Falsafaning madaniy funksiyasi
odamlar dunyoqarashini kengaytirish, ularda bilishga
qiziqish uyg‗otish, nazariy fikrlash madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish orqali namoyon
bo‗ladi.
U dunyoni o‗zlashtirish va bilishning universal shakli sifatida, insoniyatning eng yaxshi
yutuqlarini o‗zida mujassamlashtiradi va ularni butun insoniyat mulkiga aylantiradi. Turli
mamlakatlar va xalqlarning falsafa tarixini o‗rganish ularning o‗tmishdagi va hozirgi madaniyatini
yaxshiroq tushunish imkonini beradi, g‗oyalar almashinuvi va madaniy an‘analarning o‗zaro
ta‘siriga ko‗maklashadiki, bu madaniy meros bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan ko‗pgina muammolarni
echishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |