Falsafaning axloqiy funksiyasi
odamlarning u yoki bu jamiyatda qaror topgan
munosabatlar ta‘sirida shakllanuvchi xulq-atvori
. Bunda, masalan, axloqiy qadriyatlar, ularning
tabiati, asoslari va jamiyatdagi amaliy roli falsafaning tadqiqot predmeti hisoblanadiki, bu
jamiyatda yuzaga keladigan va tabiiy yo‗l bilan, ya‘ni real hayot amaliyotida o‗rnatiladigan
me‘yorlar va qoidalarga sezilarli darajada ta‘sir ko‗rsatadi. Bunday me‘yorlar ijtimoiy
munosabatlarni tartibga soluvchi muhim dastak hisoblanadi va odamlarning o‗zaro aloqalari,
ularning munosabatlari, o‗zaro til topish darajasida namoyon bo‗ladi. Xulosa qilib aytish mumkinki,
falsafa doimo axloqda, jamiyatning barcha a‘zolari xulq-atvorida namoyon bo‗ladi va shu tariqa
yana bir muhim funksiya – axloqiy funksiyani bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |