Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Fanning mohiyatini
tushunishga nisbatan ikki asosiy yondashuv, uning keng va tor talqinlari 
shakllangan.
Keng (yig‗ma) ma‘nodagi fan –
bu butun inson faoliyati sohasi bo‗lib, uning vazifasi borliq 
haqidagi ob‘ektiv bilimlarni o‗rganish va ilmiy nazariy tizimga solishdan iboratdir
. Bu erda ―fan‖, 
―olim‖ tushunchalari muayyanlashtirilmaydi va umumiy, yig‗ma tushunchalar sifatida talqin 
qilinadi. ―Fan‖ tushunchasi falsafaga tatbiqan ko‗pincha ayni shu kontekstda qo‗llaniladi, 
faylasuflar esa olimlar deb ataladiki, bu qisman o‗rinlidir.
Muayyan ilmiy fanlar, masalan, fizika, kimyo, biologiya, tarix, matematikani ifodalash uchun 
«fan» tushunchasiga torroq, binobarin, izchilroq ma‘no yuklanadi. 
Bu erda fanga aniq ta‘rif 
berilgan, olim esa tor mutaxassis, muayyan bilim ifodachisi hisoblanadi. U shunchaki olim emas, 
balki doim va albatta yo fizik, yo ximik, yo tarixchi, yo boshqa fan vakilidir. Ayni holda fan 
muqarrar tarzda tabiat, jamiyat, tafakkurning u yoki bu ob‘ekti (hodisasi) haqidagi ilmiy 
bilimlarning qat‘iy tartibga solingan, izchil tizimidan tashkil topadi.
Bunday fanlarning har biri faqat ularning o‗zigagina xos bo‗lgan maxsus qonunlar va 
metodlarga, mazkur fan uchun yagona bo‗lgan til, kategoriyalar apparati va hokazolarga ega 
bo‗ladiki, bu yuz bergan jarayonlarni to‗g‗ri tavsiflash va tushuntirish, hozirgi davrni to‗g‗ri 
tushunish va bilimlarning tegishli sohasida albatta yuz beradigan yoki muayyan sharoitda yuz 
berishi mumkin bo‗lgan voqealar yoki jarayonlarni ma‘lum darajada aniq bashorat qilish imkonini 
beradi. U yoki bu fanning mazmuni ham, u erishgan natijalar ham barcha madaniyatlar va xalqlar 
uchun yagona bo‗lib, ayrim olimning yondashuvi, nuqtai nazari yoki dunyoqarashiga mutlaqo 
bog‗liq emas. Ular mazkur sohada olg‗a siljish uchun o‗zlashtirish lozim bo‗lgan, vaqt va amaliyot 
sinovidan o‗tgan bilimlar yig‗indisi sifatida avloddan-avlodga o‗tadi.
Falsafada esa qadimda donishmandlik muxlislarining son-sanoqsiz savollariga tajriba yo‗li 
bilan olingan ba‘zi bir oqilona javoblar mavjud bo‗lgan
. Bu javoblarni haqqoniy, ya‘ni amaliyot 
sinovidan o‗tgan, kundalik hayotda o‗z tasdig‗ini topgan, aniq bilim deb nomlash mumkin. Bunday 
javoblar masala «yopilishi», kun tartibidan chiqarilishiga sabab bo‗lgan, boshqacha aytganda, aniq 
ta‘riflangan va boshqa javoblarni istisno etgan.
Bunga juda ko‗p misollar keltirish mumkin. Masalan, har qanday uchburchak burchaklarining 
yig‗indisi 180 gradusga tengligi yoki suyuqlikka solingan jismga siqib chiqarilgan suyuqlik 
og‗irligiga teng kuch ta‘sir ko‗rsatishi aniqlangani zahoti bu masalalar o‗zining «ochiq» 
xususiyatini yo‗qotgan, ya‘ni ular o‗zining boshqa variantlarni istisno etadigan aniq echimini 
topgan. Bu mazkur masalalar atrofida har qanday qo‗shimcha mushohada yuritish foydasizligi 
tufayli o‗zining har qanday ahamiyatini yo‗qotganligini anglatgan. Echilgan masalalar va 
muammolar esa aniq, ishonchli bilim darajasiga o‗tgan va shu davrdan e‘tiboran o‗zining falsafiy 
tusini yo‗qotgan. XX asrda taniqli nemis faylasufi K.Yaspers bu muhim qoidani ta‘riflar ekan, shak-
shubhasiz asoslardan birini har kim e‘tirof etgudek bo‗lsa, u shu tariqa ilmiy bilishga aylanadi va 
1
Кузнецов Б.Г. Алберть Эйнштейн. Жизнь, смерть, бессмертие. – М., 1980. – 414-б.


57 
bundan buyon falsafa hisoblanmaydi, balki bilimning muayyan sohalariga tegishli bo‗ladi, deb qayd 
etdi.
Shunday qilib, 
azaldan yaxlit va bo‗linmas dastlabki bilim sifatida amal qilgan falsafa 
zaminida o‗sha zamonlardayoq amaliy xususiyat va tegishli yo‗nalishga ega bo‗lgan bilim sohalari 
faol shakllana boshladi. Shu tariqa asta-sekin tabiatShunoslik vujudga keldi, muayyan fanlar 
(matematika, geometriya, fizika, tibbiyot, astronomiya, tarix va boshqalar) shakllanib, o‗z shakl-
shamoyilini kasb etdi va mustaqil tus oldi
. Ayni Shu ma‘noda falsafa barcha fanlarning asosi 
hisoblanadi. Bu fanlar falsafadan ajralib chiqqach, keyinchalik ilmiy bilimning tabaqalanishi 
jarayonida ba‘zan parchalanib, o‗z tadqiqot predmetini yanada toraytiradi va mufassallashtiradi. 
Ular tahlilining teranligi va narsalar mohiyatini anglash darajasi ortsa, ayni vaqtda o‗rganilayotgan 
masalalar doirasi torayadi. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish