Malakasini oshirish instituti tabiat bilan tanishtirish


Qushlar va hasharotlar hayotidagi o’zgarishlar



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/139
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#431678
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   139
Bog'liq
Tabiat bilan tanish oquv qollanma

 
Qushlar va hasharotlar hayotidagi o’zgarishlar. 
 
Sentyabrь-oktyabrь oylarida o’lkamizga go’ngqarg’alar uchib kelishadi. 
Biz ularni maktabgacha ta’lim muassasasi bog’larida ham ko’ramiz. Ular bizga 
tog’lardan tushib uchib kelishadi (bu qushlar bahor va yoz fasllarida tog’larda 
yashaydilar). Go’ngqarg’alar kunduz kunlari dalalarga uchib ketishadi va hosili yig’ib 
olingan ekin maydonlaridan don va turli begona o’tlarning urug’larini terib yeydilar. 
Qarg’a turli qoldiqlarni yeydi. Toshkentning chekka joylarida sentyabrь oyining 
ikkinchi yarmida qizilto’shlar (o’rmon sayroqi qushi) paydo bo’ladi. Ba’zan ular 
Toshkent bog’larida aprelь oyining oxirigacha bo’lishadi. Odatda ular to’da-to’da 
bo’lishib O’zbekistonning havzalarida ko’chib yuradi. Sentyabrь oyida 
qorayaloqlar, chittaklar
 
va issiq mamlakatlarga uchib ketayotgan tilla rangli 
qushlarni ko’rish mumkin. Tog’ o’rmonlaridan vodiylarga tushib kelgan 
zag’chalarning katta to’dasini ham ko’rish mumkin bo’ladi. Zarg’aldoq, qaldirg’och, 
bulbul

chivinxo’r qushlar, moyqutlar, jiblajibon, ko’kqarg’a va boshqa shu kabi 
qushlar janubdan issiq mamlakatlarga uchib ketadilar. Qushlar uchib ketishga 
odatlanib 
qolganliklari, 
shuningdek, 
hasharotlarning 
(kapalak, 
ninachi, 
qo’ng’izlarning) sekin-asta yo’qola borishi tufayli uchib ketishadi. CHunki bu 
hasharotlar ana shu qushlar uchun ozuqa bo’lib xizmat qiladi. 
Sentyabrь oyida laylaklar, g’ozlar, o’rdaklar va turnalar o’z inlariga yig’iladilar 
va uchib ketishga tayyorlanadilar. 
Tovuqlar tullay boshlaydi. Ularning deyarli barcha patlari to’kilib, yangidan 
chiqadi. SHu bilan birga, ular qishki sovuqlarga tayyorlana boshlaydilar. Uy 
hayvonlari va yovvoyi hayvonlarda ham qish sharoitiga monand keladigan tuklar 
o’sa boshlaydi. 
Sentyabrь oyida asalarilar ham qishga tayyorlana boshlaydilar. Ular o’zlarining 
asal zahiralarini uyalarining bir tomoniga olib o’tadilar, o’z uyalarini isitadilar
keraksiz teshik va yoriqlarni bekitadilar, o’z uyalaridan o’rgimchaklarni haydab 
chiqaradilar, chunki o’rgimchaklar qish vaqtida asarlarilar uchun ortiqcha yuk 
bo’lib, asal zahiralarini yeb qo’yishlari mumkin. O’rgimchaklarning asalalariniki 
kabi nishlari va jag’lari bo’lmaydi, shuning uchun ular o’zlarini himoya qila 
olmaydilar, uyalarni tashlab chiqib ketib ochlikdan o’lib qoladilar. Asalarilar boshqa 


57 
hasharotlar singari uzoq uxlamaydilar. Dastlabki sovuqlar tushishi bilanoq turnalar va 
g’ozlar janub tomonga gala-gala bo’lib uchib ketishadi. Qushlar to’dasining tuzilishi 
— uchib ketuvchi qushlarning xarakterli belgilaridandir. Turnalar odatda o’tkir 
burchak hosil qilib, g’ozlar esa uzun qiyshiq qator, ba’zida esa burchak hosil qilib 
uchadilar. Yovvoyi qushlar va kakkulargina alohida-alohida uchib ketadilar. 
Qushlarning uchib ketishini bolalarni sayrga olib chiqish yo’li bilan kuzatish 
mumkin. Oktyabrь oyining oxirlarida shaharlar va vodiylarda sa’valar paydo bo’ladi 
va ular mart oyining oxirlarigacha shu yerlarda qoladi. Ular qariqiz, otquloq 
urug’larini yeb kun kechiradilar. Sa’valar o’zlarining chiroyli patlari va ajoyib 
ovozlari bilan bolalarni o’zlariga jalb qiladilar. Bolalar sa’valarni tabiat 
burchaklarida parvarish qilishni o’rganadilar: toza suv, so’k, arpa, pista donlarini 
maydalab beradilar. SHuningdek, kuz faslida zarang va shumtol daraxtlarining 
urug’laridan tayyorlangan ozuqalarni beradilar. Sa’valar qirilgan sabzini va bolalar 
qo’li bilan tabiat burchagida o’stirilgan ko’k sulini zo’r ishtaha bilan yeydilar. 
Kechalari dalalardan shaharlarga go’ngqarg’a, zag’cha va qarg’alar to’da-to’da 
bo’lib uchib keladi. 
Haroratning pasayishi bilan hasharotlar ham asta-sekin yo’qola boradi. Ularning 
ba’zilari o’ladi, boshqalari esa (sassiq qo’ng’iz) daraxtlarning, (chivinlar, pashshalar) 
imoratlarning kavaklariga kirib yashirinadilar. Ko’pgina chivinlar xazon bo’lgan 
barglar ostiga yashirinadilar. Ba’zi hasharotlar qish uchun tuxumlarini saqlab 
qo’yadilar (o’simlik biti, kapalak), boshqalar esa lichinka holatida yerda qishlaydilar 
(tillaqo’ng’izlar). Bolalar ochiq havoga dam olgani chiqqanlarida to’kilgan barglar 
tagida yotgan hasharotlarni topib oladilar. 
Oltin kuz davomida uchib yurayotgan o’rgimchak uyasi ko’zga tashlanadi. Uning 
kumushsimon uzun to’qimasida kichkina o’rgimchak uyachalari, shuningdek, 
ko’chmanchi qo’ng’izlar bo’ladi. 
Noyabrь oyida shaharda ko’plab go’ngqarg’alar, olaqarg’alar, zag’chalar uchib 
yuradi. SHaharga dala chumchuqlari uchib keladilar. Ular don izlab to’da-to’da 
bo’lib uchib yuradilar. SHuningdek, shaharga tog’lardan oqbosh sa’valar, shahar 
chetlaridan esa so’fito’rg’aylar uchib keladilar. 
Bog’larda ko’pgina qorayaloqlar va chittaklar paydo bo’ladi. Ular, asosan, 
tog’lardan uchib keladi. Ko’k chumchuqlarning o’tkir ovozlari ham eshitilib turadi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish