Metodologik funksiyasi
u yoki bu maqsadga erishishning muayyan usulini, shuningdek
borliqni nazariy va amaliy o‗zlashtirishga qaratilgan usullar yoki amallar majmuini anglatadi.
(bu
tushuncha yunoncha methodos – yo‗l, tadqiqot, tekshirish so‗zidan kelib chiqqan). Boshqacha qilib
aytganda, bu faylasuf yoki olim o‗zi o‗rganayotgan predmetning tadqiqot yo‗lidir. Odatda
metodologiya muammolari falsafa doirasida o‗rganilgan, biroq ayrim fanlar vujudga kelishi bilan
falsafiy (umumiy) metodlar bilan bir qatorda muayyan, ayrim ilmiy metodlar ham rivojlana
boshladi. Falsafaning boshqa bir muhim metodologik funksiyasi falsafada ham, ayrim fanlarda ham
muhim rol o‗ynaydigan har xil kategoriyalarni ishlab chiqishdan iborat. Kezi kelganda yana shuni
ham ta‘kidlab o‗tish lozimki, falsafa o‗ta keng tushunchalar, ya‘ni kategoriyalar bilan ish ko‗rar,
ularni ta‘riflar ekan, metodologik funksiya bilan bir vaqtda dunyoqarashni shakllantirish
funksiyasini ham bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |