Falsafaning tarbiyaviy funksiyasi
insonning o‗z-o‗zini tarbiyalash va o‗zi mansub bo‗lgan
jamiyatning axloqiy normalariga rioya qilishdir.
Bu masalaning xalqaro darajadagi keng va har
tomonlama muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda so‗z yuritish o‗rinli bo‗ladi. Bugungi
kunda nafaqat ayrim xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati o‗z-o‗zini anglab etishga yo‗naltirilgan
falsafaga muhtojdir. Buni 2002 yildan Yunesko qaroriga binoan, butun dunyoda har yili noyabr
oyining uchinchi payshanbasida o‗tkaziladigan ―Jahon falsafa kunlari‖ ham, hozirgi kunda dunyo
uchun eng muhim masalalarga e‘tiborini qaratadigan Jahon falsafa Kongresslari ham tasdiqlaydi.
Darhaqiqat bunday kongress birinchi marta 1900 yilda Fransiyada o‗tkazilgan, 1948 yildan boshlab
uni har besh yilda bir marta o‗tkazish an‘anaga aylangan. Xususan, 1998 yilda Boston shahrida
(AQSH) bo‗lib o‗tgan XX jahon falsafa kongressi ―Paydeyya: insoniyatni tarbiyalashda falsafa‖
mavzusiga bag‗ishlangan bo‗lsa, Turkiyaning Anqara shahrida o‗tkazilgan XXI Jahon falsafa
kongressida ―Falsafa jahon muammolari bilan yuzma-yuz‖ mavzusi atroflicha muhokama qilindi.
XXII jahon falsafa kongressi birinchi marta Osiyo mamlakati bo‗lmish Koreya respublikasining
Seul shahrida ―Hozirgi davrda falsafani qayta anglash‖ degan umumiy mavzu ostida bo‗lib o‗tdi.
Kongresslarning mavzularidan ko‗rinib turganidek, falsafa real hayot bilan uzviy bog‗liq va eng
muhim muammolarni anglab etishga xizmat qilib keldi. Shunday muammolardan biri –
insonni
shaxs sifatida tarbiyalash va kamol toptirishda falsafaning roli va ahamiyati masalasidir
. Buning
uchun esa, albatta, qadimgi davr mutafakkirlarining asarlariga yana bir bor murojaat etish taqozo
etiladi.
Qadimgi mutafakkirlar har tomonlama ta‘lim va tarbiyani, ya‘ni o‗z qobiliyatlari va
imkoniyatlarini ro‗yobga chiqarishga qodir bo‗lgan jismoniy va ma‘naviy jihatdan komil insonni
voyaga etkazishni «paydeyya» (yunon. pais – bola) atamasi bilan ifodalaganlar. O‗sha vaqtlarda
paydeyya aristokratiyaning o‗ziga xos belgisi hisoblangan; endilikda faylasuflar ta‘lim va tarbiya
muammolarini yana birinchi o‗ringa qo‗yib, ularni hal qilishda falsafaning rolini aniqlashga harakat
qilar ekanlar, bu tushunchani yana esga oldilar. Xususan, Boston kongressidagi asosiy
ma‘ruzalarning mualliflaridan biri fransuz faylasufi Per Obenk: «Insonning vahshiyona tabiatidan
ma‘rifatli tabiatga o‗tish imkoniyati qay darajada mavjud?», degan savolni o‗rtaga tashlaydi. Uning
fikricha, insonning yagona tabiati ikki ma‘noli bo‗lib, faqat ma‘rifat (paydeyya) odamzotni to‗la
ma‘noda insonga aylantiradi yoki, Platon ta‘biri bilan aytganda, paydeyya uning ko‗zini ochadi.
Biroq,
ma‘rifatning vazifasi ko‗zga ko‗rish qobiliyatini berishdan emas, balki unga to‗g‗ri
qarashni o‗rgatishdan iboratdir. Demak, Platon, Demokrit, Zardo‗sht va boshqa mashhur
faylasuflar fikriga tayanib, ma‘rifat yordamida, ta‘lim va tarbiya jarayonini zo‗rlikka qarshi
yo‗naltirish va odamzot aql-idrokini kamol toptirish orqali insonning boshqacha tabiatini yaratish
mumkin
. «Paydeyya» tushunchasi bolani tarbiyalab komil insonga aylantiruvchi ta‘lim jarayoniga
e‘tiborni qaratadi. Qadimgi yunonlar «texne» va «paydeyya» kabi tushunchalarni farqlaganlar;
birinchi atama bilimni, ya‘ni o‗rganish mumkin bo‗lgan narsani anglatsa, ikkinchi atama bilim
berish manbaini emas, balki to‗g‗ri fikr manbaini anglatadi. Bunda paydeyya, Aristotel ta‘biri bilan
aytganda, insonni o‗zini o‗zi kamol toptirishga rag‗batlantirishi lozim. Shu bois Protagor, Suqrot va
55
Platon aytganidek,
Do'stlaringiz bilan baham: |