Kutilayotgan natija:
Bolalarsuv, qumning xususiyatlari xaqida ilk tushunchaga
ega bo’ladilar. Qumda oddiy narsalar yasab qum bilan o’ynashni o’rganadilar.
Kerakli jihozlar:
To’rtburchak shakldagi idishda quruq qum. Sabzovotlar
maketi.
Mashg’ulotning borishi:
Tarbiyachi bolalarga idishda suv ko’rsatadi. Bolalar, bu
nima? To’g’ri, bu suv. Suvni biz nima qilamiz? Suvni ichamiz. Suvda cho’milamiz.
Gullarga suv quyamiz. Suv bilan o’ynaymiz. Mana, tog’orada suv. Suvga
o’yinchoqlar solib qo’ysak, mazza qilib o’ynaymiz.
Bu qum. Qum sochiluvchan. Qum bilan ham o’ynaymiz.Mana qum. Qumga
kaftingizni qo’ying. Kaftingiz bilan qumni asta silang. Qum qanday ekan?
Mayinmi? Iliqmi? Sovuqmi? Ho’lmi, quruqmi? Silliqmi? G’adur-budurmi? Qumni
barmoqlaringiz bilan qitiqlang. Barakalla, sizga qum bilan o’ynash yoqdimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |