan batartib ravishda foydalanish, burunni toza saqlash,qoʼl, oyoq va badan uchun foydalaniladigan sochiqlarni farqlash, toza dastroʼmolchadan foydalanishga oʼrgatish.
Oʼzbek xalq ertaklari, xalq pedagogikasining xazinasidir. Ertaklarning bosh qahramonlari namunasida bolalarga oʼz oʼlkasi, uyi, ota-onasiga muxabbat singdiriladi, yaqin kishilarga nisbatan mehr-muhabbat, oqkoʼngillik, ezgulik tarbiyalanadi. Shuningdek, ertaklar qahramonlari namunalari orqali bolalarda ezgulik, toʼgʼrilik, kamtarlik kabi tasavvurlar rivojlanadi. Bu manbalar asrlar mobaynida bolalarda eng yaxshi fazilatlarni tarbiyalaydi va shakllantiradi.
Bolalarni maʼnaviy tarbiyalashda asrlar boʼyi eʼzozlanib kelingan adabiy manbalardan foydalanish, non va suvni muqaddas deb bilish, uni isrof qilmaslik, pazandalikka qiziqish, tozalikka rioya qilish kabi bolalarda eng yaxshi xislatlarni tarkib toptirish xalq pedagogikasining asosi sifatida har bir mashgʼulot tarbiya jarayonining negizini tashkil etishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |