69
CHo’l baqasi yashil kul rangli, terisi g’adir-budir, bir oz namxush bo’lib, oq-
qizil so’galli bo’ladi. U dushmanning hujumidan himoya qiluvchi suyuqlikka
egadir.
Qurbaqa singari cho’l baqasining ham terisi tarang bo’lib, dumi, bo’yni
bo’lmaydi. Tanasi kallasidan keskin ajralmagan, ko’zlari katta va serharakat, go’yo
shishgandek bo’ladi. Bunday xususiyat tungi hayvonlar uchun xarakterlidir. Ko’zining
bunday joylashishi kallasini ortiqcha harakatlantirmay yon-atroflarini bemalol
ko’rishiga imkoniyat beradi.
Qurbaqa suzgan vaqtida ko’zini zararlantirmaslik uchun ko’z qorachig’ini ko’z
kosasi ichiga tortib oladi. Qurbaqada og’iz kengligi juda katta.
Tili ikkilangan, old
uch tomoni yopishgan bo’lib, hasharotlarni ovlash uchun xizmat qiladi. Qurbaqa
tilini chiqarib qanotli hasharotlarni ham urib tushiradi, ushlangan hasharot tilning
yopishqoq qismiga uzatiladi, og’ziga tortiladi va butunicha yutiladi.
Qurbaqa va cho’l baqalarining quyruqlari yaxshi rivojlangan bo’lib, orqa oyoqlari
oldingi oyoqlariga nisbatan uzunroq, suzuvchi pardalar bilan ta’minlangandir.
Bular quruqlikka chiqqan vaqtlarida uch buklangan shakldagi bukilish quyruqlarini
to’g’rilaydilar va yerga tayangan holda nafas oladilar. Uning oldingi oyoqlari
tayanch vazifasini bajaradi. Bu oyoqlar qurbaqa sakrashga tayyorlanayotganida
uning tanasini ko’tarib turadi va uning yerga qaytib
tushayotganida tayanish
xizmatini o’taydi.
Qurbaqa ajoyib suzadi. Suzish vaqtida uning oldingi oyoqlari ishlamaydi. U
ko’pincha qirg’oqqa chiqib olib, quyoshda isinadi. U suvda yashovchi jonivorlar bilan:
suzuvchi o’rgimchak bolasi, suvsevar qo’ng’iz, ninachi tuxumlari, shuningdek suv
o’simliklari bilan oziqlanadi.
CHo’l baqalari uchmaydigan hasharotlarni zo’r ishtiyoq bilan ovlaydilar,
shuningdek pashsha, chivin tuxumlarini, qo’ng’iz tuxumlarini, o’simliklarning ildizini
kemiradigan qurtlarni, karam barglarini, pomidor barglarini, kemiruvchi va g’o’za
chanoqlarini zararlovchi qurtlarni, yomg’ir chuvalchanglarini yeydilar.
Ular qishloq xo’jaligi uchun ko’pgina zarar keltiruvchi
har turli hasharotlarning
katta qismini qirib tashlab, yaxshi foyda keltiradilar. Bolalarni qurbaqa va cho’l
baqalarini saqlash hamda asrashga o’rgatish kerak. Tarbiyachi qurbaqa va cho’l
baqasi to’g’risidagi bu kabi ma’lumotlardan bolalar bilan kuzatish va suhbatlar
o’tkazish vaqtida keng foydalanadi.
Ko’lmak suvlarda gulxayrilar, dafniyalarning yoki boshqacha aytganda «suv
burgalari»ning to’dasi paydo bo’ladi. Suvda qizil va sariq «huqta»lar ko’rinadi — bu
ana shu suv burgalaridir. Dafniyalar suv yuzasida suzib yuradilar, qorong’i tushishi
bilan suv tagiga tushib ketadilar.
Dafniyalar bilan birgalikda baliqlarning sevimli ozig’i tsikloplar paydo bo’ladi. Bular
akvariumlarda saqlanuvchi kichik baliqlar uchun ham sevimli ozuqadir. Ko’lmak
suvlar ostidan shilliq qurt, suzg’ich qo’ng’izlar, suvsevar qo’ng’izlar ko’tarilib suv
yuziga chiqadi.
Mart oyida baliqlar ikra yig’ishga va urchishga kirishadilar.
Toshbaqalar,
kaltakesaklar, ilonlar singari sudralib yuruvchilar ham uyg’onadilar.
O’zbekistonda cho’l baqasi (toshbaqa) ko’p uchraydi.
