O’simliklar hayotidagi o’zgarishlar
. Bog’larda o’rik, olcha, erta pishar olma va
noklar pishib yetiladi. 3—4 yil ilgari o’tqazilgan mevali daraxtlar: shaftoli, olcha
hosil bera boshlaydi, olma daraxti esa 4—7 yildan keyin hosil bera boshlaydi.
Ko’pgina mevali daraxtlar yil sayin emas, balki yil ora hosil beradi. Bu hosil
berishning davriyligi deb ataladi.
Iyunьь oyida gladiolus, ajdarog’iz, chinnigul, kartoshkagul, kanna, xushbo’y tamaki,
delfiniullar, siniya (qizil gulli dekorativ o’simlik), moychechak, floks, petuniy,
tizimgul, semizo’tlar va boshqa bog’ gullari gullay boshlaydi, chirmashuvchi gullar,
chirmovuqlar to’q qizil rangda gullaydi.
Iyunьning uchinchi o’n kunligida g’o’za gullay boshlaydi.
Iyulь oyida, bog’larda olma, shaftoli, olcha, nok pishib yetiladi. Polizlarda
pomidor, baqlajon, bulg’or qalampiri singari sabzavotlar pishadi.
Qovun, tarvuz kabi poliz ekinlari ham yetiladi. Gulzorlarda qo’qongul, tizimgul,
nastursiya, za’fargul, kartoshkagul va boshqa gullar ochiladi.
G’o’zalar yoppasiga gullaydi va ko’sak tuga boshlaydi. Makkajo’xorilar
75
dumbul bo’ladi.
Qushlar va hasharotlar hayotidagi o’zgarishlar. Qushlarning ovozi jaranglaydi.
Ayniqsa, bulbul ko’p sayraydi.
Sayroqi qushlarning tuxumlaridan madorsiz jish bolalar — qushchalar
chiqadilar. Ularni onalari boqadilar. Bu paytda uyasidan tushib ketgan qaldirg’och va
chumchuq bolalarini tez-tez ko’rish mumkin. Ularni uyalariga solib qo’yish kerak.
Qush bolalarini tabiat burchaklariga olib kelib bo’lmaydi. Ular juda serovqat
bo’ladilar.
Qo’ng’izlar, pashshalar, asalarilar tez-tez guldan-gulga qo’nib turadilar. Ular
gullardan nektar va chang yig’adilar.
Kapalaklar
ham
gullarga
qo’nadilar. Barglarning quyi qismlarida
hasharotlarning ignalari izini ko’rish mumkin, ular barglarning sharbatidan so’rib
oladilar.
Salqin tunlarda gullarda mayda hasharotlarni uchratish mumkin. Ular tunda
gullar ichida isinadilar. Ba’zi vaqtda esa, gullar ichiga tuxum qo’yadilar. Jumladan,
chinnigullarning gulkosalarida tungi kapalaklarning tuxumlari topilgan.
Suzg’ich ona qo’ng’iz ham o’simliklarga tuxum qo’yadi. U ikki oy mobaynida
mingtacha tuxum qo’yadi. Keyinchalik tuxumdan lichinkalar chiqadi. Suzg’ich
qo’ng’izning lichinkalari ikki-uch oy yashaydi, ana shu davr mobaynida ikki marta
tullaydi. Yozning o’rtalarida lichinkalar qo’g’irchoqlarga aylanadi. Suzuvchi
qo’ng’izlarning barcha qo’ng’izlardagi singari qo’g’irchog’i bo’ladi. Lekin qo’ng’iz
lichinkasi suvdan chiqib, quruqlikda qo’g’irchoqqa aylanadi.
Ana shu vaqtda suv qo’ng’iz oqayotgan suvdagi barglarga tuxum qo’yadi. U
o’rgimchak iplariga o’ralgan holda hammasi bo’lib 50—60 ta tuxum qo’yadi. Oradan
ikki-uch hafta o’tgach, tuxumlardan lichinkalar yorib chiqadilar. Suvsevar
qo’ng’izning lichinkasi semiz va beo’xshov bo’ladi. U yomon suzadi. Oradan ikki oy
o’tgach, qirg’oqqa sudralib chiqadi, o’ziga «beshik» yasaydi, ikki haftadan keyin esa,
qo’ng’izga aylanadi. U quvvatga kirib olgach, «beshigi»ni qoldirib ketadi va suvda
suzaboshlaydi.
Suv qo’ng’izini bahorda yoki yoz oxirida tutib olish va tabiat burchagida
tekshiruv olib borish mumkin. Ular o’t bosib ketgan hovuzlarda juda ko’p bo’ladi.
Iyulь oyida qushlar tullay boshlaydi. Ayniqsa, g’ozlar va o’rdaklarda tullash
qizg’in tus oladi. Ularning barcha yo’g’on qanotidagi katta patlar to’kilib, uchish
qobiliyatini yo’qotadi. Iyulь oyining oxirlarida qushlarning sayrashlari kamaya
boshlaydi. Qush bolalari esa mustaqil hayot kechira boshlaydi.
Bu vaqtda ko’pgina kapalak va chigirtkalar paydo bo’ladi. CHigirtkalar himoya
ranglari (ko’k ranglari) bilan deyarli ko’zga tashlanmaydilar. Ularni ko’pincha ko’k
o’t, shox-shabba va daraxtlarning ustida ko’rish mumkin. Ular orqa oyoqlarining
yordami bilan katta-katta sakrashlari, shuningdek, o’zlarining pirillashlari bilan
bolalarning diqqatini jalb etadilar. Ularning ikki juft qanoti va uzun mo’ylovi bo’ladi.
Avgust oyida, ko’kqarg’a, jarqaldirg’och, ko’rkunaklar singari ba’zi bir qushlar
uchib keta boshlaydi. Laylaklar Toshkentdan sentyabrь oyida, butun o’rta Osiyodan
esa oktyabr oylarida uchib ketadilar.
Avgust oyida hali kapalak, ninachi va qo’ng’izlar bo’ladi.
76
Do'stlaringiz bilan baham: |