70
Toshbaqaning rangi kosasining rangi bilan bir xilda: sarg’ish yoxud qo’ng’ir tusda
bo’ladi, barmoqlari orasida parda bor. Dumi qisqagina bo’lib, uchi o’tkir, ota toshbaqa
ona toshbaqaga nisbatan kichikroq bo’lib, dumi uzunroq bo’ladi.
Toshbaqalar suvga muhtoj bo’lmaydilar, chunki ular uchun yeydigan
o’simliklaridagi suvlarning o’zi ham yetarlidir. Tunlari o’z uyalariga kirib ketadilar,
ular o’z uyalarini novdalarning tagiga, shuningdek, o’nqir-cho’nqir yerlardan
kavlaydilar.
Toshbaqalar erta saharda yoki kech kirishi oldidan o’tlaydilar. Toshbaqalar
yalpiz, ko’k o’t va boshqa o’simliklar bilan oziqlanadilar.
Toshbaqalar terrariumlarga joylashtiriladi va bolalar ularni parvarish qiladilar — o’t
olib kelib boqadilar. Toshbaqaning harakat qilishi bolalarni juda qiziqtiradi.
Toshbaqalar mart-aprel oylarida ko’payadi. Ular
tuxumlarini qum orasini
yorib, u yerga ko’madilar. Yosh ona toshbaqalar odatda ikkitadan, qarilari esa uch-
beshtadan tuxum qo’yadilar. Toshbaqaning tuxumi tovuq tuxumiga o’xshash bo’lib,
hajmi kichikroq bo’ladi.
Toshbaqalar mavsum davomida ikki-uch marta tuxum qo’yadilar. Tuxum
qo’yish iyunь oyidagina tugaydi. Yosh to-baqalar tuxumdan yuz kunda ochib
chiqadilar.
Aprel oyida, havo yaxshi isiganida tipratikanlar uyqudan uyg’onadilar.
Toshkent atrofida va Toshkent viloyatida «quloqli tipratikan»lar uchraydi. Bu
tipratikan Yevropa tipratikanidan kichikroq bo’lib, ignalari ham kaltaroqdir. Uning
quloqlari katta (boshining yarmidan ham uzunroqdir), shuning uchun ham u quloqli
tipratikan deb ataladi.
Tipratikanlar havzalarda, tog’li o’lkalarda va bog’larda
yashaydi.
Ular qorong’i tushganidan tonggacha dalalar, bog’lar, soyabon daraxtlar tagida
daydib yuradilar va hasharotlar, kalta-kesaklar, ilonlar va sichqonlarni, chigirtkalar,
cho’l sichqonlarini goho-goho o’simliklarni (er ostidan makkajo’xori, bug’doy
donlarini) topib yeydilar. Tipratikanlar
suzishni biladilar, Yevropa tipratikaniga
nisbatan kamroq o’raladilar. Ular ko’p vaqt terrariumlarda yashaydilar. Tipratikanlar
beixtiyor, tezda ko’nikadilar. Bolalar ularni qo’llariga olishlari mumkin. Ular hatto
bolalar chaqirsalar ham boradilar. Bolalar terrariumga barglar solishganda, tipratikan
bu barglarga yumalab, ularni o’z ignalariga sanchib olib yuraveradi. Uning bu
harakatlari bolalarda katta qiziqish uyg’otadi.
Tipratikanlar berilgan narsalarni tanlamay yeyaveradilar. Bolalar ba’zan
o’zlaridan qolgan ovqatlarni ham berishlari mumkin.
Tipratikanlar sichqonlarni, suvaraklarni qirib tashlaydilar. SHuning uchun ham
ko’pincha odamlar mushuk o’rniga tipratikan saqlaydilar.
Tuya cho’l va sahroda yashaydigan ajoyib hayvonlardan biridir. Sahrodagi
tuya shimolda yashaydigan bug’u singari mehnat qiluvchi hayvonlardan hisoblanadi.
Bizda tuya uy hayvonlaridek bo’lib, kishilarga ko’chib yurishda, og’ir
yuklarni
tashishda va xo’jalikda ham katta foyda keltiradi. Ona tuya oqsil moddalarga boy
bo’lgan va moyli quyuq sut beradi.
Tuyadan jun va par olinadi. Jundan dag’al kiyimlar, ko’rpalar, qop va arqonlar
tayyorlanadi. Pardan bosh kiyimlar, shuningdek, qimmatbaho movutlar ishlab